O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə31/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

tabiiy-fiziologik ehtiyojlar; 

himoyalanish ehtiyoji: uzoq yashash va muqarrarlik

aloqadorlik va sevgi-muhabbatga bo’lgan ehtiyoj (muomalada bo’lishga 
intilish); 


e’tiborga sozovor bo’lish (hurmat qozonish) ehtiyoji; 


o’z-o’zini faollashtirish ehtiyoji, o’z imkoniyatlarini ko’rsatish yoki 
namoyon qilish. 
Birinchi o‟rindagi ehtiyojlar bu bazis ehtiyojlar, ya‟ni yashashni ta‟minlash
uchun zarur bo‟lgan ehtiyojlar. A. Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu bazis
ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlari, ya‟ni oziq-ovqatga, kiyim-
kechakka, uy-joyga, uyquga bo‟lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar
ham asta-sekin ahamiyat kasb etib beradi.
Shaxsning istiqbolini anglovchi odamga xos bo‟lgan ichki kechinmalarga
o‟xshamaydigan xolati frustratsiya deb yuritiladi. Inson maqsadga erishish yo‟lida
chindan ham engib bo‟lmaydigan, engish mumkin emasdek ko‟rinadigan
to‟sqinliklarga, g‟ovlarga ro‟para kelganda frustratsiya paydo bo‟ladi. U shaxsni
nevrotik xolatga olib keladi, unda jaxlini to‟kib solish, tajovuzkorlik, qo‟rqitish,
qo‟pollik, dushmanlik xolatlarini keltirib chiqaradi.
Istiqbol va frustratsiyaning inson hayotida o‟ynaydigan roli maqsadlarga
erishishga qaytarilgan faoliyatning shaxs uchun qanchalik muvaffaqiyat yoki
muvaffaqiyatsizlik kasb etish ahamiyatini aniqlash zarurligini ko‟rsatadi. Buning uchun
Har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlar 
Biologik ehtiyojlar – fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari.
Ijtimoiy ehtiyojlar – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy – ma‟naviy ehtiyojlar.


37


shaxs o‟zining talablari darajasi qilib juda qiyin ham bo‟lmagan, juda oson ham
bo‟lmagan vazifa hamda maqsadlarni belgilaydi, binobarin, shaxs o‟ziga ma‟lum
istiqbolni saqlab qoladi.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiiy xulqi va o‟zini qanday tutishi, egallagan mavqei
ham sababsiz, o‟z-o‟zidan ro‟y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-
atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushunchalari
ishlatiladi.
S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‟g‟risida quyidagi
mulohazalarni bildiradi:


Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə