O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə46/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154
statistika

Parallel qatorlarni solishtirish. Parallel qatorlarni taqqoslash deganda omil qatorlarning hadlari qiymatiga natijaviy belgi hadlarining mos kelishi tushuniladi. Omil belgi hadlarini o’sib boruvchi (yoki aksincha) tartibda joylashtirib, natijaviy belgi hadlarining o’zgarishi kuzatiladi. Omil belgi qiymatini «X», natijaviy belgini - «Y» bilan belgilaymiz.
Quyidagi shartli raqamlarda keltirilgan misolni ko’rib chiqaylik (1-jadval)
1-jadval
Supermarketning reklama xarajatlari va mijozlari soni o’rtasidagi bog’lanish

Supermarket-lar

Reklama xarajatlari, mln. so’m

Supermar-
ketda savdo qilgan mijozlar soni, kishi

Supermarket-lar

Reklama xarajatlari, mln. so’m

Supermar-
ketda savdo qilgan mijozlar soni, kishi

1

16

1600

11

20

1840

2

16

1700

12

20

2160

3

16

1440

13

20

1900

4

18

1700

14

22

1800

5

18

1600

15

22

2400

6

18

1760

16

22

2300

7

18

1900

17

22

2000

8

18

1640

18

24

2400

9

20

1800

19

24

2200

10

20

2000

20

24

2000

1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, umuman olganda reklama harajatlari va supermarket mijozlari soni o’rtasida bog’lanish mavjud. Biroq ayrim hollarda bog’liqlik ko’rinmaydi yoki umuman yo’q. Masalan, ettinchi va o’n birinchi supermarketlarni olaylik. Bu erda biz teskari nisbatni ko’ramiz, ya’ni o’n birinchi supermarketda ettinchi supermarketga nisbatan xaridorlar soni kam, reklama xarajatlari esa ancha yuqori.


Omil belgining ortishi bilan natijaviy belgi ham ortib borishi sharoitlarida ular o’rtasida to’g’ri korrelyatsion bog’lanish borligi taxmin qilinadi, omil belgining ortishi bilan natijaviy belgi kamayib borsa, ular o’rtasida teskari bog’lanish mavjudligi taxminlanadi.
O’rganilayotgan to’plam birliklari juda ko’p bo’lgan sharoitda omil belgining bitta qiymatiga natijaviy belgining bir necha qiymatini mos kelishi parallel qatorlarning o’zaro bog’liqligini tushunishni qiyinlashtiradi. Bunday sharoitda bog’liqlikning mavjudligini aniqlash uchun korrelyatsion va guruhli statistik jadvallardan foydalanish mumkin.
Korrelyatsion jadvalni tuzish uchun omil va natijaviy belgilarni guruhlarga ajratish talab etiladi. Bizni misolimizda (1-jadval) omil belgi bor-yo’g’i 5 variantda berilganligi sababli ularni guruhlarga ajratib o’tirmaymiz. Natijaviy belgi uchun guruh intervali aniqlanadi. Buning uchun Sterdjess formulasidan foydalanamiz:
.
Endi natijaviy belgi bo’yicha guruhlarni tuzamiz:

I. 1440+192=1632 yoki 1440-1632


II. 1632+192=1824 yoki 1632-1824
III. 1824+192=2016 yoki 1824-2016
IV. 2016+192=2208 yoki 2016-2208
V. 2208+192=2400 yoki 2208-2400
Olingan natijalarni quyidagi korrelyatsion jadvalda joylashtiramiz.

2-jadval


Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə