O‘zbеkistоn rеspublikаsi oriental univеrsitеti “iqtisоdiyot” kаfеdrаsi “MIKRОiqtisоdiyot” fanidan mustaqil ish



Yüklə 20,42 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü20,42 Kb.
#116256
növüReferat
Mikroiqtisodiyot Xudayberdiyev Bunyod


O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI


ORIENTAL UNIVЕRSITЕTI

IQTISОDIYOT” KАFЕDRАSI


MIKRОIQTISОDIYOT” fanidan
MUSTAQIL ISH

Agrar siyosat va qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish”


mavzusida


REFERAT

Bajardi: 2-8 Gurux talabasi B.X.Xudayberdiyev

Qabul qildi: PhD, dotsent M.S.Yusupov
TOSHKENT - 2022

Reja:
1. Qishloq xo'jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.


2. Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
3. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va raqobatbardosh qilish yo‘llari.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog’ining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz abolisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularning turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta tushumi tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog'i sezilarli salmoqqa ega.

Qishloq xo’jaligi tarmog‘i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o'sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini yanada ko'paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda.

Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishda agrar sohadagi yutuqlar nihoyatda muhimligini qayd etib, "Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini ko‘tarish, iqtisodiyotimizning samaradorligini oshirish, xalqimizni boqish, istiqbolimizni rejalash, xullas qanday muammo, qanday masalani ko‘rmaylik, ularning aksariyati birinchi navbatda qishloq xo'jaligiga borib laqaladi. Hammamizni boqadigan, ozuqa beradigan soha qishloq xo'jaligi tarmog‘idir” deb ta’kidlagan edi.



Qishloq xo‘jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida rivojlantirish uchun tarmoqda erkin faoliyat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan turli xildagi mulkchilik shakllarining, ularga asoslangan tadbirkorlik turlari hamda ular o'rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy asoslarini teranlashtirish, takomillashtirish, investitsiyalami ko‘proq jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalami, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, cheklangan yer va suv resurslaridan, kapital hamda mehnat resurslaridan qisqa va uzoq muddatlarda to'liq va samarali foydalanish yoilarini aniq belgilash, barcha xarajatlami tejash, mehnat unumdorligini yuksaltirish, ishchi-xizmatchilami rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish negizida foyda summasini ko'paytirish yo’llarini asoslangan holda belgilab olish maqsadga muvofiqdir.

Bu masalalarning ilmiy hamda amaliy asoslarini yaratishda, rivojlantirishda, ulami ishlab chiqarishga joriy etishda qishloq xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish zarur.
Yüklə 20,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə