2-Laboratoriya mashg’uloti: Mavzu: Turgor hodisasini kuzatish. Barg pigmentlari va ularning xususiyatlari. Ungan urug’lar tomonidan kislorod o’zlashtirishini aniqlash Mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 103,21 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.10.2023
ölçüsü103,21 Kb.
#126590
2lab fiz



2-Laboratoriya mashg’uloti: 
Mavzu: Turgor hodisasini kuzatish. Barg pigmentlari va ularning 
xususiyatlari. Ungan urug’lar tomonidan kislorod o’zlashtirishini aniqlash 
Mashg‘ulotning maqsadi. 
Yashil o‘simliklardagi fotosintez jarayonida 
qatnashuvchi pigmentlarning spirtdagi yoki benzoldagi eritmasini olish usullari va 
ularning ba’zi bir kimyoviy hamda optikaviy xususiyatlari bilan talabalarni 
tanishtirish. 104
Kerakli asbob va reaktivlar
. Biror o‘simlikning quruq yoki ho‘l barglari, eti 
spirti, benzin, kristall holdagi ishqor, HCI kisiotasi, CaC03, sirka kislotaning mis 
tuzi yoki sirka kislotaning rux tuzi kristallari, kvars qumi, chinni havoncha, filtr 
qog‘ozi, voronka, shisha tayoqcha, qaychi, spirt lampa, vazelin, spektroskop, 
shativ va probirkalar, pipetka, rangli qalam.
Umumiy tushuncha
. Xlorofill a va b turlarini saqlovchi, fotosintezlovchi barcha 
eukariot organizmlar bir muncha keng tarqalgan qabul qiluvchi qismlarning 
oqsillari struktura jihatidan o‘xshash oqsillar oilasiga kiradi. Bu oqsillarning bir 
nechtasi II foto tizimlar bilan bog‘langan bo‘ladi va II yorug‘lik qabul qiluvchi 
(yig‘uvchi) oqsil birikmalari deb ataladi. Boshqa oqsillar esa I foto tizimlarga 
bog‘langan bo‘ladi va yorug‘lik qabul qiluvchi (yig‘uvchi) oqsil birikmalari deb 
ataladi. Qabul qiluvchi qismlarning bunday birikmalari xlorofillarning a va b qabul 
qiluvchi qismlari oqsillari nomi bilan yuritiladi. (Paulsen 1995, Grin va Durnford 
1996). 
Ishni bajarish tartibi.
Eritmasini tayyorlash uchun o‘simlikning quruq yoki ho‘l 
bargi olinadi. Agar quruq barg bo‘lsa, u ezilib kolbadagi spirtga solib qo‘yiladi. Bu 
pigmentlar ajralib chiqishini tezlashtiradi. So‘ngra pigmentlarning spirtdagi to‘q 
yashil eritmasi filtrlab olinadi. Ho‘l o‘simlik bargidan pigmentlarni ajratib olish 
uchun 4-5 g barg qaychida mayda qirqiladi (bunda yirik tomirlari va barg bandi 
olib tashlanadi). So‘ngra chinni havochaga solib, barg yaxshi ezilishi uchun kvars 
qumi va hujayra shirasing kislotasini neytrallash uchun ozgina CaC03 qo‘shib 
eziladi. Bargni ezish davomida oz-ozdan eti spirti qo‘yib turiladi. So‘ngra bu 
ezilgan massa probirkalarga (filtr qog‘ozi orqali) filtrlab olinadi. Chinni 
havonchadan eritma oqib ketmasligi uchun havonchaning chetlariga vazelin surkab 
qo‘yish kerak. Olingan yashil filtratda xlorofill “a”, xlorofill “b”, karotin, ksantofil 
pigmentlari bo‘ladi. 105 Filtrat to‘rtta probirkaga bo‘lib solinadi va quyidagi ishlar 
bajariladi: Pigmentlarni ajratish. a) Kraus usuli. Pigmentlarni ajratishda ularning 
spirt va benzinda turlicha erish xossasidan foydalaniladi. Buning uchun bitta 
probirkaga pigmentlarning spirtdagi eritmasidan 4 ml olib, uning ustiga (o‘zidan 
ko‘proq miqdorda) 6 ml benzin qo‘yiladi. Probirkaning og‘zi probka yoki bosh 
barmoq bilan berkitilib, yaxshilab chayqatiladi va tinish uchun bir necha daqiqa 
shtativga qo‘yib kuzatiladi. Bir necha daqiqadan so‘ng probirkaning yuqorigi 


benzin qavatida yashil rangli xlorofill “a” va “b” hamda pastki spirtli qavatida 
sarg‘ish rangli ksantofil pigmenti ajralib chiqadi. Agar pigmentlarning ajralishi 
yaxshi bo‘lmasa, u holda yana 3-4 tomchi suv tomizilib qaytadan aralashtiradi. 
Agar suv ko‘proq qo‘shilib ketsa, pastki qavat loyqalanib qoladi. Bu holni spirt 
qo‘shish yo‘li bilan yaxshilash mumkin. b) Filtr qog‘ozi yordamida 
(xromatogramma usulida) pigmentlarni ajratish. Rus fitofiziologi M.S.Svet 
tomonidan ishlab chiqilgan bu usul pigmentlarni xromatogramma usulida ajratish, 
pigmentlar aralashmasini adsorbentga, ya’ni so‘ruvchi-shimuvchi qog‘ozga 
o‘tkazishga asoslangandir, har xil pigmentlarning bir xil erituvchida erish darajasi 
har xil bo‘ladi va ularning bir xil adsorbentda shimilishi ham har xildir. 
Erituvchidagi pigmentlarning adsorbent yuzasida so‘rilish darajasiga qarab, ular 
har xil joyda so‘rilib qoladi. Erituvchida pigmentlarning erish xususiyati qancha 
yuqori bo‘lsa, u shu adsorbent tomonidan shuncha sekin so‘riladi. Bunda 
pigmentning harakati tez bo‘lib, uning adsorbent yuzasida joylashishi yuqoriroq 
bo‘ladi. Buning uchun uzunligi 20 sm, eni 1 smli filtr qog‘ozi qirqib olinib, uning 
bir uchi pigmentlarning spirtli eritmasiga botirilib qo‘yiladi. Suzma filtr qog‘ozi 
bo‘ylab yuqoriga qarab ko‘tarila boshlaydi. Yashil pigmentlar kuchliroq so‘riladi. 
Shuning uchun filtr qog‘ozida dastlab yashil qatlam- xlorofill “a” va “b”, ularning 
yuqorisida 106 sariq pigmentiar - karotin va ksantofill dog‘lari paydo bo‘ladi. Eng 
yuqori qatlam esa rangsiz bo‘ladi. Shu rangli qatlamlarning rasmi chizib olinadi 
(rangli qalam bilan)
 

Yüklə 103,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə