O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Lizing shartnomasida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
2.3. Lizing shartnomasida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va 
majburiyatlari 
Lizing shartnomasi mazmunining asosiy punktlari tomonlarning huquq va 
majburiyatlari hisoblanadi. “Lizing to‘g‘risidagi” qonunga asosan lizing 
shartnomasida ishtirok etuvchilar uchun quyidagi huquq va majburiyatlar ko‘zda 
tutiladi. 
Lizing beruvchining huquq va majburiyatlari.
U quyidagi 
huquqlarga
ega: lizing obyektiga egalik; lizing obyektini ekspluatatsiya qilish va undan 
foydalanish shart-sharoitlarini nazorat qilish; oldi-sotdi shartnomasi bekor 
qilinganda; foydalanuvchining to‘lovlar bo‘yicha qarzlari bir oydan oshganda; 
foydalanuvchi bankrotga uchraganda yoki tugatilganda; sotuvchi lizing 
obyektini yetkazib bermaganda lizing obyektini olib qo‘yish. Quyidagi 
majburiyatlarga
ega: mulkni sotib olish va uni lizing shartnomasi bo‘yicha 
lizing oluvchiga foydalanishga berish; sotuvchini mulkni lizingga berishdan 
xabardor qilish; lizing oluvchiga obyektni sotuvchiga talablar qo‘yish huquqini 
berish; shartnomada ko‘rsatilgan hollarda lizing oluvchi oldidagi lizing 


28 
obyektiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha majburiyatlarini 
o‘z vaqtida bajarish. 
Lizing oluvchining huquq va majburiyatlari. 
U quyidagi 
huquqlarga
ega: zarur mulk va uni yetkazib beruvchini tanlash; belgilangan muddat 
davomida mulkdan foydalanish; sotuvchiga e’tiroz bildirish; lizing beruvchining 
roziligi bilan lizing obyektini sublizingga berish; lizing shartnomasi 
bajarilmagan hollarda lizing beruvchidan yetkazilgan zararni qoplashni talab 
qilish; lizing obyekti o‘z vaqtida yetkazib berilmagan yoki belgilangan sifatda 
bo‘lmagan hollarda shartnomani bekor qilish; ishlab chiqarilgan mahsulot va 
daromadga egalik qilish; lizing obyektiga kafolat xizmati ko‘rsatilishidan 
foydalanish; shartnoma muddati tugagach lizing obyektini sotib olish, kelishuvni 
yangilash yoki obyektni o‘z egasiga qaytarib berish; opsionda bitimni berkitish 
qiymatini to‘lash va obyektni mulk sifatida sotib olish. 
Quyidagi 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə