42
qoldig‘ining passiv qoldiqlariga (asosiy vositalar hamda qimmat bo‘lmagan va
tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi) nisbati sifatida aniqlanadi.
Lizing
oluvchining faoliyatida kamchiliklar mavjud bo‘lgan holatlarda aktivlarni
qoplashda xususiy manbalarning ulushi kamayadi.
Aktivlardan foydalanish samaradorligi
va yil davomida kiritilgan
kapitalning harakatchanligini baholash uchun “sotilgan mahsulotlar hajmining
joriyga aktivlarga nisbati” ko‘rsatkichini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Mablag‘larni jalb etish koeffitsiyenti
lizing oluvchining kredit
manbalariga moliyaviy bog‘liqlik darajasini aks ettiradi.
U qarzlarning joriy
aktivlar miqdoriga nisbati yordamida aniqlanadi. Mazkur koeffitsiyent darajasi
qanchalik kichik bo‘lsa, lizing oluvchining kredit
layoqati shunchalik yuqori
hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan kredit layoqati ko‘rsatkichlarining har biri
asosida lizing oluvchining moliyaviy ahvoli har tomonlama baholanadi.
Obyektiv qaror qabul qilish uchun bitta ko‘rsatkichnigina emas,
balki turli
ko‘rsatkichlar yig‘indisini tahlil qilish zarur. Yuqorida taklif etilgan tahlil
natijasida lizing kompaniyasi potensial lizing oluvchining ishonchlilik darajasini
aniqlaydi hamda u bilan ishlashni davom ettirish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror
qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: