O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə29/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

Tashqi 
faollik

Tashqaridan va o‟z ichki istak-xohishlarimiz ta‟sirida


bevosita ko‟rish, qayd qilish mumkin bo‟lgan
xarakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali
namoyon bo‟ladigan faollik.

Ichki 
faollik

Bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish


mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar
almashinivi, qon aylanishi, nafas olish, bosim
o‟zgarishlari) hamda ikkinchi tomondan, bevosita
psixik jarayonlar, yani aslida ko‟rinmaydigan, lekin
faoliyat kechishiga ta‟sir ko‟rsatuvchi omillarni o‟z
ichiga oladi.


34


Tashqi va ichki faollikka misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur
qilaylik: uzoq ayriliqdan so‟ng ona o‟z farzandi visoliga etdi. Tashqi faollikni biz
onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini silashi, ko‟zlaridan oqqan sevinch
yoshlarida ko‟rsak, ichki faollik - o‟sha ko‟z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik
jarayonlar, ichki sog‟inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq
kabi yashirin motivlar ta‟siri), ko‟rib idrok qilgandagi o‟zaro bir-birlariga intilishni
ta‟minlovchi ichki, bir qarashda ko‟z bilan ilg‟ab bo‟lmaydigan emotsional holatlarda
namoyon bo‟ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo‟lsak ham, uni ifodalagan
rasmni ko‟rsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz
mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini
tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog‟liq bo‟lib
tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‟lib, shaxsning jamiyat
bilan bo‟ladigan murakkab va o‟zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.
4-shakl

Faoliyat turlari 
Predmetli
harakatlarning
nimalarga
yo‟naltirilganligiga
qarab
Tashqi
faoliyat
Ichki
faoliyat
Aqliy
harakatlar
Perseptiv
faoliyat
Mnemik
faoliyat
Fikrlash
faoliyati
Imalitiv
faoliyat
Eksteriorizasiya
Interiorizasiya
Ongning bevosita
ishtiroki darajasiga
ko‟ra
Malaka
Ko‟nikma
Insonlarning xosligi
bo‟yicha
Muloqot
O‟yin
O‟qish
Mehnat
qilish


35


Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas
bog‟liq bo‟lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli
faolliklar jarayonida shakllanadi, o‟zligini namoyon qiladi. Demak, faollik yoki inson
faoliyati passiv jarayon bo‟lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir.
Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya‟ni,
faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman
ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o‟z-o‟zini o‟zgartirish va
takomillashtirishga qaratilgan o‟ziga xos faollik shaklidir.
Inson faoliyatining tashqi jabhasi uning atrof muhitga ta‟sir ko‟rsatishga
mo‟ljallangan sa‟y-harakatlari psixik jihatiga bog‟liq bo‟lib, ularni motivlashtiradi,
bilishga undaydi va boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabha o‟z navbatida quyidagilarga
bo‟linadi:

5-shakl

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə