O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 lizing kompaniyalarining motivi
bo‘lib xizmat qiladi: 

lizing bozorida vaziyatning yomonlashuvidan himoya qilish; 

lizing obyektlari tarkibi, lizing bitimlari turlari, servis xizmatlari tarkibi 
va vazifalari diversifikatsiyasi; 

o‘sish va yashovchanlik: lizing bozorining kengayishi, investitsiya 
tuzilmasining yaxshilanishi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish.
Lizing kompaniyalari birlashuvining bir qator 
afzallliklarini
ko‘rsatib 
o‘tish mumkin: 
a.
menedjerlarning professional mahoratlaridan keng foydalanish 
hisobiga boshqaruvni yaxshilash; 
b.
investitsiyalar bazasini kengaytirish; 
c.
“Nou-xau”larni sotib olish; 
d.
raqobatchilikni yo‘nqotshi; 
e.
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish; 
f.
umumiy funksiyalarni markazlashtirish; 
g.
ishtirokchilarning xo‘jalik faoliyatidagi mustaqilligini saqlash. 
Shu bilan bir paytda lizing munosabatlarida kompaniyalarning 
birlashuvida firmaning tijorat sirlarini oshkor qilish va munosabatlarning 
murakkablashuvi kabi bir qator kamchiliklar ham mavjud. 
 
Qisqa xulosalar 
Lizing operatsiyalarini amalga oshirishga korxona va tashkilotlarning 
marketing bo‘limlari tarkibidagi mustaqil bo‘linmalar, shuningdek, lizing 
kompaniyalari amalga oshirishga qodir bo‘lib, bu lizing jarayonini yuqori 
professionallik bilan boshqarish imkon yaratadi. Lizing faoliyatini boshqarish 
shakllari muayyan shartlariga asosan zamon va makonda bo‘lishi hamda 
muayyan lizing turiga nisbatan turli kombinasiyalarni tashkil etishi mumkin. 
Lizing kompaniyasining eng maqsadga muvofiq tashkiliy-huquqiy shakli 
uni tuzishda hisobga olinuvchi omillar majmuasi yordamida aniqlanadi. Lizing 
kompaniyasi tarkibida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, lizing bitimlarini 
investitsiyalash loyihasi va tahlili, shartnoma-huquqiy ishlar va ekspertiza 
o‘tkazuvchi, texnik nazoratni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tuzilmalar 


92 
ko‘zda tutiladi. Lizing birlashmalari shartnoma asosida ko‘ngilli ravishda 
tuziladi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə