Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə14/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
sitologiya majmua

Gialoplazma - sitoplazmaning asosiy matriksi bo'lib, hujayraning ichki muhitini belgilaydi. Elektron mikroskopda gomogen tuzilishga ega bo'lgan kolloid sistema. Tarkibi turli polimerlardan: oqsil, nuklein kislotalar va polisaxaridlardan iborat. Suyuq holatdan gel holatiga o'tib turish xossasiga ega. Bunday o'tib yurishlar aktin oqsili ishtirokida boradi. O'zgarish hujayraning turli joyida amalga oshgani uchun sitoplazmaning harakati kuzatiladi. Turli hujayraning hayot tarzi o'zgarib turishi bilan gialoplazmada oqsil molekulalarining turli fibrillyar ipsimon tuzilmalari hosil bo'lib turadi. Gialoplazmada shuningdek, turli globulyar oqsillar va fermentlar uchraydi. Ular hujayradagi barcha oqsillarning 25% tashkil etadi. Oqsillarning katta qismi globulyar oqsillar, qolgani fibrillyar. Fibrillyar oqsillarga aylanuvchi globulyar oqsillar - strukturaviy oqsillar deyiladi.
Anorganik moddalardan gialoplazmada ko'p miqdorda suv uchraydi (~80%), shuningdek, qolgan anorganik moddalar tuzlar ko'rinishida yoki aminokislotalar, uglevod, oqsillar bilan bog'langan holda uchraydi.
Sitoplazmaning membranali tuzilmalari aloxida yoki bir-biri bilan bog'langan bo'laklardan iborat bo'lib ichidagi borlig'i asosiy gialoplazmadan tarkibi jihatidan tubdan farq qilib membrana bilan chegaralangan bo'ladi. Hujayraning membranali tizimi yopiq hajmli zonalardan iborat bo'lib ikki guruhni tashkil etadi:

    1. Vakuolyar tizim organoidlari - endoplazmatik to'r, Golji apparati, lizosoma, peroksisoma, o'simlik vakuolalari-bular bir membranali organoidlar.

2.Ikki membranali organoidlar: bular yopiq va bir-biri bilan qo'shilmaydigan tashqi va ichki membranalarga ega - plastidalar, mitoxondriya va yadro. Vakuolyar tizimga kiruvchi organoidlar turli vazifani bajarishiga qaramay ularning faoliyati bir-birini to'ldirib bir butun tizim hosil qilishga qaratilgan.

    1. Sitoplazmatik membrananing tuzilishi va vazifalari.

Har qanday hujayraning asosi 3 qismdan tashkil topgan: tashqi apparat, sitoplazma, yadro apparati.Tashqi apparat hujayrani tashqi muhit va qo'shni hujayralar bilan aloqasini ta'minlaydi va 3 ta asosiy vazifani bajaradi: to'siq, transport (tashuvchi), reseptor (sezgirlik).
Hujayraning tashqi apparati 3 subtizimdan: plazmatik membrana, membranaysti kompleksi va gialoplazmaning submembranali tayanch - harakat tizimidan iborat.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə