Lizing “sof”, to‘liq yoki noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega hamda
bosh bo‘lishi mumkin
. “Sof” lizingni amalga oshirishda lizing obyektiga xizmat ko‘rsatishni
lizing oluvchi o‘z zimmasiga oladi va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar lizing to‘lovlariga kiritilmaydi.
To‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizingning xususiyati shundaki,
bunda lizing beruvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish - mulkka
qarash, sug‘urtalash, zarur xom-ashyolarni yetkazib berish, malakali kadrlar
bilan ta’minlash, marketing xizmati ko‘rsatish va tayyor mahsulot reklamasini
amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizing bu shartnoma
imzolagan tomonlarning lizing obyektiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
vazifalarni avvaldan kelishgan holda taqsimlab olishdir. Masalan, lizing oluvchi
mulkni ekspluatatsiya qilish normalariga rioya qilishni o‘z zimmasiga oladi,
lizing beruvchi esa obyektni soz holda saqlash uchun xarajatlarni to‘laydi.
Bosh lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasida umumiy shartnoma
tuzilishini ifodalaydi. Bu shartnoma lizing oluvchiga lizingga olinuvchi mulk
ro‘yxatini yangi shartnoma imzolamasdan to‘ldirish imkonini beradi.
Lizing bitimining asosiy ishtirokchilari joylashgan mamlakatga bog‘liq
holda lizing ichki (bitta mamlakat ichida) va tashqi (xalqaro) turlarga
taqsimlanadi.
Xalqaro lizing o‘z navbatida quyidagicha tasniflanadi:
1
•
import lizingi – lizing beruvchi xorijiy mamlakat hisoblanadi;
•
eksport lizingi – lizing oluvchi xorijlik bo‘ladi;
•
tranzit lizing – bitimning uchala ishtirokchisi ham turli xil mamlakatlarda
bo‘ladi.
Xalqaro amaliyotda lizingning yana bir turi – “dabl dip” bitimlari ishlab
chiqilgan. Ularning ma’nosi ikki yoki undan ortiq mamlakatlardagi soliq
imtiyozlaridan iborat, ya’ni, masalan, Buyuk Britaniyada lizing oluvchining
soliq imtiyozlaridan oluvchi foydasi AQSH da lizing oluvchilarnikiga qaraganda
ko‘p. Natijada Angliyalik lizing kompaniyasi mulkni sotib oladi va uni
amerikalik lizing kompaniyasiga ijaraga beradi, u esa mulkni o‘z navbatida
mahalliy aviakompaniyalarga ijaraga beradi.
1
Основы предпринимательского дела. Благородный бизнес / под ред. Ю.М. Осипова – М.:
“Гумaнитарные знание”, 1992, 186 с.
19
Xorijiy mamlakatlar amaliyotida lizingni soliq va amortizatsiya
imtiyozlari bo‘yicha –