O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Pulli lizing
– bunda to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi. 
Kompensatsion lizing
foydalanilayotgan asbob-uskunalarda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar yetkazib berish yoki boshqa turda xizmat ko‘rsatishni 
ko‘zda tutadi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida bu lizingning eng maqbul 
1
ЎзР “Лизинг тўғрисида”ги Қонун 2-модда. ЎзР Солиқ Кодекси 38-модда– Т.: “Адолат”, 1999, 40 б. 


20 
shakli hisoblanadi, chunki ko‘rsatilayotgan lizing xizmatlari uchun lizing 
obyektlari yordamida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan haq 
to‘lash fermerlar manfaatlariga ham javob beradi. 
Aralash lizing 
pulli va kompensatsion to‘lovlar yig‘indisidan iborat 
bo‘ladi. 
Qayd etish joizki, shu bilan birga lizing rivojlanishining hozirgi 
bosqichida O‘zbekistonda yuqorida sanab o‘tilgan lizing turlarining barchasi 
ham keng qo‘llanayotgani yo‘q. Mamlakatimiz tajribasidan ko‘rinib turibdiki
O‘zbekiston Respublikasida “Lizing to‘g‘risidagi” Qonunga asosan asosiy 
e’tibor moliyaviy lizingga qaratilmoqda. Lizing bitimlari hajmiga ko‘ra 
kichik, 
standart (o‘rtacha)
va 
yirik
lizing turlariga taqsimlanadi. Mayda lizing 
predmeti asosan noishlab chiqarish mulki – kompyuterlar, idora texnikasi
telefon stansiyalari, xavfsizlik tizimi va shu kabilardan iborat bo‘ladi. O‘rtacha 
lizing qiymati 200 ming so‘mdan 2,5 million so‘mgacha bo‘lib, narx bo‘yicha 
eng ommaviy mulk turlari – turli xil mini-zavodlar, texnologik asbob-
uskunalarga mos keladi. Yirik lizing samolyot, kema, energetik qurilma va shu 
kabi yirik obyektlarga mo‘ljallangan. Bu sohadagi ishlar katta mablag‘, 
shuningdek, ayrim buyurtmachilar uchun maxsus moliyaviy sxemalar 
tayyorlashga qodir bo‘lgan lizing sohasi mutaxassislarini tayyorlashni talab 
qiladi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə