O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
Qisqa xulosalar 
Lizing – ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va keyinchalik 
vaqtinchalik foydalanishga ijaraga berish yo‘li bilan bog‘liq bo‘lgan mulkchilik 
munosabatlari majmuasidir. Lizing mexanizmi uch tomonlama asosga ega 
bo‘lib, kredit va investitsiya bitimlari, shuningdek, ijara faoliyati xususiyatlariga 
egalik qiladi hamda tadbirkorlikning yangi tashkiliy-huquqiy shaklini yaratadi. 
Lizing bozori subyektlari quyidagilar: lizing beruvchilar, lizing 
oluvchilar, mulkni yetkazib beruvchi yoki sotuvchilar, moliya-kredit 
muassasalari va boshqalar. Lizing iqtisodiyotning moliyaviy, ishlab chiqarish, 
sotish, soliq va amortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish kabi eng muhim 
funksiyalarini qamrab oladi. 
Lizing turlari bitimlarni tuzish shakli, ularning muddati, tomonlar 
majburiyatlari hajmi, lizing obyektlari xususiyatlari va ularning amortizatsiya 
shartlari, lizing to‘lovi turlari, soliq imtiyozlariga munosabati va bozor 
sektorlariga ko‘ra taqsimlanadi. Lizing xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos shakli 
sifatida jamiyat va ishlab chiqarishning barcha tomonlariga ta’sir ko‘rsatadi. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Lizingning iqtisodiy mohiyati nimadan iborat? 


22 
2. Lizing bozori ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlar 
qanday amalga oshiriladi? 
3. Lizingni mulkka munosabat usuli sifatida tavsiflab bering. 
4. Lizing faoliyatining mohiyati va muayyan tashkiliy shakllarini ochib 
bering. 
5. Lizingni mulkchilik munosabatlari majmuasi sifatida talqin qilib 
bering. 
6. Lizingning kredit, ijara va investitsiyalash bilan o‘zaro aloqalari 
nimalarda namoyon bo‘ladi? 
7. Lizing iqtisodiyotning muhim funksiyalariga ta’sir ko‘rsatishi 
nimalardan iborat? 
8. Lizing munosabatlarining qanday turlarini bilasiz? 
9. Lizing rivojlanishining xo‘jalik samarasi nimalarda aks etadi? 
10. Lizing samaradorligining asosiy yo‘nalishlarini sanab bering. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə