O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Lizing jarayonini boshqarishning eng tarqalgan darajasini tavsiflab bering. 
2.
Muayyan lizing turiga nisbatan boshqaruv shakllari kombinasiyasi qanday? 
3.
Lizing kompaniyalarini tuzishda hisobga olinuvchi omillar majmuasini sanab 
bering. 
4.
Lizing kompaniyalari tuzilmasini aytib bering. 
5.
Lizing birlashmalarini aytib bering va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini 
tavsiflang. 
6.
Lizing kompaniyalarni birlashmalarining asosiy motivlari va maqsadlari 
to‘g‘risida aytib bering. 
7.
Lizing faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida tavsiflab bering. 
8.
Lizing faliyatini marketing boshqaruv shakli nimadan iborat? 
9.
Bank tomonidan tashkil etilgan lizing kompaniyalar to‘g‘risida aytib bering. 
10.
Xolding shakldagi lizing to‘g‘risida gapirib bering. 
Asosiy adabiyotlar 
1. Горемыкин В.А. Лизинг.- М.: “Дашков и К”, 2003.
2. Лещенко М.И. Основы лизинга.- М.: 2001. 
3. Fозибеков Д.F. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. 
Ўқув қўлланма– Т.: Фан ва технология, 2004.
 


93 
VIII bob. O‘ZBEKISTONDA LIZINGNING PAYDO BO‘LISHI VA 
RIVOJLANISHI
 
8.1.
 
Respublikamizda investitsiya faoliyatining holatini tahlil qilish 
Mazkur bosqichda iqtisodiyotda yuzaga kelgan muammolar iqtisodiy 
islohotlarning borishi va aholining turmush farovonligi o‘sishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarda investitsiyalarning 
yo‘qligi mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarida ham, iste’molchilarda 
ham bir qator yangi muammolarni yuzaga keltiradi. 
Sanoat korxonalari odatda yangi texnika uchun pulni birdaniga to‘lash 
imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, ular buni asta-sekinlik bilan, ushbu texnikani 
ekspluatatsiya qilishdan olinuvchi daromadlar hisobiga amalga oshirishlari 
mumkin. Bunda sanoat texnikasi ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarga bu 
muammoni hal qilishga yordam bera olmaydilar, chunki ularning o‘zlari ishlab 
chiqarishni tashkil qilish uchun katta aylanma mablag‘lariga muhtojlik sezadilar. 
Shu tariqa bir tomondan, mahalliy iste’molchilar mamlakatimizda ishlab 
chiqarilgan texnikani ishlab chiqaruvchilar kreditga sotganda xarid qilishlari 
mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan korxonalar zarur mulkni xaridor darhol pul 
to‘lagan taqdirdagina ishlab chiqarishga tayyor bo‘ladi. 
Natijada mahalliy sanoat korxonalari zarur texnikani ko‘pincha G‘arb 
mamlakatlarida lizing krediti asosida turli xil texnikalar sotish tajribasini keng 
qo‘llovchi chet ellik ishlab chiqaruvchilardan sotib oladilar. 
Iqtisodiyotning hozirgi holati investitsiya siyosati va uni amalga oshirish 
mexanizmi, shuningdek, davlatning bu sohada ro‘y berayotgan jarayonlarga 
ta’sir ko‘rsatish shakllariga yangicha yondashishni talab qiladi. Bu 
yondashuvlardan biri investitsiyalashning yangicha shakli – lizing bo‘lib, u 
iqtisodiyot rivojlanishining mazkur bosqichida uzoq muddatli investitsiyalarni 
jalb qilishning yagona istiqbolli shakli hisoblanadi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda lizing biznesining rivojlanishiga turtki 
bo‘luvchi bir qator sabablar mavjud: 
Birinchi navbatda bu davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish bo‘lib, davlat 
tomonidan lizing rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan bir qator chora-
tadbirlarni, aynan lizingning huquqiy ta’minlanishida aks ettiriladi. Bundan 
tashqari, respublikamizda “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining 
tuzilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Bu kompaniya TIF Milliy Banki va 
Amerikaning “ALC, Inc.” moliyaviy guruhi bilan birgalikda sug‘urta 
kompaniyalarining keng tarmog‘ini yaratgan. Lizing loyihalarini tuzish va 


94 
ekspertiza qilish, ularni tezlashtirish maqsadida TIF Milliy Banki tomonidan 
respublikamizning 
loyiha-konstruktorlik 
muassasalari 
zamirida 
maxsus 
injiniring kompaniyasini tuzdi. 
Lizing operatsiyalarini soliqqa tortish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qoidaga ko‘ra imtiyozlar davlat hukumat va boshqaruv organlari tomonidan 
beriladi. Bu imtiyozlar asosan lizing bitimi ishtirokchilarini foyda solig‘i, QQS, 
boshqa soliq va yig‘imlardan, lizing obyektlari importi va eksportida bojxona 
bojlari va soliqlardan to‘liq va qisman ozod qilish, shuningdek, lizing bitimi 
ishtirokchilari 
uchun 
qulay 
sharoitlar 
yaratishdan 
iborat. 
Umuman 
respublikamizda 
amal 
qiluvchi 
qonunchilikka 
asosan 
lizing 
biznesi 
ishtirokchilariga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilgan. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə