O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


lizing bevosita, bilvosita, qaytma va ta’minotchi lizingi



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

lizing bevosita, bilvosita, qaytma va ta’minotchi lizingi 
kabi 
turlarga taqsimlanadi. 
Bevosita lizingda
lizing beruvchi sifatida mulkni ishlab chiqaruvchi 
korxona ishtirok etadi va o‘z mulkini mustaqil ravishda lizing oluvchiga 
topshiradi. 
Bilvosita lizing
mulkni vositachi orqali lizingga berishni ko‘zda tutadi, 
ya’ni uch tomonlama klassik bitim imzolanadi yoki ishtirokchilar soni 4-7 kishi 
bo‘lgan ko‘p tomonlama bitim tuziladi. 
Bevosita lizingning bir shakli sifatida 
qaytma lizingni
ko‘rsatish 
mumkin.
 
Uning mohiyati shundan iboratki, ishlab chiqaruvchi mulkni lizing 
kompaniyasiga sotadi, kompaniya esa o‘z navbatida mulkni xuddi shu 
korxonaning o‘ziga ijaraga beradi, ya’ni mulk ishlab chiqaruvchi va lizing 
oluvchi bitta huquqiy shaxs hisoblanadi. Mazkur lizing turi moliyaviy holati 
qiyin bo‘lgan korxonalar uchun qiziqish uyg‘otadi.
Bilvosita lizingga misol tariqasida G‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan 
ta’milovchi lizingini
keltirish mumkin. Uning o‘ziga xos xususiyatlari shundan 
iboratki, mulkni yetkazib beruvchi sotuvchi va mulkdan foydalanuvchi 
hisoblanmagan asosiy lizing oluvchi rolini bajaradi. Lizing oluvchi albatta 
mulkni uchinchi shaxsga sublizingga beradi. 
Lizingni mulk turi bo‘yicha – 
ko‘char mulk va ko‘chmas mulk 
lizingiga
bo‘lish ham keng tarqalgan. 
Ko‘char mulk
obyektlariga ishlab 
chiqarish va qurilish asbob-uskunalari, transport vositalari, kompyuterlar
stanoklar, tele va masofaviy aloqa vositalari va boshqalar kiradi. 
Maxsus lizing
ham o‘ziga xos lizing turi hisoblanadi, chunki lizing obyekti foydalanuvchining 
talablarini inobatga olgan holda maxsus tayyorlanadi. Bunda bitim muddati 
tugagach mulkdan faqat buyurtmachigina foydalanishi hisobga olinadi. 
Ko‘chmas mulk
obyektlarining tasniflanishiga ko‘ra lizing quyidagi turlarga 
taqsimlanadi: korxonalar, ishlab chiqarish binolari va inshootlarning sanoat 
lizingi, savdo, ombor, idora va imoratlar lizingi. O‘zbekistonda asosan 
harakatlanuvchan mulk lizingi, aynan kombaynlar, traktorlar va boshqa texnika 
turlari lizingi keng qo‘llanadi. 
Lizing obyektlarining mulk amortizatsiyasi shartlaridan kelib chiqqan 
holda, lizing to‘la amortizatsiyali va qisman amortizatsiyali turlarga 
taqsimlanadi. Birinchi holda to‘la qoplanuvchi lizing, ikkinchi holda esa qisman 


18 
qoplanuvchi lizing ko‘zda tutiladi. Ulardan farq qiluvchi jadal amortizatsiyali 
lizingni ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Lizingni mulkka xizmat ko‘rsatish hajmi bo‘yicha taqsimlash ham qiziqish 
uyg‘otadi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə