O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə2/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
statistika

1.2. Statistika nimani o’rgatadi?

Statistika deganda nimani tushunamiz? Statistika nimani bildiradi yoki o’rgatadi? Statistika bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko’p o’chratamiz. Javoblar bundan ham ko’p. Ularni ayrimlari: Korreyl “Statistika bu koreta, u seni buyurgan tomonga olib boradi”; Ter-“Statistika sen bilmagan narsa to’g’risida aniq ma’lumot berish san’atidir”; Shletsar-“Statistika bu turib qolgan tarix, tarix bu kunlik statistikadir”; Djini-“Statistika-bu faqat to’liq induktsiyani emas, hamda to’liqsiz induktsiyani xudosidir”; Napolen-“Statistika buyumlar byudjeti, aniqrog’i buyumlar katalogi, unga hamma yangidan paydo bo’lgan narsalar kiritilishi, yo’qoladiganlari va yo’qolganlari o’chirilishi kerak” Statistika deganda uzluksiz quruq raqamlar qatori, amaliy faoliyat, ijtimoiy fan, metod va x.k. tushuniladi. Ayrim hisob-kitoblarga qaraganda statistikaga berilgan tariflar soni 1700 dan oshiq emish. Son-sanoqsiz tariflar bilan qatorda hozirgi zamonda statistika so’zi qo’llanilmaydigan tarmoq yoki soha yo’q. Bundan tashqari iqtisodchilar bilan bir qatorda ushbu so’zni vrachlar, jurnalistlar, teleradio boshlovchilar va boshqalar o’z faoliyatida juda ko’p ishlatishadi. Bir tomondan, biz statistiklar uchun statistika so’zini hamma erda ishlatilishi yoqimli va biz undan xursand bo’lamiz, ikkinchi tomondan bu so’zni noo’rin va ishlatilishi biz mutaxassislarni ranjitadi. Shu o’rinda ko’pchilikni statistika bilan informotsiyani farqiga bormasligiga to’xtalmoqchimiz. Masalan, jurnalistlar tushunib tushunmasdan qaerda ikkita raqamni ko’rsa uni statistika deb tushunishadi. Futbol o’yinini olaylik, masalan, Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” futbol komandalari o’yini 4-5 hisobida tugadi. Jurnalistlar bu ikki komandani yoki Ispaniyaning boshqa futbol komandalarini (masalan, 14 turdagi 26 dekabr) o’zaro o’yinlari natijalarini statistika deb atashadi.


O’yinni futbol maydonining qaerida o’tishi va darvozaga berilgan zarbalarni o’rganish juda muhim. Futbol o’yinidagi yana bir holat – o’yin qoidasini buzish va o’yindan tashqari holat (ofsayd). Futbolda o’yin qoidasi buzilganda turli choralar ko’riladi: A-jarima to’pi belgilanadi; B-jarima to’pi (oldin o’yinchiga sariq kartochka ko’rsatiladi); V-jarima to’pi (oldin o’yinchiga qizil kartochka ko’rsatiladi); Real-Barselona o’yinida jarima to’plari soni 48 ta belgilangan, shunda 28-20 ta tegishli ravishda oddiy jarima to’plari 32 (shundan 10 va 12 tegishli ravishda), sariq kartochkalar -14 (8 va 6); qizil kartochka 2 (1 va 1) ta. Odatda sariq va qizil kartochka berilgan vaqt va ularni olgan futbolchini ismi sharifi yoziladi.
Futbolda o’yindan tashqari holat (ofsayd) alohida o’rganiladi. Tahlil qilinayotgan o’yinda ular soni 12 ta Shundan: Barselona – 5(42%), Real-7(58%). Bu ko’rsatkich taymlar bo’yicha ham alohida hisoblanadi.
Hozirga zamonda futbol statistiklari tomonidan aniq o’yin, tur, mahsum va yil uchun minglab ko’rsatkichlar hisoblaniladi va matbuotda e’lon qilinadi.
Bizni maqsadimiz esa barcha ko’rsatkichlarni hisoblash emas, aniq o’yin bo’yicha futbol statistikasini ayrim ko’rsatkichlari yordamida statistika bilan informatsiyani farqini ko’rsatish edi xolos.
Yuqorida keltirilgan misol asosida statistika nima degan savolga javob berishimiz mumkin. Birinchidan, statistika bu sonlar va o’lchovlar yordamida ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash, uchinchidan, statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir.
Statistika nimaga kerak? Bu savolga javob berish uchun uni mohiyatini to’liq tushinib etish talab etiladi. Vaqt o’tish bilan statistikani mohiyati va zaruriyati o’zgarib boradi. Agarda, statistika paydo bo’lish paytlarida statistika davlat extiyojlari qondirgan bo’lsa, sobiq ittifoq davrida asosan davlatning yillik va besh yillik planlarini bajarilishi nazorat qilish bilan shug’ullangan. Hozirgi kunda, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida, mehnat taqsimotini rivojlangan va qiyinlashib ketgan, eng asosiysi yuqori raqobat shaklida ish olib borish sharoitida nafaqat davlatga, har bir kompaniyaga, firma yoki korxonaga, hatto har bir tadbirkorga dunyoni bir chekkasida qanday o’zgarishlar bo’layotganligi yoki hodisa va voqealarni o’zgarishi prognozi haqida ma’lumot zarur. Bu erda statistikadan yaxshi yordamchi topilmasa kerak, ya’ni faqatgina u ro’y berayotgan yoki beradigan hodisalarni hajmi, o’zgarish darajasi va istiqbolini xarakterlovchi raqamlarni etkazib bera olish mumkin. Bu statistikaning amaliy mohiyatidir.
Yuqoridagi qisqa tahlildan ko’rinib turibdiki statistikaga berilgan ta’riflar turli-tuman, bir biriga o’xshamaydi. Ulani bizni fikrimizcha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi;
statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi.
statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif);
statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi;
statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k.
Shunday qilib statistika nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish mumkin. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir.
Yuqorida berilgan ta’rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari ko’rsatilgan:
Birinchi xususiyat. Ommaviy hodisalarni o’rganadi. Masalan, professor oilasida 3 nafar qiz bola tug’ildi, fermer oilasida 3 nafar o’g’il bola.Bu erdan, demak professorlar oilasida faqat qiz bola tug’ilar ekan, fermerlar oilasida o’g’il bola tug’ilar ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki bu voqealar ommaviy emas. Bunday xulosa chiqarish uchun aholi punkti, shahar, viloyat, mamlakat yoki dunyo aholisining oilalarida bolalar tug’ilishini o’rganish kerak. Shunday o’rganishlardan bizga ma’lumki, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o’g’il bola tug’iladi, lekin doimo ayollar soni erkaklar sonidan ko’p.
Ikkinchi xususiyat. Miqdoriy tomonlarini o’rganadi. Bizga ma’lumki, har bir hodisa sifat va miqdor tomonlariga ega. Hodisa va voqealarni sifat tomonlarini aniq fanlar o’rganishi hammaga ma’lum, lekin bu degani statistika hodisalarning miqdorini o’rganishda, ularning sifat tomoniga umuman e’tibor bermaydi degani emas. Aksincha, sifat va miqdor ko’rsatkichlari uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Masalan, Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalarni olaylik. Ularning 5 yillik iqtisodiy – moliyaviy faoliyatini tahlil qilib, olingan natijalar asosida qo’shma korxonalarni uch guruhga ajratsak: yaxshi ishlagan, o’rtacha ishlagan, yomon ishlagan. Ko’rinib turibdiki, biz miqdor ko’rsatkichlarni tahlil qilib, qo’shma korxonalarni sifat ko’rsatkichi orqali ularni uch guruhga ajratdik.
Uchinchi xususiyat. Aniq sharoit va vaqt. Voqea va hodisalarning miqdoriy tavsiflanishini statistika raqamlarda ifodalaydi. Ular makonda farqlanadi va vaqt bo’yicha o’zgaradi. Masalan, Farg’ona va Buxoro shaharlari aholisining soni va tarkibi bir xil emas, ular vaqt bo’yicha ham o’zgarib turadi. Shuning uchun ham statistik ma’lumotlar o’zining vaqt bo’yicha chegaralanganligi, joy bo’yicha va to’plamdagi faktlar hajmining aniqligi xususiyati bilan ajralib turadi.
To’rtinchi xususiyat. Hodisalarning rivojlanish qonuniyatlari. Ko’pchilikning fikricha, qonuniyat deganda o’rganilayotgan hodisalardagi takrorlanish, aniq tartib va to’g’rilik, birin-ketinlik tushuniladi. Bu holatlar bir-biridan farq qiluvchi belgilarning umumiy to’plamda o’zaro yoyishib ketishi natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun ham, ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish yo’li bilan aniqlangan qonuniyatlar statistik qonuniyatlar deb yuritiladi. Statistik qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular to’plamdagi ayrim xodisalarga, elementlarga, birliklarga tegishli bo’lmasdan, balki umumiy to’plamga tegishlidir.
Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo’shilmasi va o’zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o’zida qamrab olgan to’plamlarda namoyon bo’ladi. Bu erda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to’plami qanchalik ko’proq unsurlardan tashkil topgan bo’lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar shunchalik to’laroq o’zaro yoyishadi va oqibat natijasida hodisalarning zaruriy bog’lanishi va izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo’ladi.



Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə