Ozbekiston respublikasi oliy va


Fanning rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə3/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
sitologiya majmua

Fanning rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar. Sitologiyaning rivojlanishi hujayraning o'rganilishi, mikroskopning kashf etilishi bilan bog'liqdir. Kattalashtiruvchi oynalar XVII- asr oxiriga kelib ilmiy tadqiqot ishlari uchun qo'llanila boshlangan. Keyinchalik eng sodda tuzilishga ga bo'lgan mikroskoplar yaratilgan. Birinchi mikroskop 1590 yilda gollandiyalik ko'zoynak ustalari aka-uka Gans va Zaxarius Yanssenlar tomonidan yig'ilgan. Takomillashtirilgan mikroskop 1609-1610 yillarda italiyalik olim Galileo Galiley tomonidan loyihalashtirildi. Galileyning birinchi mikroskopi uzun naydan iborat bo'lib, uni ishlatish ancha noqulay edi. Bir qancha vaqtlardan keyin esa fizik Kornelius va astrolog Drebbel yana bir mikroskop loyihalashtiradilar. Biroq, bu mikroskoplar ham ilmiy ishlarga xizmat qilmadi.

1624 yilda Galiley o'zining mikroskopini qayta loyihalashtirdi va endi bu mikroskopdan amaliy ishlarda foydalanish mumkin edi.
Mikroskopga Angliyadan ko'ra Italiyada ko'proq, e'tibor berildi. 1624 yilda Galiley o'zining mikroskopini Rimdagi "Bilimdonlar Akademiyasi"ga hadya etdi. 1625 yilda Stelluti mikroskop yordamida asalari ko'zining fasetkali (mozaika) tuzilishini ifodalab berdi. F.CHezi 1628 yili Galileyning mikroskopidan foydalanib o'simliklarning sporangiyasini o'rgandi. Mikroskop iborasini birinchi bo'lib 1625 yilda Iogan Faber tavsiya qiladi.
Germaniyada mikroskoplar o'yinchoq tayyorlanadigan ustaxonalarda yasalar edi. Angliyada 20-asr boshlarida sifatliroq mikroskoplar ishlab chiqarila boshlandi, uning tuzilishiga o'zgartirishlar kiritildi. U mikroskoplar buyumlarni 150 martagacha katgalashtirish imkoniyatiga ega bo'lgan. Mikroskopga qiziquvchilar juda ko'p qiziqarli va muhim yangiliklar yaratdi. SHunday yaratuvchilardan biri Antonio Van Levenguk (1632-1723) bo'lib, u aslida sotuvchilik kasbi egasi edi. Uning kuzatuvlari bilan mikroskopik tuzilishga ega organizmlar haqidagi fanga asos solindi.
A.Levenguk ob'ektni 300 marta kattalashgiradigan mikroskopida suv tomchisidagi mikroorganizmlar, ularning harakatlanishini, qizil qon tanachalarini o'rgandi.Uning e'tiborga sazovor bo'lgan ishlaridan biri infuzoriyalarni o'rganish hisoblanadi.
Birinchi mikroskopik tajribalarni ko'pgina sohalar bo'yicha (fizika, geologiya, biologiya) izlanishlar olib borgan olim London Qirollar ilmiy jamiyatining kotibi Robert Guk (1635-1703) olib bordi. R.Gukning mutaxasisligi fizik edi. U mikroskopni texnik jihatdan takomillashtirdi. Uning mikroskopi 3 elementdan: yig'uvchi linza (kollektor), okulyar linza va ob'ektiv linzalardan tuzilgan(1.1rasm).







Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə