Ozbekiston respublikasi oliy va


Robert Guk Antonio Van Levenguk



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə4/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
sitologiya majmua

Robert Guk Antonio Van Levenguk
(1635-1703) (1632-1723)


Rasm 1.1. R.Guk yaratgan mikroskop va u tayyorlagan po' kak kesimining


mikroskopdagi ko'rinishi
R.Guk mikroskop yordamida o'simlik hujayralarini o'rgangan. Po'kakning ko'ndalang kesimini mikroskop ostida tekshirib, uni yopiq pufakchalardan yoki katakchalardan iboratligini ko'radi va uni (lot.- sellula) hujayra so'zi bilan atab o'zining 1665 yildagi "Mikrografiya" nomli kitobida ta'riflaydi.
R.Guk o'simlik to'qimalarini hujayralardan tuzilganligini aniqlaydi. Aynan shu xulosa bu sohadagi keyingi yo'nalishlarni aniqlab berdi.
1671 yilda London qirollar jamiyatiga o'simliklarning mikroskopik tuzilishi haqida 2 ta ma'ruza topshiriladi. Bu tadqiqotlar italiyalik Marchello Malpigi va angliyalik Neemiya Gryularga ta'luqli edi. Bittasi ingliz, ikkinchisi lotin tilida yozilgan bu ma'ruzalarning nomi bir xil, ya'ni "O'simliklar anatomiyasi" edi. Ikkala tadqiqotchi ham bir xil xulosaga keladilar, ya'ni o'simlik to'qimasi hujayralardan tashkil topgan. To'qima so'zini ham birinchi bo'lib Gryu ishlatadi.
Mikroskop bilan qiziqib qolgan M. Malpigi birinchi bo'lib hayvonlar terisi, talog'i, buyragi va boshqa organlarining mikroskopik tuzilishini o'rganadi. Natijada u tasvirlab bergan organlarning ayrim strukturalari uning nomi bilan ataladigan bo'ldi. Masalan, Malpigi naychalari, buyrak koptokchalari, Malpigi qavati va boshqalar shular jumlasidandir.
Fan sifatida sitologiya XIX asrda yuzaga kelgan. Aynan shu vaqtda muhim kashfiyotlar
O'simlik hujayrasiga nisbatan hayvon hujayrasini o'rganish ancha murakkabdir. Atoqli chex olimi Yfn Purkine (1787-1869) o'zining shogirdlari bilan hayvon hujayralarini o'rgana boshladi. U birinchi bo'lib bo'yoqlarni va preparatni yorituvchi vositalarni, jumladan kanada balzamini (preparatlarni qotirib qo'yish uchun) foydalanishga
kiritdi.



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə