O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni



Yüklə 119,21 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü119,21 Kb.
#167544
1   2   3   4   5   6
PF-6017 30.06.2020

Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
5. Agentlik:
a) 2020-yilda tegishli sohalarga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida respublikaning tuman (shahar)laridagi mahallalarda beshta muhim tashabbusni amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy choralarni ko‘rsin:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish uchun to‘garaklar tashkil etish hamda ularni musiqa jihozlari bilan ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablari va sport inshootlarida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tag‘rib qilish maqsadida to‘garaklar tashkil etish va ularga sport anjomlari yetkazib berish;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yoshlarni qamrab olishga mo‘ljallangan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, umumta’lim maktablarida axborot texnologiyalari yo‘nalishida to‘garaklar tashkil etish va kompyuter jihozlari bilan ta’minlash;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish va kutubxonalarga badiiy adabiyotlarni yetkazib berish;
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tikuv va to‘qimachilik korxonalarida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularni kasb-hunarga o‘qitish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda hududlar kesimida ishsiz yoshlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan manzilli, shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirsin:
“Fidoyi yoshlar otryadlari”ni tuzish orqali ishsiz yoshlarni haq to‘lanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb etish;
“Yoshlar qurilish otryadlari”ni tashkil etish va oliy ta’lim muassasalari talabalarini yozgi ta’til vaqtida haq to‘lanadigan qurilish ishlariga jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda asosiy faoliyati quyidagilarga yo‘naltiriladigan ko‘ngilli yoshlardan iborat volontyorlik guruhlarini shakllantirsin:
(5-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qarovsiz va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslar va imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘maklashish;
(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
g) yoshlar hayotida uchrayotgan muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida tizimli ravishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazsin hamda yakuni bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ular yuzasidan tahliliy hujjatlar kiritsin;
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasini shakllantirsin.
6. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni doirasidagi:
hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarni “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
7. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining:
Jamg‘armani 2021-yil 1-yanvardan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etish;
2021-yil 1-yanvardan boshlab “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan resurs mablag‘lari bo‘yicha tijorat banklarining Jamg‘arma oldidagi majburiyatlarini Davlat budjeti oldidagi majburiyatlar sifatida qayta rasmiylashtirish va har yili ushbu majburiyatlarning Davlat budjetiga qaytarilgan qismi hisobidan Agentlikning ustuvor dasturiy vazifalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;
Jamg‘arma tomonidan uning va filiallari tuzilmasi, shtatlar birligini olingan daromadlaridan kelib chiqib mustaqil belgilash hamda Jamg‘armaning tuman (shahar) filiallarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
8. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va yuqori saviyada amalga oshirish uchun qo‘shimcha daromad manbaalarini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2020-yilda Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlar uchun mablag‘lar ajratsin, 2021-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yil uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
10. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev — hududlar, vazirlik, idora va tashkilotlar kesimida yoshlar siyosati samaradorligini baholab borish va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar belgilash, mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori — yoshlar orasidan istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirish va joylardagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga munosib yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi “Vatan iftixorlari” institutsional tizimini joriy etsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari — yoshlar muammolarini o‘rganib, ularning hal etilishiga ko‘maklashsin, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Yüklə 119,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə