32
Lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar iqtisodiy
zararlarni qoplash va
jarimani to‘lash shaklida aks ettirilib, ularni zararlarsiz to‘latish ham mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. O‘zbekiston Respublikasida lizing faoliyatini tartibga soluvchi qanday
qonun hujjatlari mavjud?
2. Kredit va lizing mexanizmini bir-biridan farqlovchi xususiyatlarini
aytib bering.
3. Ijara va lizing munosabatlarining asosiy o‘xshashlik va farqlarini sanab
bering.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risidagi” Qonuni, jumladan,
2002 - yil 13 - dekabrda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy
qoidalarini aytib bering.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28
avgustdagi
“Lizing tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”
Farmoniga asosan lizing bitimi ishtirokchilariga qanday soliq imtiyozlari ko‘zda
tutilgan?
6. Lizing shartnomasining asosiy jihatlarini sanab bering.
7. Lizing bitimi ishtirokchilarining lizing shartnomasiga asosan huquq va
majburiyatlarini yoritib bering.
8. Lizing shartnomasini tuzish jarayonining asosiy bosqichlari haqida
gapirib bering.
9. Lizing shartnomasi shartlarini buzuvchilarga nisbatan qonunchilikda
ko‘zda tutilgan qoidalarni tavsiflab bering.
10. Lizing shartnomasini bekor qilishga nimalar asos bo‘lishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: