34
Tashqi va ichki faollikka misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur
qilaylik: uzoq ayriliqdan so‟ng ona o‟z farzandi visoliga etdi. Tashqi faollikni biz
onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini silashi, ko‟zlaridan oqqan sevinch
yoshlarida ko‟rsak, ichki faollik - o‟sha ko‟z yoshlarini keltirib
chiqargan fiziologik
jarayonlar, ichki sog‟inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq
kabi yashirin motivlar ta‟siri), ko‟rib idrok qilgandagi o‟zaro
bir-birlariga intilishni
ta‟minlovchi ichki, bir qarashda ko‟z bilan ilg‟ab bo‟lmaydigan emotsional holatlarda
namoyon bo‟ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo‟lsak ham, uni ifodalagan
rasmni ko‟rsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz
mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba
va rivojlanishning asosini
tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog‟liq bo‟lib
tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‟lib, shaxsning jamiyat
bilan bo‟ladigan murakkab va o‟zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.
4-shakl
Faoliyat turlari
Predmetli
harakatlarning
nimalarga
yo‟naltirilganligiga
qarab
Tashqi
faoliyat
Ichki
faoliyat
Aqliy
harakatlar
Perseptiv
faoliyat
Mnemik
faoliyat
Fikrlash
faoliyati
Imalitiv
faoliyat
Eksteriorizasiya
Interiorizasiya
Ongning bevosita
ishtiroki darajasiga
ko‟ra
Malaka
Ko‟nikma
Insonlarning xosligi
bo‟yicha
Muloqot
O‟yin
O‟qish
Mehnat
qilish
35
Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari
bilan chambarchas
bog‟liq bo‟lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli
faolliklar
jarayonida shakllanadi, o‟zligini namoyon qiladi. Demak, faollik yoki inson
faoliyati passiv jarayon bo‟lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir.
Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni
faoliyat deb yuritiladi. Ya‟ni,
faoliyat - inson ongi va tafakkuri
bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman
ehtiyojlardan
kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o‟z-o‟zini o‟zgartirish va
takomillashtirishga qaratilgan o‟ziga xos faollik shaklidir.
Inson faoliyatining tashqi jabhasi uning atrof muhitga ta‟sir ko‟rsatishga
mo‟ljallangan sa‟y-harakatlari psixik jihatiga bog‟liq bo‟lib, ularni motivlashtiradi,
bilishga undaydi va boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabha o‟z navbatida quyidagilarga
bo‟linadi:
5-shakl
Dostları ilə paylaş: