O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Lizing shartnomasi - lizing bitimlarining huquqiy shakli sifatida



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

2.2. Lizing shartnomasi - lizing bitimlarining huquqiy shakli sifatida 
Lizing munosabatlarining asosi shartnoma bo‘lib, bunda ikki yoki undan 
ortiq shaxslarning huquq va majburiyatlarni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki 
to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvi tushuniladi.
1
U lizing bitimi subyektlari 
faoliyatining eng muhim shartlarini, ularning mamlakatda amal qiluvchi 
qonunlarga va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlariga rioya qilishini belgilab 
beradi. Lizing turidan kelib chiqqan holda lizing shartnomasi tuzilmasi turlicha 
bo‘lishi mumkin, biroq deyarli har bir lizing shartnomasi o‘z ichiga quyidagi 
punktlarni kiritishi zarur: 
1. Kirish – subyektlarning nomlanishi, tomonlar huquqlarini tasdiqlovchi 
hujjatlar, shartnoma imzolangan vaqt va joy.
2. Shartnoma predmeti (mulk nomi va uning tavsifnomasi). Tomonlarning 
huquq va majburiyatlari.
3. Obyektni yetkazib berish va hisob-kitob shartlari. Lizing shartnomasida 
mulkni yetkazib berish shartlari va mulkni transportda tashish, montaj qilish va 
ekspluatatsiyaga topirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash tartibi kelishib 
olinadi. Xarajatlar odatda lizing oluvchi hisobiga to‘lanadi. Lizing obyektini 
foydalanuvchiga berish, lizing oluvchi, ta’minlovchi va lizing beruvchi 
tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan muddatdan 
hisoblanadi, bunda lizing obyekti yetkazib berilgandan so‘ng 30 kun mobaynida 
rasmiylashtirish talab qilinadi. Dalolatnomada mulkning sifati va butunligi, 
buyurtmanoma shartlariga mos kelishi va e’tirozlar ko‘rsatiladi. Mulkni qabul 
qilishda kamchilik va nuqsonlar aniqlanganda bu narsa dalolatnomada qayd 
etiladi va ularni bartaraf qilish muddati ko‘rsatiladi. Ta’minotchi tomonidan 
talablarning bajarilmasligi lizing oluvchining oldi-sotdi shartnomasini bekor 
qilishiga asos beradi. Agar mulkdan foydalanuvchi lizing beruvchiga mulk etib 
kelgandan so‘ng 2 hafta ichida dalolatnomani taqdim etmasa va uni bartaraf 
etilmagan kamchilik va nuqsonlar haqida xabardor qilmasa, bu holda bitim 
obyekti qabul qilingan hisoblanadi.
4. Tavakkalchiliklar, kafolatlar va tomonlarning majburiyatlari. Lizing 
shartnomasida bitim obyektini ekspluatatsiya qilish mobaynida yuzaga kelishi 
1
Прилуцкий Л.Н. Лизинг. Правовые основы лизинговой деятельности в Российской 
Федерации. Учебное пособие – М.: Издательство “Ось - 89” 2000, 85 c.


27 
mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar xarakteri va etkazilishi mumkin bo‘lgan 
zararni qoplashda tomonlarning harakatlari ko‘rsatiladi. Qoidaga ko‘ra, lizing 
obyektini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha tavakkalchiliklarni 
yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi mumkin yoki mumkin emasligidan qat’iy 
nazar, lizing oluvchi o‘z zimmasiga oladi. Lizing obyektining maqsadlarga mos 
kelmaslik yoki sotuvchining nochorligi tavakkalchiliklari lizing beruvchining 
lizing obyekti yoki sotuvchini tanlagan hollardan tashqari barcha hollarda lizing 
oluvchi zimmasiga yuklatiladi.
5. Egalik qilish va foydalanish huquqi. Lizing shartnomasiga asosan lizing 
oluvchi lizing davri mobaynida bitim obyektidan foydalanish huquqini oladi, 
lizing beruvchi esa mulkning yagona egasi bo‘lib qolaveradi. Uning o‘zi butun 
operatsiyani moliyalashtirishni amalga oshiradi.
6. Sug‘urtalash.
7. Fors-major sharoitlar.
8. Umumiy qoidalar va shartnoma muddati. 
Lizing subyektlarining o‘zlari shartnoma shartlarini ularning qonun 
doirasida bo‘lishini ta’minlagan holda ishlab chiqadilar. Mulkni ta’riflash lizing 
shartnomasiga ajralmas tarkibiy qism sifatida biriktiriladi, shuningdek
ta’minotchining nomi, yetkazib berish vaqti, joyi va bitim obyektidan 
foydalanish xarakteri ko‘rsatiladi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə