O'zbekiston respublikasi oliyta’lim, fan vainnovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə15/35
tarix29.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#140522
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
50710101 Kimyoviy texnologiya ishlab chiqarish turlari bo‘yicha

Biznes asoslari

Ajratilgan soat

60

O'qituvchining mashg'ulotida qatnashib o'zlashtirilishi lozim bo'lgan mavzular soni

Jamg'arma o'yini simulyatsiyasi 18 soat. Shundan:
12 soat biznes o'yin;
6 soat nazariy dars.
Mikro biznes o'yini simulyatsiyasi 30 soat. Shundan:
22 soat biznes o'yin;
8 soat nazariy dars.
Biznesni rejalashtirish va kredit olish bo'yicha suhbatga tayyorgarlik ko'rish 12 soat. Shundan:
6 soat nazariy dars;
6 soat amaliy mashqlar.

Dasturning maqsadi

O'quvchilarga o'z biznes g'oyasini amalga oshirish va shaxsiy daromadga ega bo'lish hamda daromadlarini oshirish uchun o'zining shaxsiy tadbirkorlik korxonasiga asos solishga o'rgatish.

O'zlashtirish (o'qitish) natijalari

Jamg'arma o'yini:

  • Har bir kishi uchun, shuningdek xalq xo'jaligi uchun jamg'arishning ahamiyati haqida bilimga ega bo'lish;

  • Daromadlar, xarajatlar, ehtiyojlar, istaklar kabi tushunchalarni anglab yetish;

  • Jamg'arishni kredit olishga nisbatan taqqoslab ko'rish;

  • Inflyatsiyaning jamg'arma balansi va kreditlarga ta'sirini farqlash;

  • Shaxsiy budjetni shakllantirish va uni tahlil qilish;

  • Hozirgi holatdagi va kelajakdagi ehtiyojlar va istaklar o'rtasidagi farqni tushunish;

  • Jamg'arishning maqsadi va ahamiyati(qiymati)ni tushunish;

  • Turli xil jamg'arish shakllari bilan tanishish;

  • Mos va mos bo'lmagan moliyaviy institutlarni bir-biridan farqlash.

Mikro biznes o'yini:

  • Eng asosiy maqsad - simulyatsiyaning amaliy yondashuv usuli orqali mikrokorxonani qanday boshqarishni o'rganishdir;

  • Ishtirokchilar tadbirkorlik faoliyatida duch keladigan qiyinchiliklar va imkoniyatlarda qanday yo'l tutish kerakligini o'rganadilar;

  • Biznes hayotga oid asosiy bilimlar;

  • Tadbirkorona fikrlash va harakat qilish;

  • Biznes g'oyani yanada rivojlantirish;

  • Buxgalteriya hisobi va nazorati bo'yicha asosiy bilimlar;

  • "O'z mijozingni tanib ol" " (KYC - Know Your Customer) tamoyilining ahamiyatini anglash;

  • Marketing asoslari, bozor dinamikasi va raqobat;

  • Qarz va kredit olish jarayonlari yuzasidan kredit institutlari bilan muomalada qanday harakat qilishni o'rganish.







Biznesni rejalashtirish va kredit olish bo'yicha suhbatga tayyorgarlik ko'rish:

  • Biror biznesni rejalashtirishning funksiyalari va asosiy qismlari bilan tanishib chiqish;

  • Ishtirokchilarning individual biznes g'oyalari asosida o'z shaxsiy biznes rejasini tuzish;

  • Ratsional(aql bilan yondashuv) va iqtisodiy yondashuvlarning ahamiyati haqida bilib olish;

  • Turli rejalashtirish sohalari bo'yicha ishlaganda tizimli(sistematik) yondashuvni qo'llash;

  • Turli modellar va o'zaro bog'liqliklar asosida fikrlash;

  • Imkoniyatlar va xavf-xatarlarni hisobga olgan holda real hayot hissiga asoslanish;

  • Bankka kredit olish uchun ariza topshirish;

  • Kredit olish uchun suhbatga tayyorgarlik ko'rish;

  • Kredit olish uchun suhbatda so'raladigan kerakli xujjatlar;

  • O'zining biznes g'oyasi, shuningdek biznes rejasini o'ziga ishonch bilan taqdimot qilib berish;

  • Bank berishi mumkin bo'lgan savollarga javob/munosabat bildirish;

  • Garovni taqdim etish zarurati.

Bilimlar

Jamg'arma o'yini:

  • Moliyaviy bilimlarni oshirish;

  • Shaxs va oila uchun moliyaviy zahira(moliyaviy yostiqcha)ning qiymatini anglab olish;

  • Uy xo'jaligini yuritish bo'yicha xarajatlarni aniqlab olish va ularni tushunish;

  • Jamg'arishning maqsadi va foydalarini anglab yetish;

  • Jamg'arma kiritishning sehrli uchburchagi haqida bilib olish;

  • Kredit olish maqsadi va sababini bilib olish;

  • Makroiqtisodiyot bo'yicha dastlabki bilim va taassurotlar bilan tanishish;

  • Inflyatsiya va uning ta'sirini tushunib olish;

  • Favqulodda vaziyatlar uchun pul tejab qo'yishning ahamiyatini tushunib olish.

Mikro biznes o'yini:

  • Zamonaviy tadbirkorlikning mazmuni va mohiyatini anglash;

  • Voqealar kontekstida qarorlar qabul qilish;

  • Sarmoya kiritish bo'yicha qarorlar qabul qilish;

  • Tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning rolini tushunish;

  • Bozor iqtisodiyotida marketingni ahamiyati bilan tanishib chiqish;

  • Balans, foyda va zarar hisobi, naqd pul oqimi hisobi misolida buxgalteriya hisobining asoslari bilan tanishish;

  • Mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish.

Biznesni rejalashtirish va kredit olish bo'yicha suhbatga tayyorgarlik ko'rish:







  • Biznesni rejalashtirishning funksiyalari va asosiy qismlari bilan tanishib chiqish va shaxsiy biznes g'oya misolida uni qo'llash;

  • O'zining shaxsiy biznes rejasini yaratish jarayonida ratsional(aql bilan) va iqtisodiy fikrlashga asoslanish;

  • Korxona xo'jaligini yuritishga oid bilimlar va oddiy jarayonlarni o'rganish va qo'llash;

  • Tegishli bozorni o'rganish(tadqiq qilish) metodlari va mavjud raqobatni o'rganib chiqish/tahlil qilish;

  • Zarur sarmoyalar uchun xarajatlarni hisoblash;

  • Rejashaltirilgan korxona uchun foyda va zarar hisobini tuzib chiqish;

  • Bankdan kredit olish uchun ariza topshirish va kreditni olish jarayoni;

  • Kredit olish arizalari bo'yicha banklarning talablari va kichik tadbirkorlarni bu jarayonda qo'llab-quvvatlashi bo'yicha ma'lumotga ega bo'lish;

  • Eng muhim huquqiy va soliqqa oid talablar bo'yicha asosiy bilimlarga ega bo'lish;

  • Korxonani ochish uchun lozim bo'lgan ta'sis xujjatlarni bilish.

Ko'nikmalar

Jamg'arma o'yini:

  • Uy xo'jaligi daromadlarini muvaffaqiyatli boshqarish;

  • Uy xo'jaligi budjetini tuzish, kuzatib borish va tahlil qilish;

  • Jamg'arishdan ko'zlangan maqsadga erishish

  • Xarajatlarni daromadga nisbatan bog'liqlikda ko'rib chiqish;

  • Hohish-istaklarni ehtiyojlardan farqlay olish;

  • Hozirgi va kelajakdagi hohish-istaklar va ehtiyojlarni farqlash;

  • Yashash sharoitlarni yaxshilash;

  • Hayotdagi xavf-xatarlarni baholay olish;

  • Ehtiyot choralarini ko'rib qo'yish;

  • Mos keluvchi moliyaviy institutni tanlay olish;

  • Hayot sifati darajasini to'g'ri qarorlar qabul qilish orqali oshirish;

  • Ishonchli moliyaviy institutlarni aniqlab olish;

  • Izlash va tadqiq etish uchun ma'lumotlar manbalaridan foydalana bilish.

Mikro biznes o'yini:

  • Qaror qabul qilishning ahamiyati;

  • Eng muhim moliyaviy xujjatlarni tuzish (Balans, foyda va zarar hisobi, naqd pul oqimi hisobi);

  • Sotuvni rejalashtirish va shunga mos ravishda harakatlarni amalga oshirish;

  • Harajatlar va sarmoyalarni bir-biridan farqlash va ularning korxonaga ta'sirini anglash;

  • O'z mojozlarini bilish orqali korxonani rivojlantirish;

  • Reklamani maqsadli ravishda qo'llash;







  • Kutilmagan holatlarda qarorlar qabul qilish;

  • Bozor sharoitlariga mos munosabat bildirish;

  • Tadbirkorlik faoliyati sohalarini kengaytirish va qo'shimchalar qilish.

Biznesni rejalashtirish va kredit olish bo'yicha suhbatga tayyorgarlik ko'rish:

  • O'z biznes-rejasini tuzish;

  • Korxona xo'jaligini yuritishga oid bilimlar va jarayonlarni qo'llash;

  • Bozorni tadqiq qilganda va raqobat tahlilida tizimli(sistematik) yondashish;

  • Xarajatlar va sarmoyalarni bir-biridan farqlashni bilish va amalda qo'llash;

  • Kreditni qaytarish turlarini bilish;

  • Sarmoya va kredit xarajatlarini hisoblashni o'zlashtirib olish;

  • Kredit olish uchun xujjatlarni tayyorlash;

  • Kredit olish uchun suhbatga tayyorgarlik ko'rish;

  • Biznes g'oyani o'ziga ishonch bilan taqdimot qilib berish;

  • Bank berishi mumkin bo'lgan savollarga tayyorgarlik ko'rish;

  • Bankdagi kredit olish suhbatlarini simulyatsiya qilish.

O'quv rejasiga muvofiq o'zaro bog'liq bo'lgan fanning nomi

Umumkasbiy va maxsus fanlar.

O'qitishni tashkiliy shakli

N - Nazariya A - Amaliy mashqlar S - Simulyatsiya

Dasturga qo'yilgan talab

Majburiy

O'qitish tili

Guruhda belgilangan o'qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo'yicha amaldagi tartib asosida

O'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash

Yozma, og'zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq




"JAMG'ARMA" O'YINI SIMULYATSIYASI



Mavzuning
nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O' qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta' lim

1

Simulyatsiy aga kirish va shaxsiy uy xo'jaligida jamg'arish

Jamg'arma o'yinining maqsadi va "Bajarib ko'rish - mulohaza qilish - qo'llab ko'rish"ga asoslangan pedagogik yondashuv.
O'yinni, shuningdek texnik atamalarni tushuntirish. G'oliblik mezonlari bilan tanishtirish.
Hayot sifatini oshirish maqsadidan kelib chiqqan holda jamg'arishning ahamiyatini tushunish.

2

N




2

Jamg'arma maqsadi va maqsadli jamg'arish yo'llari

Birgalikdagi umumiy oila maqsadini aniqlab olish va unga erishish maqsadida xarakat qilish.
Daromad holatini tushunish va sarf-xarajatlar bo'yicha hatti-harakatlarni kuzatib borish.
Kutilmagan voqea-hodisalarda qanday harakat qilishni bilish.
Ortiqcha mablag'ni hisoblash uchun daromadlar, shuningdek kutilayotgan xarajatlarni rejalashtirish. Hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlar va hohish-istaklar o'rtasidagi farqni aniqlash.
O'z shaxsiy holati to'g'risida tasavvurga ega bo'lish. Budjetni rejalashtirish, tahlil qilish va kuzatib borish. Jismoniy shaxslar jamg'armalarining banklar va moliyaviy institutlarga, shuningdek jamiyatga ta'siri. Jamg'arma mablag'larining xalq xo'jaligi uchun ahamiyati.
O'zbekistondagi mavjud jamg'arish shakllari.

4

N, A, S

2

3

Jamg'arma
turlari.
Mablag'ni
maqsadli
jamg'arish
yoki kredit
olish

Foizlar nima va uni to'lash qanday amalga oshiriladi. Belgilab olingan oilaviy maqsadni doim e'tiborda tutish. Kutilmagan voqea-hodisalarda qanday harakat qilishni bilish. Jamg'arish va kredit olishni bir-biriga qarshi qo'ygan holda taqqoslash.
Ularning ijobiy va salbiy tomonlarini taqqoslash.

2

N, A

1

4

Jamg'arishd a moliyaviy tashkilotlar ning roli

Jamg'arish maqsadiga erishish uchun bankning bizga keltiradigan foydasi.
Ishonchli moliyaviy institutlarning asosiy belgilari nimalardan iborat?
Ular o'rtasidagi farqlar nimalarda namoyon bo'ladi. Shaffof va ishonchli axborot manbalariga asoslanish.

2

A, S

2










Foiz to'lovining ahamiyati. Foiz stavkalarning banklar yoki boshqa moliyaviy institutlar tomonidan shakllantirilishi.
Vaqt o'tishi nuqtai nazaridan foiz stavkalarning rivojlanishi (o'zgarishi).
O'zbekistondagi mavjud foiz stavkalari.










5

Uy
xo'jaligining daromad va xarajatlari

Daromadni xarajatlarga nisbatan qarama-qarshi qo'yib taqqoslash.
O'zgarmas va o'zgaruvchan xarajatlar o'rtasidagi farqni aniqlash.
O'zbek uy xo'jaliklariga xos bo'lgan xarajatlar.

2

N, A

1

6

O'z shaxsiy
budjetini
boshqarish

Daromadni ko'paytirish va xarajatlarni qisqartirish. Shaxsiy budjetga foyda bo'lishi uchun ortiqcha iste'moldan voz kechishni mashq qilish.
Iste'moldan voz kechish va jamg'arish imkoniyatlarini aniqlash.
Muntazam ravishda tejab borishning maqsadga muvofiqligi.

2

N, A

1

7

Sarmoya
kiritishning
"Sehrli
uchburchagi

Sarmoya kiritishda likvidlik, rentabellik va xavfsizlik kabilarni farqlay olish va shaxsiy sarmoya kiritishda e'tiborga olish.
Ushbu tamoyillar asosida jamg'arma mahsulotlarini bir- biridan farqlash.

2

N, A

2

8

Inflyatsiya
o'zgarishini
ng
jamg'arma
balansiga
ta'siri

Inflyatsiya va deflyatsiyani angab olish.
Inflyatsiya va deflyatsiyaning ta'sirlari, maslan: jamg'arma balansiga yoki kreditlarga.
O'zbekistondagi hozirgi inflyatsiya darajasi. Yuqori inflyatsiya darajasiga qaramasdan sarmoya kiritish

2

N, A

1




JAMI:

18




10



"MIKRO BIZNES" O'YINI SIMULYATSIYASI



Mavzu

O'quv mazmuni

Jami

O' qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta' lim

1

Simulyatsiyaga kirish va kichik korxonalarning boshlang'ich holati

Simulyatsiya o'yinining mazmun mohiyatini tushuntirish.
Mikro biznes o'yinining maqsadi va "Bajarib ko'rish - mulohaza qilish - qo'llab ko'rish"ga asoslangan pedagogik yondashuv.
Biznes o'yin tartibi, shuningdek maxsus sohaga oid atamalarni tushuntirish.
G'oliblik mezonlari bilan tanishtirish.

2

N













Nima uchun sotishni rejalashtirish eng boshidagi vazifa hisoblanadi.










2

Boshlang'ich
iqtisodiy
holatni
shakllantirish

Sharbat do'konining dastlabki balansini tuzish uchun kirish qismda bajariladigan mashq.
Sohaga oid maxsus atamalarni tushuntirish Korxonada sotuvni rejalashtirish, xaridlar va xarajatlar to'g'risida jamoa bilan birgalikda qarorlar qabul qilish.
Hozirgi mavjud voqealarni hisobga olgan holda tovarlar sotuvini tashkillashtirish.
Ish haqini o'z egalariga to'lashning ahamiyati.
Guruh natijalariga nazar tashlash va ulardan qanday xulosa chiqarish mumkinligini muhokama qilish.

4

N, A, S

1

3

Sotuvlarni
rejalashtirish

Sotishni batafsil rejalashtirishning ahamiyati. Ta'minotchilarning roli.
"O'z mijozingni tanib ol" (Know Your Customer) konsepsiyasi.
Ta'minotchilarni boshqarish. Nechta ta'minotchi bilan ishlash maqsadga muvofiq?

2

N, A

2

4

Korxona
faoliyatini
kengaytirish

Bozor o'zgarib turadi - bunda tadbirkor sifatida qanday yo'l tutish kerak?
Sarmoya(investitsiya)larning ahamiyati. Sarmoyalar va xarajatlarni bir-biridan farqlash.

2

S

1

5

Mahsulot va uni
shakllantirishd
a
texnologiyalar
dan
foydalanish

Mahsulot siyosatining korxonaga ta'siri.
Xodimlarni boshqarish.
Korxonada texnikani qo'llashning ahamiyati. Texnologiyalardan foydalanishda qo'llab- quvvatlovchi holatlarni e'tiborga olish.

2

N/A

1

6

Kelajak uchun
sarmoyalar
kiritish

Mahsulotlar assortimentini kengaytirish va korxonaga sarmoyalar kiritish.
Guruh natijalariga nazar tashlash va ulardan qanday xulosa chiqarish mumkinligini muhokama qilish.

2

S

1

7

Kredit olish tartibi

Moliyaviy bo'shliqlarni to'ldirish usullari. Kredit evaziga sarmoya kiritish. Xarajatlar va majburiyatlar. Mos keluvchi kredit tashkilotlarini topish.

2

N, A

2

8

Biznes sohasini kengaytirish

Biznesni yaxshilash va kengaytirish uchun qo'shimcha usullar.
Guruh natijalariga nazar tashlash va ulardan qanday xulosa chiqarish mumkinligini muhokama qilish.
Eng yaxshi jamoani aniqlash. Simulyatsiyadan o'rganilgan bilimlarning ta'sirini umumlashtirish va uni amaliyotga joriy qilib ko'rish.

2

S

1

9

Kichik biznes va
tadbirkorliknin

Iqtisodiyotda kichik korxonalarning roli va ahamiyati. Kichik biznesni rivojlantirishning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar.

4

N, A

1







g turlari
hamda
shakllari

Xususiy korxona va uning xususiyatlari.
Ma'suliyati cheklangan jamiyatining ijobiy va salbiy tomonlari. Qishloq hududlarida tadbirkorlik faoliyati.










10

Bozor
sharoitida
marketingning
ahamiyati

Marketing mazmuni, maqsadi va vazifalari. Marketingning turlari.
Tadbirkorlik faoliyati uchun bozor tadqiqotlaridan foydalanish.

2

N/A

1

11

Narx
siyosatining
ahamiyati

Narx tushunchasi va uning vazifalari. Narx belgilash strategiyasi.
Narx siyosatini shakllantirish.

2

N/A

1

12

Biznes g'oyani tahlil qilish usullari

SWOT-tahlili asosida kelajakdagi biznes faoliyatini tahlil qilish. Kuchli tomonlar, zaif tomonlar, to'siqlar va tahdidlar.
(SWOT = Kuchli tomon, kuchsiz tomon, to'siq va tahdid)

2

N/A

2

13

"Start-up"larni
moliyalashtiris
h

Moliyalashtirish manbalari.
Yoshlar tadbirkorligining ahamiyati va zarurati. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish faoliyati.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda Start- uplarning o'rni.

2

N/A







Jami:

30




14




"BIZNESNI REJALAShTIRISH VA KREDIT OLISH" BO'YICHA SUHBATGA TAYYORGARLIK KO'RISh



Mavzu

O'quv mazmuni

Jami

O' qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta' lim

1

Biznes g'oyasi va uning maqsadi

Tadbirkorlik g'oyasi, uning tavsifi va uning mazmuni. Biznes-rejaning mazmuni, mohiyati va biznes-rejani tuzish zarurati. Kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati.

2

N




2

Biznes- rejaning tavsifi va tarkibiy qismlari

Biznes-rejaning qisqacha tavsifi, shuningdek tarkibiy qismlari, korxonaning tavsifi, ishlab chiqariladigan mahsulot tavsifi, maqsadli bozor tahlili, marketing strategiyasi, boshqaruv va tashkiliy struktura, ishlab chiqarish, xarajatlar va daromadlar rejasi, zarur bo'ladigan kapital miqdori, moliyaviy reja.

4

N

1

3

Bank
kreditlari

Kreditning xususiyatlari. Foiz stavkalari va kreditning boshqa xarajatlarini taqqoslash. Mijozning kreditga layoqatli ekanligini baholash. Foiz to'lovi va asosiy qarzni hisoblash

2

N, A

1

4

Biznes-reja va uni taqdimot qilish

O'zingizning biznes g'oyangizga mos keladigan biznes-rejaning tarkibiy qismlarini tasvirlab berish. Bank suhbati davomida biznes g'oyani taqdimot qilib berish Biznes-reja va investitsiya bo'yicha takliflarning taqdimotini qilish. Kredit bo'yicha suhbatga tayyorgarlik ko'rish uchun sahna ko'rinish orqali rol ijro etib mashq qilish.

4

A

2




Jami:

12




4




  1. DARS JARAYONING MODDIY VA METODIK TA'MINOTI

Dars jarayoni maxsus jihozlangan xonada o'tkaziladi. Buning uchun kerakli bo'lgan vositalar ro'yxati:
-multimedia to'plami (notbuk/kompyuter, sichqoncha, televizor, proektor va b.q.); -taqdimot slaydlari ("Savings Game.pptx" va "Summary Sheets" (natija varaqasi) jamoalar natijalari bilan);
-doska;
-flipchart;
-kanselyariya buyumlari (kalkulyator, stikerlar, trener kartochkasi, flipchart qog'oz, qog'ozli skotch, turli rangli markerlar, A4 foramatdagi qog'oz);
-trenerlar va ishtirokchilar qo'llanmasi.

  1. Jamg'arma o'yini simulyatsiyasi:

-maxsus o'yin maydoni, voqea kartochkalari, natija kartochkalari, oila a'zolari kartochkalari, hodisa kartochkalari;
-Ishtirokchilar uchun qo'llanma;

  1. Mikro biznes o'yin simulyatsiyasi:

-o'yin maydoni,qatnashchilar qo'llanmasi, voqea va natija kartochkalari, qaror sahifasi va bank krediti uchun ariza blankasi, Kuliya (pul tangalari).

  1. Biznesni rejalashtirish va kredit olish bo'yicha suhbatga tayyorgarlik ko'rish:

-Biznes-reja tayyorlash uchun namuna;
-ishtirokchi qo'llanmasi.

  1. O'QUV JARAYONINI TASHKI ETISH

O'quv jarayoni maxsus jihozlangan auditoriyada tashkil etiladi. Auditoriyada dars jarayonini bir vaqtda ikki nafar pedagoglar tomonidan, kichik guruhlarga ajratilgan holda olib boradi. Har bir o'quv jarayoni simulyatsiya uchun zarur bo'lgan moddiy va metodik ta'minot vositalari yordamida tashkil etilishi lozim.
O'quv jarayonida Germaniya tajribasidan kelib chiqib simulatsiya, Noy-hau, enerjayzerlar, amaliy mashqlar, ishtirokchilarning taqdimotlari, feedbeyk kabi usullardan foydalanib tashkil etiladi.

  1. O'QUVChILARNING BILIM VA KO'NIKMALARINI BAHOLASh

O'quv dasturi davomida o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar ichki nazorat bo'yicha amaldagi tartib asosida baholanadi.
Baholash usullari yozma, og'zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlar, ishbilarmonlik- vaziyatli rolli o'yinlarni bajarish orqali o'quvchilarning o'quv elementini o'zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo'yilgan maqsadga hamohang bo'lishi lozim.
6. ADABIYOTLAR RO'YXATI

  1. «Yoshlar - kelajagimiz» Davlat dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2018 yil 27 iyundagi 5466-sonli Farmoni.

  2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi "Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4231-sonli Qarori.

  3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4498-son qarori.

  4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 maydagi «Har bir oila-tadbirkor» dasturini moliyalashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-4720-sonli Qarori.

  5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4742-son qarori.

  6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi «ochiq muloqoti»da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-364-son qarori.

  1. Abduraxmanova G.Q. Kichik biznesda aholini ish bilan ta'minlash. Monografiya. -T.: "Iqtisodiyot", 2014. -216 b.

  2. "Adult Education and lifelong learning - Theory and Practice" by Peter Jarvis, 3rd edition.

  3. "Aflatoun Training Manual" Teacher Training Institute Version. 2015.

  4. Raxmatullayeva D.R. "Kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo'naltirib o'qitishni takomillashtirish". Pedagogika fanlari bo'yicha Falsafa doktori (PhD) doktorlik dis. -T.:2018. -B.130.

  5. Raxmatullayeva D.R. Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish. O'quv qo'llanma. "Tafakkur bo'stoni". -T.: 2022. - Bet 112.

  6. Raxmatullayeva D.R.Tadbirkorlikni tashkil etish. O'quv qo'llanma. "Tafakkur bo'stoni". - T.: 2022. - Bet 120.

  7. Raxmatullayeva D.R. Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo'lganlar uchun o'quv qo'llanma. -T.: 2021. -B.75.

  8. Samadov A.N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.: "Moliya-iqtisod". 2008.

  9. "Key Concepts in Adult Education and Training" by Malcom Tight, 2nd edition

  10. Communication Skills, Trainers Manual for UCSCU by German Sparkassenstiftung for International Cooperation. 2019.

  11. "Education, Competence Development and Career Trajectories - Analysing" Data of the National Educational Panel Study by Sabine Weinert, Gwendolin Josephine Blossfeld, Hans-Peter Blossfeld, University of Bamberg, 2023.

  12. "Entrepreneurship Education and Research in die Middle East and North Africa (MENA) - Perspectives on Trends, Policy and Educational Environment", by Nezameddin Faghih, Mohammad Reza Zali, 2018, www.springer.com/series/1505

  13. "JA be entrepreneurial" by Junior Achievement, USA: 2015

https://www.jacolorado.org/wp-content/uploads/2017/01/HS-JA-Be-Entrepreneurial smaller.pdf

  1. "Tkit Organisational Management" by the Council of Europe, Directorate of Youth and Sport, 2000, www.training-youth.net

  2. "Towards an entrepreneurial culture for the twenty-first Century - Stimulating Entrepreneurial Spirit through Entrepreneurship Education in Secondary Schools", International Labour Office, United Nations Educational, Scientific and Cultural Organisation UNESCO, 2006.

  3. "Usbekistan in Zahlen 2022 - Wirtschaftliche und soziale Indikatoren", https://zentralasien-ahk.de

  4. "INEF Mikrofinanzierung in Usbekistan - Das Landerprogramm der deutschen

Sparkassenstiftung" by Frank Bliss, University Duisburg Essen, AVE-Study 32/2023

  1. "Die Transformation Usbekistans - Strategien und Perspektiven", by Stiftung Wissenschaft und Politik (SWP)-Studie 2020.

  1. INTERNET SAYTLARI

  1. http://www.lex.uz- O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari

  2. https://my.soliq.uz - Elektron soliq xizmatlar.

  3. https://sparkassenstiftung-uzbekistan.org/ - German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti

  4. https://www.oilakredit.uz/ - Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari portali.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə