Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə76/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89
sitologiya majmua

Ishni bajarish tartibi. Hujayralarning turgor holatini kuzatish uchun toza suv tomizilgan buyum oynasiga spirogira suvo'tining bir nechta ipchasini yoki mox bargini qo'yib, ustini qoplagich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik ob'ektivida qaralganda, turgor holatidagi bir qator zich joylashgan silindrsimon hujayralar aniq ko'rinadi. Hujayralar ichidagi yashil spiral lentalar xromatoforalardir. Hujayralarning turgor holati bilan tanishgandan so'ng, qoplagich oynaning bir chekkasidan NaCI yoki KCI ning bir normal eritmasi dan 1 - 2 tomchi tomiziladi. Natijada sitoplazma hujayra po'stidan ajralib, hujayra o'rtasiga to'planishi aniq kuzatiladi. Bunda hujayralar plazmoliz holatiga o'tadi. Deplazmoliz holatini kuzatish uchun preparatdagi eritma filtr qog'ozga shimdirib olinadi. Qoplagich oynaning ikkinchi tomonidan toza suv tomiziladi. Suvni qayta shimish natijasida hujayra o'z holatini tiklaydi.
6-AMALIY MASHG'ULOTI Mavzu: Endoplazmatik to'rning mikroskopik tuzilishini o'rganish.
Kerakli asbob-uskuna: mikroskop MBI-1, tayyor mikropreparatlar.
Endoplazmatik to'r yoki retikulum elektron mikroskop yordamida Porter tomonidan 1945 yillarda kashf qilingan organella bo'lib, membranasida ribosomalar bo'lishiga qarab donador va donasiz endoplazmatik to'r farqlanadi. Donador endoplazmatik to'rning tashqi membrana qismida ribosomalar bo'ladi.

  • Donador va silliq endoplazmatik to'rning tuzilishiga e'tibor bering?

  • Ularning qismlari va paydo bo'lish jarayonlarini tahlil qiling?

  • Silliq endoplazmatik to' rning joylashgan o'rnini kuzating va izohlang?

  • Donador endoplazmatik to'rning oqsil sintezi jarayonlarini rasmlarda tahlil qilib o'rganing?


d.


Endoplazmatik to r hujayra ichi kanalchalar sistemasidan, vakuolalar va sisternalardan tashkil topgan. Bir qator olimlar endoplazmatik to'rning kanallar va sisternalar sistemasi hujayra qobig'i hamda perenuklyar bo'shliq bilan bog'liq deb fikr yuritadilar. Granulyar endoplazmatik to'r oqsil va fermentlar, silliq endoplazmatik to'r esa asosan yog' va karbon suvlar sintezida muhim rol o'unaydilar.
Endoplazmatik to r sitoplazma kanalchalarini yadro va qo'shni hujayralar bilan bog'laydi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari ham shu sistema bo'ylab tarqaladi va hujayraning turli qismlariga oqib boradi.
6-AMALIY MASHG'ULOTI Golji apparati va lizosomalarning tuzilishi va turlari

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə