Ozbekiston respublikasi oliy va


Silliq (agranulyar) endoplazmatik to'r



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə22/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
sitologiya majmua

3. Silliq (agranulyar) endoplazmatik to'r - retikulyar membranalar tizimidan iborat bo'lib alohida tuzilma deb qaralmaydi. U ham vakuolalar kanalchalar va naychalar hosil qiladigan membranalar to'plamidan iborat va bir- biri bilan qo'shilishi mumkin. Yuzasida ribosomalari yo'q . Kanalchalar kengligi 50-100 nm, odatda zonalar hosil qilib joylashadi. Masalan, ichak epiteliysi hujayralarida hujayraning apikal (yuqorigi) qismida, so'rish yuzasiga yaqin, jigar hujayralarida glikogen to'planadigan joyda bo'ladi.
Donador endoplazmatik to'r sisternalari yuzasidagi ribosomalarni yo'qotib silliq endoplazmatik to'rga aylanadi. Golji apparati donador endoplazmatik to'rga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi.



4.1.- rasm. Endoplazmatik to'rning(EPT) ko'rinishi.


Ikkala endoplazmatik to'r morfologik jihatdan o'xshash bo'lsada funksional jihatdan farq qiladi. Silliq endoplazmatik to'rning faoliyati lipidlar va polisaxaridlar metabolizmi bilan bog'liq. Masalan, jigar hujayralarida Golji apparati atrofida silliq endoplazmatik to'r bo'shliqlarida yog' tomchilarini ko'rish mumkin. Agar kalamushlarga yog' tomchilarini to'planishiga olib keladigan moddalar berilsa birinchi yog' tomchilari silliq endoplazmatik to'r bo'shliqlarida ko'rinadi.
Silliq endoplazmatik to'rda ayniqsa steroidlar sintezlanadigan hujayralarda, jigar hujayralarida va mushak tolalarida glikogen tuplanadi. Jigarda silliq endoplazmitik to'r zonasi kattalashib ketishi patologik jarayon bilan bog'liq. Turli kimyoviy moddalar, kanserogenlar, zaxarli moddalar, gormonal preparatlar ta'sirida hujayralar o'zining bazofil sitoplazmasini yo'qotib ularda RNK miqdori kamayadi va silliq endoplazmitik to'r miqdori ko'payadi. Jigar hujayralari silliq endoplazmatik to'r yordamida bu moddalarning salbiy ta'siriga qarshi kurashadi.
Ko'ndalang targ'il muskullarda silliq endoplazmitik to'r vakuolalari va kanallari (sarkoplazmatik retikulum) har bir miofibrillni o'rab turadi. Bu erda silliq endoplazmitik to'r kalsiy ionlarini to'plashi natijasida mushak tolasi bo'shashadi.
O'simliklarda silliq endoplazmitik to'r steroid, lipidlar sintezida ishtirok etuvchi hujayralarda uchraydi.
Hujayra membranalarining sintezi. Endoplazmitik to'rning muhim xususiyati hujayra membranalarining hosil qilishda ishtirok etishidir. Endoplazmatik to'r elementlari hamma hujayra oqsillarini, membrana lipid qavati moddalarini sintezlaydi va membrananing lipoproteid tuzilmasini teradi. Endoplazmatik to'rda Golji apparati, sekretor vakuolalar, integral oqsillarni sintezlanadi.
MAVZU: GOLJI APPARATI VA LIZOSOMALAR
Reja:

  1. Golji apparatining o'rganilish tarixi

  2. Golji apparatining tuzilishi va funksiyasi.

  3. Lizosomalarning hosil bo'lishi va tuzilishi

  4. Lizosomaning funksiyasi.


    1. Yüklə 3,97 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə