Ozbekiston respublikasi oliy va


O^simlik hujayra devorining hosil bolishi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə20/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
sitologiya majmua

O^simlik hujayra devorining hosil bolishi. Matriksning amorf moddasi- pektin va gemisellyuloza Golji apparatida sintezlanib plazmatik membrana orqali ekzositozlanadi. Sellyuloza tolalari plazmatik membranada joylashgan maxsus fermentlar yordamida sintezlanadi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi hujayra devori farqlanadi.
Hujayra bo'linishida xromosomalar ekvator tekisligida joylashgandan keyin mayda membranali pufakchalar hosil bo'lib hujayra markazida to'planadi. Ular bir-biri bilan hujayra markazidan boshlab chekkalariga tomon qo'shila borib plazmatik membranagacha etadilar. Shu tariqa hujayra plastinkasi hosil bo'ladi. Hujayra plastinkasining markazi pufakchalar tarkibidagi amorf modda bilan to'ladi. Pufakchalarning kelib chiqishi Golji apparati bilan bog'liq. Plastinkaning chekkalarida sellyuloza tolalari to'planadi. Shunday qilib, o'sayotgan hujayra plastinkasi uch qavatdan: markaziy o'rta plastinkadan (amorf modda),va ikkita periferik birlamchi qobiq (gemisellyuloza va sellyuloza). Plastinkani hosil qilishda bo'linayotgan hujayra ishtirok esa, birlamchi devor yangi qiz hujayralar faoliyatidan hosil bo'ladi.
Hujayradan tashqarida plazmatik membrana ustida fermentlar ishtirokida sellyuloza fibrillari sintezlanadi, shu tariqa ikkilamchi qobiq shakllanadi. Keyinchalik gemisellyuloza moddasining o'rnini lignin egallab yog'ochlanish boshlanadi. Uchlamchi qobiq sitoplazma periferik qismlarining qurib degenerasiyaga uchrashi natijasida hosil bo'ladi.
Zamburug' hujayrasining tashqi yuzasi tolasimon tuzilishga ega bo'lgan xitin moddasi bilan qoplangan. Undan tashqari zamburug' hujayra devori tarkibiga sitoplazmada sintezlangan va hujayradan tashqariga chiqarilgan glikoproteidlar va turli oqsillar kiradi.
Bakteriya hujayralarining tashqi yuzasi polimer modda mureindan iborat. Bularni hosil qiluvchilar ham hujayra ichida sintezlanib hujayra tashqarisida shakllanadi.
Shunday xulosaga kelish mumkinki, eukariot va prokariot hujayralar tashqi yuzasida hosil bo'ladigan tuzilmalar kimyoviy tuzilishi va vazifasi jihatidan bir- biriga yaqindir: ularning tarkibi asosan polisaxaridlar, ular hujayraning faoliyati natijasida hosil bo'lib, ularning tashqariga chiqarilishida membrananing tuzilmalari ishtirok etadi. Bu belgilar glikokaliks, o'simlik va bakteriya hujayralaridagi hujayra devori kabi tuzilmalarini yaqinlashtiradi, bularning vazifasi ham bir xil: hujayra atrofida maxsus muhitni hosil qilish, yuzasida turli fermentlar joylashadi, reseptorlik vazifasini bajaradi. Lekin, hayvon hujayrasidan farq qilib, o'simlik va bakteriya hujayra devori qo'shimcha ravishda osmoregulyatorlik vazifasini bajaradi.
O'simlik hujayra po'sti, ayniqsa yosh hujayralarning po'sti sellyuloza (kletchatka) deb ataladigan organik moddadan tashkil topgan. Kletchatka(sellyuloza) karbon suvlarining uchinchi guruhiga kiruvchi polisaxaridlardan tashkil topgan. Formulasi (C6N10O5)n. Sellyuloza suvda erimaudi, bo'kadi va shishadi. Sellyuloza sitoza deb atalgan ferment ta'sirida shakarga aylanadi. Selyulozaga misol qilib paxtani olish mumkin. Paxta tolasining 90%i sellyulozadan tashkil topgan. Sellyulozadan qog'oz, portlovchi moddalar, sun'iy shoui, kinoplyonka, sinmaudigan oyna va boshqalar olinadi. Ba'zi bir o'simliklarning hujayra po'stida yarim kletchatka bo'ladi. Gemisellyuloza ham karbon suvlariga kiradi. Gemisellyulozani zapas oziq modda sifatida piyozda, kofe urug'ida uchratish mumkin. Urug'larning unib chiqish davrida sellyuloza va gemisellyuloza oziq modda sifatida embrionning o'sib chiqishiga sarf bo'ladi. Ba'zi bir o'simliklarning Hujayra po'stida pektin deb ataladigan modda bo'ladi. Pektin zapas oziq modda sifatida, olmada, qovunda, lavlagi ildiz mevasida bo'ladi.
Hujayraning po'sti o'z hayotida bir qancha o'zgarishlarga uchraydi. Ba'zi bir o'simliklarning Hujayra po'sti po'kaklanadi, ba'zi birlari shilimshiqlanadi, ba'zi birlari esa mineral moddalar bilan sug'oriladi.
Agar Hujayra po'sti lignin deb ataladigan modda bilan sug'orilsa Hujayra po'sti yog'ochlanadi. Lignin formulasi: C57N60O10. Lignin C, N, O dan tashkil topgan. Yog'ochlangan Hujayra o'zidan suvni va havoni yaxshi o'tkazmaudi. Shuning uchun ham yog'ochlangan Hujayra o'lik bo'ladi. O'tkazuvchi to'qimaning suv naulari, traxeidlari, mexanik to'qima Hujayralari lignin moddasi bilan sug'orilgan bo'ladi. Suv naulari orqali suv erigan holdagi mineral moddalar pastdan yuqoriga, ya'ni ildizdan poyaga, poya orqali bargga boradi, mexanik to'qimalar esa o'simlikka qattiqlik berib turadi. Demak, o'simlik hujausi o'lik bo'lsa ham har xil vazifalarni bajarib turadi. Lignin tarkibida karbonning miqdori kletchatkaga nisbatan ko'proq bo'ladi. Masalan, kletchatkada 44% karbon suvi bo'lsa, ligninda esa 60% bo'ladi. Shuning uchun ham lignin yoquv ashyosidir. Kletchatkaga nisbatan lignin qizil rangga kiradi. Floroglisin eritmasi va konsentrlangan xlorid kislota ta'sir ettirilsa lignin qizil rangga bo'yaladi. Lignin safranin deb ataladigan bo'yoqda qizil rangga kiradi.
Kletchatka xlor rux-yod eritmasi ta'sirida xiraroq binafsha rangga bo'yaladi. O'simliklarning ba'zi Hujayralari suberin deb ataladigan modda bilan sug'orilib po'kaklanadi. Po'kaklangan Hujayra o'zidan suvni va havoni mutlaqo o'tkazmaudi. Bu Hujayraning ichi havo bilan to'lgan bo'ladi. Po'kaklangan Hujayra o'simliklarning tashqi qismida bo'ladi. Masalan, kartoshka tugunagining ustki qismini, daraxtlarning poyasi va shoxlarida.
Po'kak asosan eman daraxtidan olinadi. Boshqa o'simliklarda esa Hujayrada suberinning miqdori kam bo'ladi. Po'kak olinadigan eman daraxti Qrim va Kavkazda uchraydi.
Po'kak o'simliklarning tashqi sharoitlaridan, ya'ni issiqdan, sovuqdan va mikroorganizmlardan saqlab turadi. Po'kak samolyosozlikda, xolodilnik ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda keng miqyosda ishlatiladi. CHunki, po'kak issiqlikni o'tkazmaudi. Suberin moddasi Sudan-III eritmasi ta'sirida pushti rangga bo'yaladi. Ba'zi bir o'simliklarning Hujayra po'sti, Ayniqsa, o't o'simliklarning Hujayra po'sti kutin deb ataladigan yog'simon modda bilan qoplangan. Kutin moddasini Hujayraning protoplasti ishlab chiqaradi. Kutin ham o'zidan suvni va havoni o'tkazmaydi. Kutin bargning tashqi tomonidan kutikula qavati qalin bo'ladi. O'rta iqlimda yashaydigan o'simliklarda esa kutikula qavati yupqa bo'ladi. Ba'zi bir o'simliklarni qurg'oqchilikdan saqlaydi. SHilimshiq modda Ayniqsa, suv o'tlarida bo'ladi. Gullaydigan o'simliklardan behi va zig'irning urug'ida ham shilimshiq moddalar bor.
Ba'zi bir o'simliklarning Hujayra po'sti xitin moddasi bilan sug'orilgan. Xitin bu azotli birikma bo'lib, zamburug'larning va bakteriyalarning po'stida bo'ladi. Formulasi Ci8Ni3O5. Xitin moddasi yod ishtirokida qo'ng'ir rangga bo'yaladi. Ba'zi bir o'simliklarning Hujayra po'sti mineral moddalar bilan sug'orilgan bo'ladi.
Mineral moddalar bilan sug'orilgan o'simliklarga misol qilib diatom suv o'tlari va kiuiko't, qirqbo'g'im o'simliklarida ko'rish mumkin. Ba'zi bir o'simliklarning, Ayniqsa, daraxtlarning poyasida shilimshiq modda oqib chiqadi. Bu modda tashqariga chiqqandan so'ng qotib qoladi. Qotib qolgan modda elim deyiladi. O'rik elimi farmasevtika amaliyotida emulsiya tayyorlashda ishlatiladi.
Hujayraning po'sti ichki tomondan qalinlashadi. Uning ichida qalinlashib qolgan joyi ham bo'ladi. Bu qalinlashib qolgan joyi teshik deyiladi. Hujayralar bir- birlari bilan shu teshiklar orqali aloqada bo'ladi. Ya'ni shu teshiklar orqali bir - birlariga oziq moddalar o'tib turadi. Bu teshiklardan plazma iplari o'tgan bo'ladi. SHundau qilib yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Hujayra tarkibi va po'sti murakkab organik va anorganik birikmalardan tashkil topgan. SHu bilan birga o'simliklar va hauvon Hujayrasi bir-biridan farq qiladi, shu bilan birga o'simlik organlaridagi Hujayralar ham bir-biriga o'xshamaydi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə