O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
 
 
 


88 
7.4. Lizing kompaniyalarini tashkil etish 
Lizing kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha masalalar majmuasini hal 
qilish uchun birinchi navbatda uning maqomini belgilab olish zarur. O‘zbekiston 
Respublikasi “Lizing to‘g‘risidagi” qonunida lizing kompaniyalari aksiyadorlik 
jamiyati yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda tuziluvchi hamda ta’sis hujjatlari 
va litsenziyalarga asosan lizing beruvchi funksiyalarini bajaruvchi tijorat 
tashkilotlari deb belgilangan. Huquqiy va (yoki) jismoniy shaxslar lizing 
kompaniyalarining ta’sischilari bo‘lishi mumkin. 
Qoidaga ko‘ra, tashkil etilayotgan lizing kompaniyalarining asosiy 
maqsadi mulkni sotib olish va ijaraga berish yo‘li bilan investitsiya faoliyatidan 
daromad olish hisoblanadi. Bunda lizing kompaniyalarini yaratish quyidagi 
omillarga bog‘liq bo‘ladi:
1

lizing oluvchilarda investitsiya loyihalarining mavjudligi va ularning 
lizing operatsiyalariga tayyorligi; 

zarur bo‘lgan eng kam mablag‘lar va qo‘shimcha kredit resurslarini jalb 
qilish imkoniyatlarining mavjudligi; 

lizing kompaniyasi 
ta’sischisi mablag‘larini 
minimallashtirishni 
ta’minlovchi bir nechta lizing loyihalarini investitsiyalash sxemalarini ishlab 
chiqish darajasi; 

lizing kompaniyasi uchun foydali bo‘lgan lizing marjasini belgilash; 

amortizatsiya siyosatining moslashuvchanligi; 

lizing kompaniyasiga kafillik berish bo‘yicha ishonchli sxemalarning 
mavjudligi; 

lizing to‘g‘risidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan soliq to‘lovlarini 
qisqartirish imkoniyatlari, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlari. 
Bunda eng maqsadga muvofiq tashkiliy-huquqiy shakl quyidagi shartlarni 
hisobga olgan holda aniqlanadi: 
1. Ta’sischilar majburiyati darajasi. Majburiyatning ikki turi – to‘liq, 
ya’ni butun mulki bilan va qisman, ya’ni mulkning ishga qo‘shilgan qismi bilan 
javobgarlik turi mavjud. 
2.
Kompaniyaning nizom jamg‘armasini yaratish shakli, ya’ni mulk 
subyektlari va shaxsiy boshlang‘ich kapitallarning mavjudligi, investitsiya va 
kreditlarga ega bo‘lish imkoniyatlari, faoliyat miqyosi va boshqalar. 
3.
Huquqlar miqdori va darajasi. 
4.
Lizing faoliyati turlari tarkibi. 
5.
Ta’sischilar soni. 
1
Газман В.Д. Лизинг: теория, практика и комментарии – М.: Правовая культура, 2000, 323б. 


89 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə