14
Epilepsiya asosida hamisha bosh miya faoliyatidagi o’zgarishlar yotadi. Epilepsiya
bilan kasallangan bemorlarni nevrologik o’rganish, barcha klinik kasallanishni o’rganish,
rentgenologik, elektroentsefalografik izlanishlar, nihoyat patologik ma’lumotlar miyaning
epilepsiya vaqtida shikastlanish holatlarini aniqlashga yordam beradi.
Ko’pgina bolalarda bosh suyagi jarohatlangan bo’ladi,
infektsiya oladi, miyaning
shikastlanishiga olib keladigan boshqa holatlar yuz beradi,
ammo hamisha epilepsiyaga
olib kelavermaydi.
Ko’pincha bolalardagi asab sistemasi zararli hodisalarni yaxshi kechiradi, u to’liq
sog’lom holatda qoladi.
Etiologiya kasalligi – aktual, ammo to’liq o’rganilmagan muommalardan biri.
Afsuski, hozirgi paytda bolalardagi tutqanoq va epilepsiya sabablari ko’pgina, epilepsiya
kategoriyasiga kirmaydigan, ma’lum bo’lmagan etiologik kassaliklar
mavjudligi uchun
aniqlanib etmadi. Ilmiy VOZ guruhi o’zining dokladida Lennoks ta’kidlaydiki, avloddan-
avlodga o’tishi epilepsiya uchun ko’proq tegishlidir. Lennoks ta’rifiga kasalning
qarindosh-urug’lar o’rtasida epilepsiya chastotasi 1,8 %, gendan o’tish esa 3,6 %.
Lennoksning fikricha, ko’pgina kasallarda mavjud bo’lgan
faktor genetik, avloddan-
avlodga o’tganlik oqibatidir. Penfild va Erikson ham shunday fikrda qolgan. Konrad
aniqlashicha epilepsiya bilan 6-8 % bola, 4 % aka-ukalar va singillar va 1-2 % jiyanlar
o’rtasida bo’ladi.
Alkogoli avloddan-avlodga o’tish hollari etarli o’rganilmagan. Ba’zi
olimlar
oilaviy anamnezda birinchi o’ringa alkogolizm qo’yadi. Ayniqsa, bayram va dam olish
kunlari spirtli ichimliklari iste’mol qilish ko’p bo’ladi. Shuning uchun “yakshanba
bolalari “ termini mavjud. Epilepsiya asosida miyaga zararli ta’sir ko’rsatilishi kasallik
o’zgarishiga olib keladi. Buning zarari organizmda prenatal rivojlanish davrida, tug’ilish
va keyingi bosqichlarda davom etadi.
Epilepsiya patogenezida kongenital kasallanish avvalari sifilisdan ekanligini katta
ahamiyat kasb etdi. Hozirgi paytda bunda kongenital toksoplazmaning roli aniqlandi.
Miyaning tuzilish paytidagi jarohatlanishi epilepsiyaning paydo bo’lishining bir
sababidir.
Postnatal davrda epilepsiya ko’plab va rang-barang faktorlarini keltirib chiqaradi:
miya infektsiyasi, bosh chanog’i jarohatlanishi.
Zararlanish qatoriga hozirgi paytda revmatizmni ham qo’shmoqdalar.
Ko’pgina hollarda kasallik paydo bo’lishini
ikki va undan ortiq patogen
faktorlarning uyg’unlashuvi va bolaga ta’sir qilishi bilan bog’liqdir.
Patogenez epilepsiyaning o’rganishda ko’pgina mualliflar anatomik ma’lumotlarga
etakchi o’rin berdilar.
Epileptik huruj miyada tomirlarning buzilishi, tomirlardagi spazm tufayli hosil
bo’lishidan, deb tushuniladi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda modda almashinuvi
buzilishi aniqlangan. Epileptik huruj alkoloz holatda bo’lganidan ham ko’rinadi.
Murakkab epilepsiya patogenezi tushunarliroq bo’lmoqda, agarda masala I. P.
Pavlovning reflektor teoriyasi bo’yicha olib ko’riladigan bo’lsa, I. P. Pavlovning fikricha,
epileptogen o’chog’i hayajonlanish
favqulodda uchlanish, birdan ko’tarilib ketish,
davomiylik bilan xarakterlanadi.
Kreyndlerning fikriga ko’ra, epileptik kasallik uch faktordan iborat. Albatta,
ko’pgina holatlarda bunday faktorlarni aniq ajrata olmaymiz.
15
Qo’shimcha faktorlarga lixoradik ahvol, charchash, qayg’urish,
menstrual davr,
uyqu, ba’zi medikamentlar, masalan, kamfora, kardiadol, alkogol, piramidon strixnining
va hk.
Shunday qilib, epilepsiya butun organizmning faoliyatida rang-barang buzilish
sodir bo’lishidan paydo bo’ladi.
Ta’kidlash kerakki, bunday kasallikni davolashda terapevtik davolash samara
beradi, u organizmning barcha f’zolari faoliyatiga ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: