O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Lizing turlari va lizing bitimlarini amalga oshirish mexanizmi



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
1.4. Lizing turlari va lizing bitimlarini amalga oshirish mexanizmi 
Respublikamizda lizingdan maqsadli foydalanishni amaliyotga kiritishni 
tashkil etishda uning turlari, shakllari va amalga oshirish usullarini to‘g‘ri 
aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy lizing xizmatlari bozori bu 
turdagi xizmatlarning turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. 
Lizing turlari bitimda ishtirok etuvchilarning tarkibi, lizing obyektining 
xususiyatlari va ularning amortizatsiya shartlari, tomonlar majburiyatlari hajmi, 
1
Лещенко М.И. “Основы лизинга” М.: “Финансы и статистика”, 2001, 58 c.


15 
mulkdan foydalanish muddati, bozor sektori, soliq imtiyozlari va lizing 
to‘lovlari turlariga bog‘liq ravishda turlarga ajratiladi (1-jadval).
Lizing bitimlari muddati, lizing beruvchining majburiyatlari hajmi va lizing 
obyektlarining o‘zini qoplash darajasiga ko‘ra lizingning ikkita asosiy turi – 
moliyaviy va tezkor lizingni ajratib ko‘rsatish mumkin. Lizing rivojlanishning 
boshlang‘ich bosqichida turgan O‘zbekiston uchun ko‘proq moliyaviy lizing 
xarakterlidir. U mulkni uning to‘liq amortizatsiya muddatiga to‘g‘ri keluvchi 
uzoq muddatga ijaraga berishni ko‘zda tutadi, ya’ni lizing muddati davomida 
mulkning to‘liq qiymati to‘lanadi. 
1-jadval 
Asosiy lizing turlarining tasniflanishi
1
Belgilar 
Tashkil etish shakli 
Ishtirokchilar tarkibi 
Bevosita, bilvosita, qaytma, ta’minotchi lizingi 
Lizing obyekti 
ko‘char va ko‘chmas mulk 
Amortizatsiya shartlari 
To‘liq amortizatsiya, qisman amortizatsiya, jadal 
amortizatsiya 
Majburiyatlar hajmi 
Sof, to‘liq va qisman xizmatlar
Bozor sektori 
Ichki, xalqaro-eksport, import, tranzit
Soliq imtiyozlari 
Haqiqiy, soxta 
Bitim muddati 
Moliyaviy-taqsimlash, guruhli, tezkor 
Lizing to‘lovi turlari 
Pulli, kompensatsion, aralash 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə