Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə82/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89
sitologiya majmua

Kerakli asboblar: kompyuter, mikroskop MBI-1, tayyor mikropreparatlar, ko'rgazmalar va slaydlar.
YAdro (yun. karion, lot. nukleus) termini 1831 yilda R. Broun tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, u o'simlik hujayralarida doimiy sharsimon tuzilmalarni shu nom bilan atagan.
YAdro barcha eukariot (yuksak o'simlik va hayvon) hujayralarida bo'ladi. Ayrim eukariot hujayralarni (eritrositlar) hisobga olmaganda. Eritrositlar yuqori darajada differensiyalashgan hujayralar hisoblanib, rivojlanish jarayonida o'z yadrosini yo'qotgan. YAdroning shakli har xil bo'lib, hujayra shakliga mos keladi, ba'zan noto'g'ri bo'lishi ham mumkin. YAdro hujayralarda ko'pincha bitta, ikkita yoki ko'p bo'ladi. Ko'p yadroli hujayralarga osteoklast va megakariositlar kirib, ularda bir necha o'nlab yadrolar bo'lishi mumkin.
YAdroning shakli turli-tuman, odatda hujayra shakliga mos bo'ladi. Parenxima hujayralarida sharsimon, prozenxima hujayralarida linza yoki ipsimon shaklda bo'ladi. YAdroning o'lchami ham turlicha: yopiq urug'li o'simliklar vegetativ organlari hujayrasi yadrosining diametri 10-25 mkm ga teng bo'lgani holda ayrim zamburug'larniki 1-2 mkm, xaralar turkumidagi suv o'tlariniki 2,5 mkm.
YAdroning kattaligi turlicha 4 mkm. dan 40 mkm. gacha bo'lib, uning hujayralarda joylanishi, shu hujayraning shakli va funksional holatiga bog'liqdir.
YAdro hujayralarning bo'linib ko'payishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, yadrochada ribosomal RNK va ribosomalar hosil bo'ladi.
1-rasm. YAdroning tuzilishi


YAdro bu irsiy belgilarni saqlaydigan va oqsil sintezini boshqaradigan markazdir. Hujayra yadrosiz yashay olmaydi, agarda uni hujayradan ajratib olinsa tezda nobud bo'ladi. Odatda hujayrada bitta, ayrim suv o'tlari va zamburug'larda bir nechta yadro bo'ladi. Bakteriya va ko'k-yashil suv 136
o'tlarida shakllangan yadro bo'lmasdan, uning tarkibiga kiruvchi moddalar sitoplazmada, ya'ni ularning yadrosi sochma yoki diffuziya holatida bo'ladi.
2-rasm. Hujayra yadrosi
YAdro quyidagi qismlar: yadro po'sti, nukleoplazma, xromosoma va yadrochadan iborat.
YAdro po'sti yadroni sitoplazmadan ajratib turadi. U ikki qavat membranadan tuzilgan. Tuzilishi va tarkibiga ko'ra yadro po'sti endoplazmatik to'rga yaqin. YAdro po'stida maxsus teshikchalar - poralar
bo'ladi. U juda murakkab tuzilishga ega bo'lib, diametri 80-90 mkm ga teng. Poralar orqali makromolekulalar nukleoplazmadan gialoplazmaga va teskari tomonga o'tib turadi. YAdro po'sti yadro va sitoplazma orasidagi modda almashinuvini boshqarib turadi, shuningdek oqsil va lipidlar sintezlash qobiliyatiga ega.


Nukleoplazma bu kolloid qorishma bo'lib, unda xromosoma va yadrocha joylashgan. Karioplazma tarkibiga turli xil fermentlar, oqsillar, lipidlar, uglevodlar, nuklein kislotasi va mineral tuzlar kiradi. Karioplazma tarkibi 70% oqsil, 10-20% lipid, 0,5-10% mineral moddalar (P, K, Na, Fe, Zn, Co, Au), pH 7,4-7,8 bo'ladi. Karioplazma tarkibi hujayra va yadroning funksional holatiga bog'liq holda o'zgarib turadi.
Xromatin DNK va oqsildan tarkib topgan. Xromatining 40 % DNK va 60% yadroning maxsus oqsili gistondan iborat.





Xromatin tarkibi bajaradigan vazifasiga ko'ra euxromatin va geteroxromatin qismlariga bo'linadi. Euxromatin qismi faol, geteroxromatin qismi nofaol bo'ladi.
11- AMALIY MASHGULOT. Nukleosomalar va xromatin iplarining tuzilishi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə