Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə74/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89
sitologiya majmua

Kerakli jihozlar: mikroskop, piyoz, buyum va qoplag'ich oynalar, cho'tkacha, suv preparoval nina, lanset, pinset, paxta tolasi.
Ish tartibi. Piyozning eng sirtqi quruq po'sti olib tashlanib, etli qobig'ining biri ajratiladi va nina yoki pinset bilan sirtqi yupqa, rangsiz po'stidan bir oz shilib, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo'yiladi hamda preparoval nina yordamida buklanib qolgan yerlari to'g'rilangandan so'ng qoplag'ich oyna yopiladi. Tayyor mikropreparatni avval mikroskopning kichik ob'ektivida, so'ngra katta ob'ektivida ko'riladi. Bunda piyoz po'sti Hujayralardan tuzilganligiga ishonch hosil qilinadi. Hujayralar bir-biribilan zich joylangan. Har bir Hujayraning o'ziga xos alohida rangsiz yaltiroq po'sti bo'lib, uning ichida yaltiroq rangsiz kolloid modda- sitoplazma va yadro rivojlangan. YAdro bitta, shakli yumaloq va hujayra markazida yoki chetida joylashadi. YAdroda bir yoki ikkita yadrocha bo'ladi. Hujayra markazini bir yoki bir necha vakuola egallaydi. YOsh hujayralarda vakuolalar ko'p va mayda, qari hujayralarda esa birgina katta vakuola bo'lib, Hujayraning markazida o'rnashadi. Vakuolalarda Hujayra shirasi bo'ladi.
Agar mikropreparatdagi suv o'rniga kaliyyodid (J-KJ) eritmasi tomizilsa, Hujayraning qismlari yana ham aniq ko'rinadi, chunki reaktiv ta'sirida yadro va sitoplazmasi sarg'ayadi. Buning uchun shisha tayoqcha yoki pipetka bilan eritmadan bir tomchi qoplag'ich oynaning bir tomoniga tomiziladi, qoplag'ich oynaning chap tomoniga esa filtr qog'oz bo'lakchasi qo'yiladi. Filtr qog'oz oyna betidagi suvni shimib oladi. SHunda suv o'rniga esa J-KJ eritmasi kiradi. Mazkur jarayonlar tugaganidan keyin bitta Hujayra ko'rinishini ish daftariga (albomga) qora qalam bilan chiziladi (8-rasm).





Rasm 4.3. Piyoz po'sti hujayrasi:1-hujayra qobig'i; 2-protoplazma; 3-yadro va
yadrochalar; 4-vakuolalar.
5-AMALIY MASHGULOTI.
4 - mashg'ulot. Hujayralardagi turgor va plazmolizni kuzatish

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə