Lizosomalar deyarli barcha eukariot hujayralarda uchraydi , lekin uning uchrash chastotasi hamma hujayralar uchun turlichadir. Hayvon hujayralarida lizosomalarlar ko'proq readsorbsiya (qayta so'rilish) vaoqsil mahsulotlarini parchalash jarayonlari boradigan hujayralarda: makrofaglar, leykositlar, jigar va buyrakda uchraydi.Leykositlarda (immun hujayralar) passiv holatda hujayra sitoplazmasida birlamchi lizosomalar suzib yuradi. Leykosit hujayrasi biror bakteriyani fagositoz yo'l bilan yutishi zaxotiyoq birlamchi lizosomalarlar tezda ichidagi fermentlarini fagositar vakuolaga to'kadilar va ikkilamchi lizosomalarni hosil qiladilar. Demak, lizosomalar adaptiv immunitet hosil qilishda ishtirok etadi.
Undan tashqari, lizosomalar hujayra ichi mahsulotlarini o'zgartirishda ishtirok etadi. Qalqonsimon bez hujayralaridagi endopalazmatik to'rda tiroglobulin oqsili sintezlanadi. Tiroglobulin Golji apparati yordamida qalqonsimon bez follikulalariga chiqariladi. Bu erda gormonal qo'zg'atishga uchrab qaytib pinositoz yo'l bilan bez hujayrasiga tushadi. Pinositoz vakuolasi birlamchi lizosomalar bilan qo'shilib uning fermentlari tiroglobulinni qisman gidrolizlaydi va tiroksingaaylantiradi. Shundan so'ng gormon qonga chiqadi.
Autolizosomalar (autofagosoma) morfologik jihatdan ikkilamchi lizosomalardir. Tarkibida sitoplazmaning ayrim fragmentlari, ba'zan esa hujayraning ayrim tuzilmalari: mitoxondriya, plastida, endopalazmatik to'r, ribosomalar uchraydi. Autolizosomalarning hosil bo'lish mexanizmi oxirgacha o'rganilmagan, lekin taxmin qilinishicha birlamchi lizosomalar hujayra
tuzilmalari oldiga kelib, ularni o'rab bir-biri bilan qo'shiladilar va tuzilmani pinositoz yo'l bilan qamrab oladilar. Bu jarayon
avtofagiya deyiladi. Uning funksional
axamiyati shundan iboratki, hujayra o'ziga kerak bo'lmagan: ishdan chiqqan tuzilmalarni parchalab ularning o'rniga yangilarni hosil qiladi. Bu holda lizosomalar hujayra ichi sanitarian vazifasini bajaradi. Ularning soni hujayra shikastlangandaoshadi.
3
6.1.-rasm. Lizosomalarning hujayra ichidagi faoliyati. 1-fagositar pufakcha; 2- fagosoma; 3-hazm qilish vakuoli; 4- birlamchi lizosoma; 5- qoldiq tanachalar; 6- lipofussin granulasi; 7- autofagosoma; 8- ekzositoz; 9- yadro.
Ba'zan lizosomalar tarkibidagi fermentlar hujayradan chiqariladi. Masalan, rivojlanish davomida tog'ay to'qimasining suyakka aylanishida yoki suyak to'qimasi shikastlanganda osteoblast hujayralari lizosomalarida maxsus fermentlar sintezlanadi.
Hujayralardagi patologik jarayonlarda lizosomalarlarning soni ortadi.
Lizosomalarlar hujayraning avtolizida - o'z-o'zini emirishida ishtirok etadi.
41
Avtolizga faoliyatini tugatgan kasal hujayralar uchraydi. Avtolizga faqat bitta hujayra emas butun to'qimalar ham uchraydilar (misol: itbaliqning dumi).
Lizosomalarning hayvon va o'simlik hujayralarida keng tarqalgan rekonstruksiyalash (qayta qurish) xususiyati ham katta ahamiyatga ega. Organizmlar och qolganda hujayralar o'z hayot faoliyatini ushlab turish maqsadida endogen yo'l bilan oziqlana boshlaydilar, bunda lizosomalar sitoplazmadagi turli tuzilmalarni parchalab quui molekulali moddalarni hosil qiladi. O'simlik hujayralaridagi autofagiyani urug' unib chiqayotganda ko'rish mumkin: lizosomalar ishtirokida hujayradagi zahira moddalar parchalanadi.
Ko'pincha lizosomalar tarkibidagi biror fermentning etishmasligi mutasion jarayon bo'lib, odamlarda genetik kasalliklarni keltirib chiqaradi: lizosomalar ichida ko'p miqdorda hazm bo'lmagan moddalar to'pla borib oxirida bu oraganizmning o'limiga olib keladi.
Lizosomalarlarni o'rganish borasida katta yutuqlarga erishilganligiga qaramay eukariot hujayra uchun muhim ahmiyatga ega bo'lgan bu tuzilmaning tahlili xali boshlang'ich bosqichlarda turibdi.
MAVZU: O" SIMLIK HUJAYRASI VAKUOLASI. PEROKSISOMA VA SFEROSOMANING TUZILISHI.
Reja:
O'simlik vakuolasining hosil bo'lishi
O'simlik vakuolasining muhim vazifalari
Vakuolyar tizim membranalarining bir-biriga aylanishi
Peroksisomalar va ularning funksiyasi.
Sferosomaning tuzilishi va vazifasi.