Ozbekiston respublikasi oliy va


Hozirgi zamon sitologiya fanining yutuqlari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə11/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
sitologiya majmua

3. Hozirgi zamon sitologiya fanining yutuqlari. Yangi usullar, ayniqsa 1940 yillardan keyin rivojlangan elektron mikroskop, radioaktiv izotoplarning qo'llanilishi, hujayrani o'rganish borasida katta yutuqlarga erishishga yordam berdi. Sitologiya borgan sari biologiyaning boshqa sohalari bilan yaqinlashmoqda.
Sitologik usullardan o'simliklar va hayvonlar seleksiyasida ular hujayrasining xromosoma tarkibini bilish, chatishtirish ishlari samarasini oshirish maqsadida qo'llaniladi. Odam hujayralari uchun ham bu usullar qo'llaniladi: xromosomalar shakli va soni o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan irsiy kassaliklarni aniqlashda.
Sitologik usullar qo'llaniladigan eng muhim soha tibbiyotda - saraton (rak) kasalligini aniqlashdir. Chunki bu kasallik hujayra miqyosida vujudga kelib yadroda ro'y beradigan o'zgarishlar bilan bog'liqdir.
Sitologiya fani hal qiladigan asosiy muammolar
Hozirgi zamon biologiyasi hujayrani hayotning elementar formasi sifatida qabul qilgan. Demak, biologiyaning fundamental muammolariga sitologik nuqtai nazar bilan qarashni talab etadi. Bular quyidagilar:

  1. Oqsil sintezi.

Haligacha odamzod uchun sir bo'lib kelayotgan bu jarayon hujayrada ro'y beradi. Faqatgina hujayraning maxsus strukturaviy va kimyoviy tuzilishi bu jarayonning borishini ta'minlaydi. Ana shu maxsus tuzilmalarning tabiatini o'rganish sitologiyaning asosiy vazifasi. O'zining falsafiu va tarixiy ahamiyatiga ko'ra bu muammo tabiatshunoslik bilimlari ichida birinchi o'rinda turadi.

  1. Bioenergetika muammosi - hujayra noyob kuch stansiyasiga ega bo'lgan biologik strukturadir.

  2. Saraton(rak) hujayralarining yuzaga kelishi - sitogenetik muammo.

  3. Irsiy xossalarning nasldan naslga uzatilish muammosi.

Bu muammoning hal bo'lishi bilan yuqorida sanab o'tilgan muammolar ham o'z echimini topadi.

  1. Organizmning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga ko'nikish mexanizmlarini o'rganish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan biri (nurlanish, yuqori harorat, kimyoviy moddalar ta' siri)

4. Hujayraning o'rganish metodlari
Optik tekshirish metodlari.
Yorug'lik mikroskoplaridan foydalanish.
Hozirgi zamon sitologiyasi ko'p sonli va xilma-xil tekshirish metodlariga ega bo'lib, ularsiz hujayraning tuzilishi va funksiyasi to'g'risidagi bilimlarini tuplanishi va takomil topishi mumkin bo'lmagan bo'lur edi.
Quyida biz sitologiyada eng ko'p qo'llaniladigan metodlar haqida to'xtalamiz.
Zamonaviy yorug'lik mikroskoplari juda mutaxassislashgan asbob bo'lib, hujayrani o'rganishda birinchi darajali rolini saqlab kelmoqda. Yorug'lik mikroskoplarini kattalashtirish qobiliyati ularni eng qisqa oralig'ga ega bo'lgan ikki nuqtani alohida ko'rsata olishiga bog'lik bo'ladi. Masalan: Ikkita nuqta oralig'idagi masofa qancha yakin bo'lsa, shu mikroskopni ko'rsatish qobiliyati shuncha yuqori bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda mikroskopda ko'rinadigan zarrachalar qancha mayda bo'lsa, mikroskopni ko'rsata olish darajasi ham shuncha ortiq bo'ladi.
Mikroskopni ko'rsatish qobiliyati ob'ektivni aperturasi ya'ni optik sistemaning ishlovchi teshigini kattaligiga va yorug'likni tulkin uzunligiga bog'liq.
Mikroskopni ko'rsatish qobiliyati ikki yo'l bilan orttiriladi. 1) Ob'ektivni sonli aperturasini ko'paytirish orqali; 2).Preparatni yoritayotgan yorug'likni tulkin uzunligini qisqartirish bilan.
Sonli aperturani ortirish uchun immersion ob'ektivlardan foydalaniladi. Bunday ob'ektiv bilan preparatni o'rtasidagi bushlik immersion suyuqliklar bilan to'ldiriladi. Havoni yorug'lik sindirish ko'rsatikichini 1 ga teng desak, immersion suyuqliklar qatoriga kiruvchi suvniki, - 1,33; glitserinniki -1,45, kedr yoginiki -1,51 ga teng bo'ladi.
Mikroskopni ko'rsata olish qobiliyatini oshirishni ikkinchi usulida yorug'lik nurlarining tulkin uzunligidan ancha qisqa bo'lgan ultrabinfsha nurlardan foydalaniladi.
Qorong'i maydonli mikroskopiya
Korongi maydonda preparatlarni o'rganish maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi. Qorongi maydonli kondensor odatdagi kondensordan farq qilib, yorug'lik manbaidan tushayotgan juda kiyshik chetki nurlarnigina o'tkazadi. Chetki nurlar katta og'ish burchagiga egaligi uchun ular ob'ektivga tushmaydi, natijada mikroskopni ko'rish maydoni korong'i bo'lib qoladi, tarqoq nurlar bilan yoritilgan ob'ekt esa yaxshi ko'rinadi. Odatda preparatlarda har xil optik zichlikka ega bo'lgan strukturalar bo'ladi.
Bu strukturalar umumiy korong'i maydonda turlicha nurlanishi tufayli aniq ko'rinadi (tindal effekti). Bu usul bilan turli tirik hujayralarni kuzatish mumkin bo'ladi.
Faza kontrastik mikroskopiya.
Biologik mikroskoplarda deyarli kuzatib bo'lmaydigan ba'zi tirik preparatlarni kontrastligini faza kontrastik moslama yordamida keskin orttiriladi.
Bu metod yaltiroq preparatni turli qismlarini atrof muxitdan nur sindirish ko'rsatkichi bilan farqlanishiga asoslanadi. Bunda preparatdan utayotgan yorug'lik turlicha tezlikda tarqaladi, ya'ni fazalarni siljishi yuz beradi. Faza o'zgarishlari turli ko'rinishdagi yorug'lik tulkinlariga aylanadi, natijada kuz bilan ko'rib bo'ladigan kontrastik tasvir hosil bo'ladi. Faza kontrastik moslamani qo'llash tirik hujayrani organoidlari, kiritmalari va boshqa qismlarini buzilmagan holda o'rganishga katta imkoniyatlar ochib beradi.
Interferension mikroskopiya.
Bu metod faza kontrastik metodga o'xshash bo'lib, bo'yalmagan yaltiroq ob'ektlarni kontrastik tasvirini hosil qilishda qo'llaniladi. Shuningdek bunda hujayrani quruq holdagi og'irligini ham aniqlash mumkin. Buning uchun maxsus interferension mikroskop ishlatiladi. yorug'lik manbaidan kelayotgan nur ikkita parallel shoxchalarga-yuqorigi va pastkilarga ajratiladi.
Pastki shoxcha preparat orqali o'tadi va uni yorug'lik tulkini fazasi o'zgaradi, yuqorigi shoxchaniqi o'zgarmaydi. Preparatdan keyin, ya'ni ob'ktiv prizmasida har ikkala shoxcha birlashadi va o'zaro ta'sirlashadi (interferensiyalashadi). Natijada turlicha kalinlikka va turlicha nur sindirish qobiliyatiga ega bo'lgan preparatni qismlari turlicha bo'yalgan holda ko'rinadi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə