O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə10/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda
tadqiqotchi o‟z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib
psixik hodisaning tashqi sharoitga bog‟liqligini tekshirib ko‟rishi mumkin.
Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo‟llanilishi bilan
tushuntiriladi. Empirik, ya‟ni tajriba yo‟li bilan qo‟lga kiritilgan faktlarning asosiy
ko‟pchiligi psixologiyada eksperimental yo‟l bilan olingandir. Biroq har qanday
tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo‟llab bo‟lmaydi. Masalan, agarda
psixik jarayonlar va funksiyalar ko‟proq eksperiment yo‟li bilan o‟rganilsa, shaxsning
birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, qobiliyatlar) ham shu metodda
o‟rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment
metodi bilan o‟rganib bo‟lmaydi.


14



Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo‟llaniladi:
masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi
orqali qo‟lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo‟llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik
bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.

Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng
qo‟llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervyu
metodi ham so‟roq-javob metodiga tegishlidir. Ko‟pincha intervyu uchun savollarni
sotsiologik anketalar tipiga o‟xshatib, ya‟ni ko‟p masalalar yuzasidan ko‟plab javoblar
olishni ko‟zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning
faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to‟g‟ri keladi.
Biroq bilimlarni va o‟rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib
tuzilgan savollar o‟rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan
keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.


Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə