20
shakli
hisoblanadi, chunki ko‘rsatilayotgan lizing xizmatlari uchun lizing
obyektlari yordamida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan haq
to‘lash fermerlar manfaatlariga ham javob beradi.
Aralash lizing
pulli va kompensatsion to‘lovlar yig‘indisidan
iborat
bo‘ladi.
Qayd etish joizki, shu bilan birga lizing
rivojlanishining hozirgi
bosqichida O‘zbekistonda yuqorida sanab o‘tilgan lizing turlarining barchasi
ham keng qo‘llanayotgani yo‘q. Mamlakatimiz tajribasidan ko‘rinib
turibdiki,
O‘zbekiston Respublikasida “Lizing to‘g‘risidagi” Qonunga asosan asosiy
e’tibor moliyaviy lizingga qaratilmoqda. Lizing bitimlari hajmiga ko‘ra
kichik,
standart (o‘rtacha)
va
yirik
lizing turlariga taqsimlanadi.
Mayda lizing
predmeti asosan noishlab chiqarish mulki – kompyuterlar,
idora texnikasi,
telefon stansiyalari, xavfsizlik tizimi va shu kabilardan iborat bo‘ladi. O‘rtacha
lizing qiymati 200 ming so‘mdan 2,5 million so‘mgacha bo‘lib, narx bo‘yicha
eng ommaviy mulk turlari – turli xil mini-zavodlar,
texnologik asbob-
uskunalarga mos keladi. Yirik lizing samolyot, kema, energetik qurilma va shu
kabi yirik obyektlarga mo‘ljallangan. Bu sohadagi ishlar katta mablag‘,
shuningdek, ayrim buyurtmachilar uchun maxsus moliyaviy sxemalar
tayyorlashga qodir bo‘lgan lizing sohasi mutaxassislarini
tayyorlashni talab
qiladi.
Dostları ilə paylaş: