Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə7/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
sitologiya majmua

1876 yildaEduard Van Beneden bo'linayotgan jinsiy hujayralarda hujayra markazini aniqlaydi.
1890 yilda Rixard Altman mitoxondriyalarni ta'riflab ularni bioblastlar deb
ataydi.
1898 yilda Kamillo Golji hujayralarda to'rsimon tuzilma - diktiosomalarni aniqlaydi bu tuzilma keyinchalik uning nomi bilan Golji kompleksi deb atalgan.1898 yilda Karl Benda xromosomalarni ta'riflaydi.
XX asrning 1932 yilida Maks Knoll va Ernest Ruskalar tomonidan elektron mikroskop yaratalishi sitologik tadqiqotlarning keng ko'lamda olib borilishiga imkon berdi. 1950-yillarga kelib xromosomaning mikroskopik tuzilishi, mitoz va meyoz bo'linishlar-ning xususiyatlari o'rganildi. Ana shu asosda hujayra molekulyar jihatdan o'rganila boshlandi.
1953 yilda Jems Uotson va Frensis Kriklar tomonidan jahon fanida mashhur bo'lgan kashfiyot, DNK ning tuzilish modeli yaratildi.
1956-60 yillarda odam hujayrasidagi xromosomalarning o'rganilishi va bir qator sitologik usullarining takomillashi bu fanning taraqqiyoti uchun katta manba bo'ldi.
O'zbekistonlik olimlar ham sitologiya fanining rivojlanishiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar. Akademik J. X. Xamidov rahbarligida endokrin bezlar va neyronlarga radiasiya ta'sirida bo'ladigan morfofiziologik o'zgarishlarini zamonaviy ilmiy usullar yordamida o'rganilgan. Keyingi yillarda hayvon genlarinini boshqa urug'langan tuxum hujayraga mikroin'eksiya usuli bilan o'tkazish, irsiyat omilaridan foydalanib irsiy kasalliklarni yo'qotish va hayvon zotlarini tanlash hamda hujayra injeneriyasiga oid ilmiy tadqiqotlar sohasida elektronmikroskopik, avtoradiografiya va sitokimyo usullari joriyetilib, buyrak, oshqozon-ichak tizimining patologiyasini o'rganishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Akademik B. O. Toshmuxamedov hujayra membranasining tuzilishi va funksiyalariga doir tadqiqot ishlarini olib borib bir qator yangi ma'lumotlarni oldi. G'o'za genetikasi va sitologiyasi sohasining rivojlanishi uchun o'z hissasini qo'shgan O'zbekiston olimlaridan akademiklar A.A.Abdullaev, D.A.Musaev, professor S.M. Rizaeva va biologiya fanlari nomzodi V.P. Klyatlar 2011 yilda 1darajali Davlat mukofotiga sazovor bo'ldilar.
XXI asrda sitologiya molekulyar asosda rivojlanib biologiya fanlarining yangi tarmoqlari taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.
Fanda to'plangan ma'lumotlarga asoslangan holda hozirgi kundagi hujayra nazariyasi quyidagi postulatlardan iborat:

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə