O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»


Mamlakatda statistika rivojining tarixiy bosqichlari



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə5/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
statistika

1.4. Mamlakatda statistika rivojining tarixiy bosqichlari

Sovet tizimi davrida statistika mohiyatiga ko’ra xalq xo’jaligi statistikasi bo’lib, uning predmeti – birinchi navbatda, xalq xo’jaligi tarmoqlari hisoblangan. Statistika tarmoq yondashishiga asoslanib, sobiq Ittifoqning turli jo’g’rofiy hududlarida joylashgan respublikalar va viloyatlar bo’yicha amalga oshirilgan. Statistik to’plamlarda asosiy ko’rsatkichlar sifatida reja bajarilishining mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlari foydalanilgan.


Sovet statistikasining dastlabki bosqichi (1917-1930 yy.) statistika uslubiyotining rivoji jadallashdi. Bunda xorijiy statistika yutuqlaridan keng foydalanishga harakatlar bo’lgan. Maxsus uyushtirilgan ro’yxatlar va tadqiqotlar o’tkazilgan va birinchi marta xalq xo’jaligi balansi tuzilgan.
Statistikadagi keyingi bosqich 1930 yillardagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimining yaratilishi va ommaviy qatag’onlar natijasida ancha susaydi. Bu davrda statistika tezkor vazifalarni echish, reja bajarilishini monitoring qilish masalalariga bo’ysundirilishi natijasida analitik vazifalar ijrosiga putur etkazildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945 yy.) statistikaning roli sezilarli darajada oshdi. U mehnat va moddiy resurslarni tezkor hisobga olish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kabi muhim vazifalarni bajardi. Bu davrda iqtisodiyot va statistikada balans ishlanmalari kengaydi, indeks nazariyasi chuqurlashtirildi, iqtisodiy-matematik model va usullarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish kengaydi.
Ma’muriy-hududiy boshqaruv tamoyilidan kelib chiqqan holda tegishli statistika idoralari o’z hududlari bo’yicha umumlashtiruvchi statistik axborotlarni shakllantirganlar.
Amalda barcha statistik axborot pochta orqali yoki shaxsan qog’oz shaklida korxona va tashkilotlar – yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan statistik hisobotlarga asoslangan.
Amaldagi statistika tizimi qat’iy markazlashgan xarakterga ega bo’lib, ijobiy tomonlari bilan birga bir qancha jiddiy kamchiliklardan ham xoli emas edi.
Statistik axborotlarni to’plash va qayta ishlashdagi jiddiy kamchiliklardan biri sifatida hisoblash texnikasidan etarli darajada foydalanmaslikni keltirish mukin. Chunki ma’lumotlarni qayta ishlash dasturiy ta’minot paket rejimiga mo’ljallangan. Pirovard axborotlardan foydalanuvchilar uchun statistik axborot fayllarini statistik tahlil qilish va dialog rejimi mavjud emas edi. Respublikada statistik uslubiyot markazi mavjud bo’lmaganligi sababli statistika rivoji oqsagan.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, barcha iqtisodiy munosabatlar tizimida tub o’zgarishlarga qaratilgan iqtisodiy islohotlar statistika tizimini jiddiy takomillashtirish, barcha hisob va statistika tizimida kompleks takomillashtirishni talab qilar edi. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Mustaqil O’zbekiston statistika tizimini qayta qurishda boshlang’ich punkt bo’lib 1992 yil hisoblanadi. Shu yili iqtisodiyot talabidan hisob va statistikaning orqada qolayotganligi ayniqsa kuchli namoyon bo’lgan edi. Bu bosqichda qayta qurishning asosiy yo’nalishi statistika va prognozlashtirish idoralari ishlari orasidagi o’zaro aloqani ta’minlashga qaratildi. Ushbu maqsadda 1992 yilning 5 avgustida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi huzurida Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasini tuzish to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra “O’zistiqbolstat” davlat qo’mitasi tuzildi. Farmonga binoan O’zbekiston rivojlanish istiqbollarni belgilash Qo’mitasi va O’zbekiston davlat statistika qo’mitasi birlashtirildi.
“O’zistiqbolstat” tarkibida istiqbolni belgilash va statistika hududiy boshqarmalari, Bosh hisoblash markazi, Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tekshirish instituti, Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil qilindi.
“O’zistiqbolstat” statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, xalqaro andozalar va tavsiyalarga, ilmiy ishlanmalarga asoslangan statistik uslubiyotni ishlab chiqish va joriy qilish, respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivoji va bozor o’zgarishlarini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlarning kompleks va tizimli bo’lishi, statistik axborotlarning haqqoniy, ob’ektiv va yaxlitligi, respublikada sodir bo’layotgan jarayonlar va tendentsiyalarni tahlil qilish, amaldagi qonunchilikka binoan umumlashtiruvchi statistik ko’rsatkichlarning ochiqligi, haqqoniyligi, oshkoraligi uchun mas’ul bo’lgan.
Iqtisodiy munosabatlar tizimini qayta qurishdagi iqtisodiy islohotlar, qo’yilgan vazifalarni samarali bajarish mamlakatda statistika va hisob tizimini tubdan islohot qilinishini talab qilar edi. Statistika tizimining xalqaro andozalarga o’tkazish va islohotlarning ko’p maqsadli yo’nalishlari masalalarining keng ko’lamliligi va murakkabligi uni amalga oshirishda davlat ishtiroki zarurligini talab qildi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 avgustda 433-sonli qarori bilan 1996 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan “O’zbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qo’llaniladigan statistika va hisob tizimiga o’tish to’g’risidagi Davlat dasturi” qabul qilindi.
Qabul qilingan dastur milliy statistikani tizimiy-kontseptual isloh qilishning me’yoriy bazasini yaratdi.
Statistikani tizimiy isloh qilish bir qancha o’zaro bog’langan ishlarni amalga oshirishni nazarda tutgan. Ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: statistik axborot tizimini yaratish va uni faoliyat yuritish tizimini tashkil qilish; statistik uslubiyotni takomillashtirish; statistik axborot tizimini texnologik rivojlantirish; statistikani isloh qilishning tashkiliy-huquqiy ta’minotini takomillashtirish va h.k.
Ushbu Dasturni amalga oshirish ishlarida ko’pgina davlat idoralari, etakchi iqtisodiy va boshqa ilmiy muassasalar va OTM qatnashgan.
Bir maqsadga yo’naltirilgan va bosqichma-bosqich Dasurning hayotga tatbiq qilinishi quyidagi natijalarga erishishga imkon berdi:
- bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi milliy hisobchilik yangi kontseptual makroiqtisodiy modelni – Milliy hisoblar tizimi (MHT) metodologiyasini o’zlashtirish boshlandi;
- narxlar, mehnat, tashqi va ichki savdo statistikasi tubdan yangidan tashkil qilindi, statistikaning moliya, byudjet va bank bo’limlari qaytadan shakllantirildi, tarmoqlar statistikasi ko’rsatkichlari aniqlashtirildi, institutsional o’zgarishlar statistikasini yaratish bo’yicha ishlar boshlab yuborildi, MHT sxemasi bo’yicha tarmoqlararo balansni ishlab chiqish uchun sharoitlar yaratildi, Yagona korxona tashkilotlarning davlat registrini shakllantirish uchun tashkiliy va me’yoriy-huquqiy asoslar yaratildi va statistikaning axborot-hisoblash tizimi takomillashtirildi. Eng muhim natija sifatida davlat statistikasi idoralarining xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarining yangi sifat darajasiga ko’tarilganligini qayd qilish mumkin.
Mamlakatda bozor iqtisodiyoti islohotlarining yanada rivojlanishi va chuqurlashuvi, turli mulkchilik shakllari va iqtisodiyot sohalarining holati va imkoniyatlari to’g’risida haqqoniy va aniq ma’lumotlarga tayangan holda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, shuningdek boshqaruv qarorlarini baholash zaruriyati va statistikani isloh qilish Dasturining amalga oshirish natijalari mamlakat iqtisodiy va statistika tizimlari faoliyatini yanada takomillashtirish, statistika oldida turgan muammolarni echish uchun ularning tashkiliy tizimlarini optimallashtirish masalalarni kun tartibiga qo’ydi.
Ushbu masalalarni xal qilish maqsadida 1997 yilning 15 mayida “O’zistiqbolstat” Davlat qo’mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi.
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tarkibida aniq belgilangan statistika vazifalarini bajarishga yo’naltirilgan, hududiy bo’linmalarga ega bo’lgan Davlat statistika departamenti ajratilgan. Viloyatlar va Toshkent shahar darajasida – statistika boshqarmalari, tumanlarda esa – statistika va hisoblash markazlari tashkil qilingan.
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga asosiy vazifalar sifatida quyidagilar yuklatilgan edi: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning aniq yo’nalishlari, yo’llari va usullarini aniqlash, respublika iqtisodiyotini boshqarishning bozor mexanizmlarini ta’minlash; makroiqtisodiy va moddiy balanslar, MHTga asoslangan O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarining variantli hisob-kitoblarini ishlab chiqish; to’lov, moliya va tashqi savdo balanslarini shakllantirish va nazorat qilish (Moliya vazirligi bilan birgalikda); O’zbekiston iqtisodiyotining optimal rivoji va proportsiyalarini, mineral va xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanilishi, barqaror o’sish va dunyo xo’jaligigiga integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan investitsiya dasturlarini tayyorlash va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; iqtisodiyot va madaniyat rivoji, aholi turmush darajasi va farovonligining o’sishini hisobga olish va nazorat qilishga qaratilgan hozirgi zamon indikativ, analitik va statistik uslublar va vositalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish.
Qabul qilingan xalqaro statistika amaliyotida qo’llaniladigan uslubiy qoidalar va andozalarga asoslangan holda belgilangan vazifalarni bajarish statistika idoralari faoliyatida jiddiy o’zgarishlarga olib keldi.
Mamlakatni keyingi davrdagi rivoji statistikani takomillashtirishda yangicha yondashishlar zarurligini talab qilar edi. Ushbu yondashishga ko’ra ustuvorliklar doirasida ishlarni yanada rivojlantirish va ularni yakuniga etkazishni hamda tizimining o’zini bozor iqtisodiyotiga moslashtirishga qaratilgan o’zgartirishlar bilan birgalikda olib borildi. Ya’ni, statistikaning ayrim elementlarini fragmentar isloh qilishdan butunlay yaxlitlikda statistika tizimini isloh qilishga o’tildi.
Xalqaro statistika amaliyoti, uslubiy ko’rsatmalari va andozalariga ko’ra ushbu va boshqa statistika muassasalarining funktsional vazifalarini echish uchun berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida ma’lum tizimga ega bo’lishi talab qilinadi.
Shu sababli statistika rivojining yangi sifat bosqichini yaratishda muhim shart-sharoit va huquqiy asos bo’lib 2002 yilning 12 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonun (ushbu qonunga 2005 yil 20 dekabrida, 2010 yil 3 sentyabrida va 2012 yil 3 yanvarida tegishli o’zgartirishlar kiritilgan) va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabridagi “O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to’g’risisda”gi farmoniga ko’ra Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning asosida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tashkil qilindi.
“Davlat statistikasi to’g’risida”gi yangi qonun va yuqorida keltirilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra 2003 yilning 8 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining faoliyatini tashkil qilish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga binoan Davlat statistika qo’mitasi, milliy va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda xalqaro andozalar va qoidalarga asoslangan, davlat boshqaruv idoralari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlarga bo’lgan talabini qondirish uchun statistika sohasida yagona siyosat olib boruvchi davlat ijroiya idorasi hisoblanadi.
Respublikamizdagi statistika idoralarining faoliyati 1994 yilda BMTning Statistika komissiyasi tomonidan ma’qullangan tamoyillarlarga ham asoslanadi. Rasmiy statistikaning asosiy tamoyillarga rioya qilishi rasmiy statistika ma’lumotlariga foydalanuvchilar ishonchini oshirishga imkon beradi:

  1. Tamoyil. Dolzarblik, xolislik va ochiqlik.

  2. Tamoyil. Professionalizm.

  3. Tamoyil. Statistik andozalardan foydalanish.

  4. Tamoyil. Statistik ma’lumotlardan to’g’ri foydalanish va tahlil qilish.

  5. Tamoyil. Statistik kuzatishlar samaradorligi.

  6. Tamoyil. Maxfiylik.

  7. Tamoyil. Qonunchilik va oshkoralik.

  8. Tamoyil. Milliy darajada muvofiqlashtirish.

  9. Tamoyil. Xalqaro darajada muvofiqlashtirish.

  10. Tamoyil. Statistika sohasida xalqaro hamkorlik.

Rasmiy statistikada ushbu tamoyillarga rioya qilinishi milliy statistika idoralarida yuqori sifatli statistik axborotlar olinishiga imkon berib, ularga jamiyat tomonidan ishonchni oshiradi.
Statistikaning rivoji mamlakatdagi hozirgi vaqtdagi vaziyat, iqtisodiyot va jamiyatdagi islohotlar jarayoni, boshqaruv tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo’llariga o’tish va eski iqtisodiy munosabatlardan yangi shakllarga o’tish bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishning yangi tamoyillardan kelib chiqqan holda statistika oldida quyidagi vazifalar qo’yilgan:
1. Boshqaruv idoralarining statistik axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahlil qilish va baholash.
2. Mamlakatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi hisob va statistikaning xalqaro amaliyotiga qo’llaniladigan statistik ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.
3. Statistik kuzatishni rivojlantirish. Statistikaning asosiy vazifasini bajarish maqsadida maxsus uyushtirilgan tekshirishlar, ro’yxatlar, anketa orqali savol-javoblarni tashkil qilish va o’tkazish.
4. Statistikaning yagona uslubiy asosiga tayanib axborot fondini tashkil qilish, uni boshqaruv va o’z-o’zini boshqarish idoralari va boshqa foydalanuvchilarni zarur statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida muntazam yangilab borish.
5. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ilmiy asoslangan tezkor tahlilini tashkil qilish. Shakllangan statistik axborotlarning sifati, to’laligi, haqqoniyligi va tezkorligini ta’minlash.
6. Yoppasiga va qisman statistik kuzatish, maqsadli ma’lumotlar banki va registrlar kabi usullarni qo’llash maqsadida barcha davlat va nodavlat sektoriga tegishli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni to’la qamrab olish va hisobdagi haqqoniylikni ta’minlash.
7. Axborotlarga ehtiyojlarni hisobga olgan holda statistik axborotlar oqimlari sxemasini ishlab chiqish.
8. Ochiq statistik axborotlarni barcha foydalanuvchilar tomonidan teng olish huquqini ta’minlash.
Statistika fani statistika oldidagi vazifalarni echishda quyidagi vazifalarni bajarish orqali faol qatnashadi:

  • iqtisodiyotning turli hodisa va jarayonlarini bilish vositasi sifatida ifodalanadigan bilish funktsiyasi;

  • metodologik funktsiya – statistik ko’rsatkichlar tizimini takomillashtirish va tuzish;

  • analitik funktsiya –statistik axborotlar tahlilini chuqurlashtirish.

Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish statistika amaliyoti va fanining metodologik birligi va ular faoliyatini muvofiqlashtirishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Statistitka metodologiyasining hozirgi davrdagi rivoji quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’lmoqda:

  1. Iqtisodiyot holati va rivojlanish istiqbollariga statistik xarakteristika berish.

  2. Tarmoqlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari bo’yicha farqlanishlarini va omillar ta’sirini o’rganish metodologiyasini takomillashtirish.

  3. Xalqaro va mintaqalararo taqqoslashlar metodologiyasini rivojlantirish.

  4. Milliy hisoblar tizimi (MHT) metodologiyasini rivojlantirish.


Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə