Ozbekiston respublikasi oliy va


Sentriolaning tuzilishi va vazifalari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə30/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89
sitologiya majmua

3. Sentriolaning tuzilishi va vazifalari. Sentriola tuzilmasi 1875 yilda V.Flemming, 1876 yilda Z.Beneden tomonidan topilgan. Hayvon hujayralari uchun xos bo'lib, yuksak o'simliklar, tuban zamburug'larda va ba'zi sodda organizmlarda uchramaydi. Bo'linayotgan hujayralarda bo'linish dukini hosil qilishda ishtirok etadi.
Sentriolani hosil qilishda aylana bo'ylab joylashgan mikronaychalarning 9 ta tripleti ishtirok etadi. Tripletning birinchi mikronaychasi (A) 13 globulyar subbirliklardan tuzilgan. Ikkinchi va uchinchi mikronaychalar (B,C) A mikronaychadan to'liqmasligi bilan ajralib 11 globulyar birlikdan tuzilgan. A mikronaychaning ikkita dastachasi bo'lib, uning biri qo'shni tripletning C mikronaychasiga ikkinchisi markazga yo'nalgan. Sentriolaning markaziy qismida g'ildirakning vtulkasiga (silindrga;qoziqchaga) o'xshash tuzilma bo'lib, undan 9ta naycha chiqadiva A mikronaychalarga yo'nalganbo'ladi.
Sentriolalarning mikronaychalari tizimini (9x3)+0 deb ifodalanadi, ya'ni markazda mikronaychalar yo'qligini bildiradi.
Interfaza hujayralarida ikkita yonma-yon joylashgan sentriolalar bo'lib, ular diplosoma deyiladi. Ularning biri ona - ikkinchisi qiz sentriola deb ataladi.
Har sentriola atrofida matriksi - sentrosfera joylashadi.
Hujayralar mitotik bo'linishga o'tganda sentriolalarning ko'payishi kuzatiladi. Bunda diplosomada sentriolalar bir-biridan uzoqlashib har birining yonida yangisi hosil bo'ladi. Natijada bo'linishga kelib hujayrada ikkita diplosoma ya'ni to'rtta sentriola yuzaga keladi.
Ko'payish jarayoni quyidagicha amalga oshadi: ona sentriolaning matriksi yaqinida unga perpendikulyar ravishda yangi sentriolaning kichik bo'lagi hosil bo'ladi. Birinchi bo'lib A mikronaychalar so'ng B va C mikronaychalar hosil bo'ladi. Shu yo'l bilan kalta prosentriol hosil bo'lib, u o'sib kattalashadi.
Sentriolalar soning ortishi duplikasiya deyiladi.


10.2-rasm. Sentriolaning ko'payish jarayoni

Sentriolalar mitoxondriya va plastidalar singari o'z-o'zini reduplikasiyalovchi(hosil qiluvchi) tuzilmalarga kiradi(17rasm).


Taxmin qilinishicha, sentiolalar bo'linish duki iplarini hosil bo'lishini regulyasiyalaydi. Lekin, sentriolalari bo'lmagan hujayralarda ham bo'linish duki hosil bo'ladi. SHunday qilib, sentriolalar mikronaychalar hosil bo'lishida tubulin oqsili polimerizasiyasida tashkilotchilik vazifasini bajaradi.
Mitoz vaqtidaona sentriola faollashib uni o'rab turgan sentrosferada mikronaychalar hosil bo'ladi, sentriolaning mikronaychalari bu jarayonda ishtirok etmaydi.
Sentriolaning boshqa vazifasi bazal tanachalar ko'rinishida kiprikcha vaxivchinlarni hosil qilishida ishtirok etishi.
Sentriolyar sikl
Hujayra sikli davomida sentriolalarning faolligi o'zgarib turadi. Mitoz vaqtida hujayra markazlarida ikkitadan diplosomalar joylashib, ularning biri ona ikkinchisi qiz sentriol. Qiz sentriol uchi ona sentriolga qaragan bo'ladi. Ona sentriol mitozning hamma fazasida maxsus ingichka fibrillalar zonasi bilan - fibriollyar galo bilan o'ralgan bo'ladi. Bu galodan mikronaychalar chiqadi. Qiz sentriolda galo ham mikronaychalar ham bo'lmaydi. Bo'linish dukini hosil qilishdaasosan ona sentrioladan chiqqan mikronaychalar ishtirok etadi. YAngi mikronaychalar sentriolalarning o'zidan emas, ularning galo qismidan o'sib chiqadi. Sentriolalar bu mikronaychalarni polimerizasiyasida ishtirok etadi.
Telofazani oxirida bo'linish dukining buzilishi kuzatiladi. Ikkita sentriol o'zaro perpendikulyarligini yo'qotib bir-biridan biroz uzoqlashadi. Ona sentriolaatrofida mikronaychalar kuzatilmaydi. Interfaza davridaona sentriol atrofida satellit deb ataluvchi o'simtalar hosil bo'lib, ulardan mikronaychalar o'sa boshlaydi. Bular sitoplazma mikronaychalaridir. Mikronaychalar o'sgan sari sentrioladan uzoqlashib u bilan aloqasi uziladi, uning o'rnida yana yangilari hosil bo'ladi, eskilari parchalanadi. SHunday qilib hujayrada mikronaychalarning hosil bo'lish konveyri yuzaga keladi.
Hujayraning keyingi bo'linishiga tayyorgarchilik ko'rganda ikkalaendi ona sentriolalar atrofida satellitlar yo'qolib fibrillyar galolar paydo bo'ladi va ikkala sentriolalar atrofida mikronaychalar o'sa boshlaydi.
Bo'linmayotgan hujayralarda sentriolalar sitoplazma mikronaychalarini va kiprikchalar mikronaychalarini hosil qiladi.
Hujayradagi tuzilmalarning joylashgan joyi shunchaki tasodifdan kelib chiqmaydi. Hujayra arxitektori va dizayneri - sentriolalar. Ular hosil qilgan mikronaychalar bo'ylab poezd relsda yurgandek ko'pgina modda va tuzilmalar, xromosomalar harakat qiladi. Harakat qiluvchi bir hujayralilarda ham bu xususiyatni sentriolalar hosil qilgan mikronaychalar bajaradi.
Diplosomadagi qiz sentriolada birinchi bo'linishda hali mikronaychalari bo'lmaydi, uning mikronaychalari faqat hujayraning ikkinchi bo'linishida hosil bo'ladi. Ona sentriol uni qo'lidan ushlab kerakli joygaolib borishi kerak. CHunki shunday qilmasaona sentriol bilan qiz sentriol orasida aloqa uzilib, hujayradagi buzilishlarga olib keladi. Sababi, qiz sentriol mustaqil ravishda kerakli joyini topaolmaydi.
Ma'lumki, sentriolalar yadro bilan bog'liq bo'lmasa xromosomalarni qayerga olib borishni bilmas edi. Organoidlarning hujayradagi joyini sutemizuvchilarda yadro belgilaydi. Xlamidomonada suv o'tidaaksincha, sentriolalar yadroga qaysi organoidni qaerga joylashtirish haqida "buyruq" beradi.
4. Ribosomalar. Oqsil biosintezi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə