Ozbekiston respublikasi oliy va


Sitoplazmatik membrananing vazifalari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə16/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89
sitologiya majmua

3. Sitoplazmatik membrananing vazifalari. Sitoplazmatik membrana quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.To'siq. 2.Transport (tashuvchi). 3.Reseptorlik (sezgirlik).
Qo'shimcha vazifalariga:

        1. hujayra tashqarisidagi biopolimerlarni parchalashi;

        2. hujayralararoaloqani ta'minlashda ishtirok etishi;

        3. hayvon hujayralarida o'simtalarni: mikrotukcha, kiprikcha, xivchinlarni hosil qilishi;

        4. hujayra bo'linishida ishtirok etishi kiradi.

Transport (tashuvchi) vazifasi. Plazmalemma yarim otkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, uning yuzasidan turli kattalikdagi molekulalar turli tezlikda harakat qiladi. Maksimal o'tuvchanlik xossasiga suv va undaerigan gazlar ega, ionlar esa nisbatan sekinlik bilan o'tadi. Masalan, agar hujayra tuzlar konsentrasiyasi hujayradagi konsentrasiyasiga nisbatan past eritmaga solinsa (gipotonik) suv hujayra ichiga kirib hujayra hajmi oshadi va u shishib yoriladi (gipotonik shok). Agar hujayra tuzlar konsentrasiyasi yuqori eritmaga solinsa hujayradagi suv tashqariga chiqib, hujayra burishib qoladi. Bu xodisa membrananing osmotik xususiyatigaasoslanadi.
Yarim o'tkazuvchi membranalar orqali suvning harakati osmos deyiladi.
Moddalarning bunday transporti passiv transport bo'lib, modda konsentrasiyasi gradienti bo'ylab, ya'ni kam tomondan ko'p tomonga harakat qiladi. Lekin membranada modda konsentrasiyasiga qarshi transport ham mavjud bo'lib u aktiv transport deyiladi, chunki energiya sarfi - adenozintrifosfat (ATF) ishtiroki bilan boradi. Bu yo'l bilan membranadan organik molekulalar o'tadi.
Yirik molekulalar ko'pincha hujayraga kirishdan oldin monomerlargacha parchalarib, keyin aktiv transport orqali kiradilar. Lekin ba'zan membranaorqali yirik molekulalar ham endositoz yo'li orqali o'tib turadi. Endositozning ikki ko'rinishi mavjud: fagositoz, pinositoz.
Fagositoz hujayrani yirik molekulalarni qamrab olib yutishi. Bu hodisani birinchi bo'lib rossiyalik olim I.I.Mechnikov ta'riflagan. Pinositoz yaqingacha suv molekulalarining kirishi deb qaralgan, lekin aniqlanishicha uncha katta bo'lmagan molekulalarning o'tishi ekan. ATF sarfi bilan boradi. Avval modda membrana yuzasida sorbsiyalanadi (qisman so'riladi), bunda ularni membrana yuzasida ushlab qolishda glikokaliks rol o'unaydi, so'ng membrananing shu joyi botib kira boshlab oxirida membranauchlari birikib modda ichkariga kiradi. Hujayra ichida pufakchalar bir-biri bilan qo'shilib yirik molekulalarni hosil qiladi, ularning atrofida gidrolaza fermentlari (lizosomada) hosil bo'lib hazm jarayonlari boshlanadi.
Pinositoz so'rish jarayonlari boradigan hujayralarda ko'p uchraydi. Masalan: ichak epiteliysi hujayralari pinositoz pufakchalarigaboy bo'ladi. O'simlik hujayrasida fagositoz kuzatilmaydi, chunki o'simlik hujayrasi yuzasidagi sellyuloza va pektindan iborat qattiq qobiq bunga to' sqinlik qiladi. Pellikula qobiqi bilan o'ralgan bir hujayrali organizmlarda fagositoz og'zi atrofida bo'ladi.
Plazmatik membrana hujayradan moddani chiqarishda ishtirok etadi - bu jarayon ekzositoz deb ataladi. Hujayra ichida moddalar vakuolalar bilan o'ralib membranaga yaqinlashib tashqariga chiqariladi.
Plazmatik memebrananing reseptorlik vazifasi uning ustida tanib olish xususiyatiga ega bo'lgan tuzilmalar bo'lishi bilan bog'liq. Bularga membrana yuzasidagi periferik oqsillar va glikokaliks bo'laklari kiradi. Hujayra reseptorlarining vazifasi signallarni tashqaridan ichkariga o'tkazishdan iborat. Masalan: jigar hujayralari yuzasida glikoproteiddan iborat 10 000ga yaqin insulin reseptorlari joylashadi. Gormon ana shu reseptorlarga ta'sir etib reseptorlar o'z navbatida signalni hujayra ichiga o'tkazadi va hujayrada bunga javoban fermentlar sintezlanadi.
MAVZU: HUJAYRALARARO BOG' LANISHLAR.
Reja:

          1. Oddiy birikish, qulfchali va zich aloqalar.

          2. Bo'shliqli, tirqishli va desmasomalar orqali aloqalar.

          3. Plazmodesmalar.

          4. Tashqi apparatning membrana usti tuzilmalari


            1. Yüklə 3,97 Mb.

              Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə