O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə6/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
statistika

Birinchi yo’nalishning ahamiyatli jihati Davlat statistika qo’mitasi tomonidan chop etilayotgan yilnomalarda iqtisodiyotning holati to’g’risidagi axborotlarning e’lon qilinayotganligidir.
Ikkinchi yo’nalishning dolzarbligi – tarmoqlar va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi farqlarni baholashning statistik uslubiyotini takomillashtirish zarurligi bilan belgilanadi.
Uchinchi yo’nalish Davlat statistika qo’mitasi tizimida jiddiy tadqiqotlarni olib borish va statistikaning axborot bazasini rivojlantirishni nazarda tutadi. Mintaqalararo taqqoslashlar uslubiyoti makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni xalqaro taqqoslashlar tamoyillariga tayansada, undan bir qancha muhim jihatlari bilan farqlari ham mavjud. Shu sababli ko’pgina mintaqaviy ko’rsatkichlarni taqqoslashga yondashish hozirgi davrda juda dolzarb masala hisoblanadi.
To’rtinchi yo’nalish – MHT uslubiyotini rivojlantirish ko’pgina umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash muammosini hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Milliy hisobchilik kontseptsiyasiga asoslangan axborotlar statistik tahlil va prognoz ishlari uslubiyotini takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to’g’risida ishonchli va to’liq axborot bazasini shakllantirishga qaratilgan mamlakat statistikasining rivoji ma’lumotlar yig’ish va qayta ishlashni tashkil qilish, moliyalashtirish va statistik tadqiqot ishlarini yangilab borilishi bilan uzviy bog’liqdir. Dolzarb, haqqoniy va to’liq statistik axborot umumdavlat va mintaqa darajasida puxta mintaqaviy siyosat olib borish uchun kafolat bo’ladi.


2-MAVZU. STATISTIK kuzatish uslubiyati
Режа
1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha
2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari
3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari
4. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati

Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi. Masalan, tekshiruvchiga respublikadagi yoki viloyatdagi banklarning moliyaviy holatini o’rganish topshirildi. Bu ishni bajarish uchun tekshiruvchi barcha banklar bo’yicha moliyaviy holatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlarni boshlang’ich manbalardan olishi kerak. Bu ko’rsatkichlarga qanday omillar ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatganligi haqida, moliyaviy holatni yaxshilash uchun qanday zaxiralar mavjud edi va ulardan banklar qanday foydalanganligi to’g’risida ma’lumotlar yig’ish kerak. Bunday ma’lumotlarsiz moliyaviy holatni o’rganib bo’lmaydi.


Shunday qilib, statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqariladi.
Agarda to’plangan ma’lumotlar noaniq va noto’g’ri bo’lsa, birinchidan sarflangan vaqt va mablag’ zoe ketgan bo’ladi, ikkinchidan esa, olingan natijalar va chiqarilgan xulosalar noto’g’ri bo’lishi mumkin.
Har qanday ma’lumot to’plash ham statistik kuzatish hisoblanmaydi. Uni o’tkazishda quyidagi talab va tamoyillarga rioya qilinadi.
Statistik kuzatish ma’lumotlarni bir-biri bilan uzviy bog’langan va bir butunlikda qayd qilish zarur. Masalan, moliyaviy holat o’rganilayotgan bo’lsa, uning yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni bir guruhini o’rganib xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki ular bir-biriga bog’liq, bir-birini taqozo qiluvchi ko’rsatkichlardir. Agarda bir guruh ko’rsatkichlarni tahlil qilib xulosa chiqarsak, oldindan ko’zlangan xatolarni keltirib chiqaramiz.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir.
Masalan, o’sha moliyaviy holatni o’rganish misolimizga qaytaylik. Agarda birinchi yilda to’plamning barcha birliklari (faraz qilaylik 114 ta), kelgusi yili to’plamning bir qismi (94 tasi), uchinchi yilda qolgan bir qismi (20 tasi) kuzatilsa, olingan ma’lumotlar vaqt va to’plam birliklarini qamrab olish bo’yicha to’la-to’kis bo’lmaydi va ularni taqqoslash mumkin emas.
To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak. Agarda qandaydir bir shubha tug’ilsa (uni hajmidan qat’iy nazar), to’plamga kiritilgan har bir ko’rsatkich mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirib ko’rilgani ma’qul. Bu erda gap arifmetik hisob-kitob ustida ketmayapti, balki har bir birlikni ob’ektiv haqiqatni aks ettirishi ustida bormoqda.
Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi.
Masalan, aholi fikrini o’rganmoqchisiz. To’plamga kiradigan aholi soni 1000 kishi. Ularni barchasiga bir xil savollar bilan murojaat qilish kerak va javoblarni olishdan oldin respondentlarni savollarga javob berish yo’riqnomasi bilan tanishtirish to’g’ri javoblar olishga asos bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, to’liq va ob’ektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir.



Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə