O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Kiritilgan kapitaldan olinuvchi daromad
– balans bo‘yicha foydaning 
(zararning) umumiy passiv miqdoriga nisbati sifatida hisoblanadi. Bu 
ko‘rsatkich lizing oluvchining asosiy va aylanma vositalaridan foydalanish 
samarasini tavsifaydi hamda tarmoq yoki mintaqadagi boshqa korxonalar 
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. 
Kontrakt (shartnoma)
– tomonlarning huquq va majburiyatlari, 
shuningdek, majburiyatlarni bajarish muddati ko‘rsatilgan kelishuv, shartnoma. 
Kredit
– pul qiymatining to‘lov muddati o‘tib ketgan tovarlarni sotish 
yoki vaqtinchalik berish amalga oshiriluvchi o‘ziga xos shakli. Kreditning ikki 
xil turi mavjud: tijorat krediti – bunda tomonlar sotilgan tovar uchun to‘lov 
muddatini kechiktirish yo‘li bilan tovarni sotish yoki sotib olishda bir-birini 
kreditlaydi; bank krediti – bunda banklar pul ssudasini taqdim etadi. 
Lizing
– 
murakkab, dinamik tizim, kredit, investitsion va ijara bitimlari 
elementlarini qamrab oladi, keyinchalik mulk huquqini o‘zgartirish natijasida 
ishlab chiqarish vositalarining ularni sotib olish yoki ijaraga berish yo‘li bilan 
vaqtinchalik foydalanishga berish bilan bog‘liq mulkiy munosabatlar amalga 
oshiriladi.
Lizing xizmati 
– o‘ziga xos tovar. Buyum shaklidagi tovarlardan farqli 
o‘laroq zarur hollarda jamlash va sotish mumkin. Lizing xizmati moliyaviy va 
mulkiy xizmatni ifodalaydi. 
Lizing xizmatlari diversifikatsiyasi
– lizing obyektlari yoki ko‘rsatiladigan 
xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish.
Lizing shartnomasi
– ikkita (jismoniy yoki yuridik) shaxsning biron-bir 
huquq va majburiyatlarni o‘rnatish, belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish 
bo‘yicha kelishuvi. shartnoma predmeti, narxlar, muddatlar hamda tomonlardan 
birining oldindan berilgan arizasiga muvofiq kelishuvga kelish mumkin bo‘lgan 
shartlar shartnomaning asosiy bandlari hisoblanadi. 
Makroiqtisodiy risklar
– iqtisodiyotdagi o‘sish yoki inqirozni kutish, bank 
sohasining rivojlanish darajasi, yalpi milliy mahsulot o‘sishining pasayishi va 


148 
siyosat bilan bog‘liq xo‘jalik munosabatlaridagi qiyinchiliklar jarayonida yuzaga 
keladi. 
Narxni erkinlashtirish
– bozor iqtisodiyotiga o‘tishning talablaridan biri. 
Narxlarning keskin va sezilarli o‘sishi, bir vaqtning o‘zida ularning nisbati 
o‘zgarishi va markazdan nazorat qilinmay qo‘yilishini anglatadi. 
Oldi-sotdi shartnomasi
– bozor iqtisodiyotida qo‘llanuvchi asosiy 
shartnoma turlaridan biri. Oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra sotuvchi xaridorga 
mulk qilib sotishni, xaridor esa mulk qilib sotib olish va buning uchun 
belgilangan miqdorda haq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Oferta 
– tomonlarning biridan taklif etiluvchi ma’lum bir sharoitlarda 
shartnoma tuzish taklifi. Shartnoma ikkinchi tomon rozilik bildirgan holda 
haqiqiy deb hisoblanadi. 
Risk
– kompaniyaning o‘z resurslari bir qismini yo‘qotish, daromadni 
to‘liq olmaslik yoki xo‘jalik faoliyatida qo‘shimcha xarajatlarning paydo bo‘lish 
xavfi.
Samaradorlik
– iqtisodiy nazariyaning asosiy muammosi, jamiyatning 
cheksiz ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishish uchun cheklangan 
resurslardan eng yaxshi foydalanish yoki ularni qo‘llash yo‘llarini tadqiq etadi. 
Siyosiy risklar
– davlatning iqtisodiy siyosati, siyosaiy vaziyatning 
o‘zgarishi natijasida vujuga keluvchi moliyaviy yo‘qotishlar.
Soliq imtiyozlari
– soliq to‘lovlaridan to‘liq yoki qisman ozod qilish. 
Xususan, lizing subyektlariga QQS, foyda solig‘i va mulk solig‘i bo‘yicha bir 
qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda lizing to‘lovlari QQSdan ozod 
qilingan. O‘zbekistonga kiritiluvchi texnologik asbob-uskunalar importchiga 
xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ozod qilinadi. 
Soliq risklari
– soliq sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlaridagi 
noaniqlik va ziddiyatlar.
Soliqlar
– yuridik va jismnoiy shaxslardan davlat tomonidan undiriluvchi 
majburiy to‘lovlar. Soliqlar ikkita vazifani: fiskal va iqtisodiy vazifani 
ifodalaydi. Fiskal vazifa davlatning pul daromadlarini tashkil qilish va davlat 
faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish, jumladan, iqtisodiyotga ta’sir 
ko‘rsatish vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy vazifa – soliqlardan ishlab chiqarishni 
tartibga solish, rivojlanishning o‘sish sur’atini to‘xtatib turish yoki 
rag‘batlantirish, kapital jamg‘arilishini kuchaytirish yoki susaytirish, aholining 
to‘lov layoqatiga ega talabini kengaytirish yoki kamaytirishda foydalaniladi. 


149 
Tijorat banki
– paychilar kengashi tomonidan boshqariluvchi mustaqil 
aksiyadorlik tashkiloti. Mustaqil balansga ega yuridik shaxs hisoblanadi. 
Faktoring va lizing operatsiyalarini bajaradi. 
Foyda solig‘i
– korxonalar sof daromadining bir qismini davlat 
daromadlari foydasiga o‘tkazish shakli. Soliqqa tortiluvchi foyda balansdan 
kelib chiqqan holda hisoblanadi. 
Huquqiy risk
– qonun hujjatlarining o‘zgarishi natijasidagi yo‘qotishlar 
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Egalik qilish 
– shaxsning buyum ustidan amalda hokimligini anglatuvchi 
mulk huquqi elementi. Egalik qilish mulk huquqidan ajratilishi va uning egasi 
tomonidan amalga oshirilmasligi mumkin. Egalik qilish mulk egasiga, uning 
hohishiga ko‘ra yoki qonunchilik va ma’muriy huquq talablari bo‘yicha 
uchinchi shaxsga tegishli bo‘lgan hollarda qonuniy hisoblanadi. Huquqiy asosga 
ega bo‘lmagan egalik qilish noqonuniy hisoblanadi. 


150 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə