O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə34/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi
bunday motivga tayangan shaxslarda ishni
boshlashdan avval nima bo‟lsa ham
muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‟lmaslikni
o‟ylaydilar. Ularda ishonchsizlik,
pissimizm kuzatiladi.


39


10-shakl 

Odatda ustanovka deganda, bilish faoliyati bilan bevosita bog‟liq bo‟lgan


ehtiyojni ma‟lum uslubda qondirishga ruhiy jihatdan tayyor turishlik tushuniladi.
Ustanovka shaxsning o‟zi anglab etmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir.
Bunday holatda shaxs biron bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‟lgan ma‟lum faoliyatga
nisbatan ruhan tayyor turadi. Ya‟ni, konkret bir vaziyatlarda u yoki bu ehtiyojni
qondirishga yo‟naltirilgan va qandaydir ma‟noda odatiy shakl olgan xolat ustanovka
deb ataladi. Ijtimoiy ustanovkalar uch komponentli tizimni farqlaydi.
Bu uchala komponentlar o‟zaro bir-birlari bilan bog‟liq bo‟lib, vaziyatga qarab u
yoki bu komponentning roli ustunroq, sezilarliroq bo‟lishi mumkin.
12-shakl 
Kognitiv 
komponent

ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g‟oyalar,tushuncha


va tasavvurlar majmui

Affektiv komponent

ustnovka obyektiga nisbatan subyekt his qiladigan real


hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional
munosabatlar)

Harakat 
komponenti

subyektning obyektga nisbatan real sharoitlarda amalga


oshirishi mumkin bo‟lgan harakatlari majmui (xulqda
namoyon bo‟lish)

Shuni ham ta‟kidlash joizki, komponentlararo monandlik bo‟lmasligi ham


mumkin. Agar inson bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa va bu
narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‟rganib qoladi va bu ustanovkaga
aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy me‟yorlar va sanktsiyalar
vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‟lmaligiga yoshlarni o‟rgatishimiz
lozim. Bu shaxsning ijobiy tajribasi uchun real asos hisoblanib, uning istiqboli va
faoliyatining samaradorligiga bevosita ta‟sir ko‟rsatadi.
Ustanovkaning yuksakroq bosqichi anglanish ko‟rinishga ega bo‟ladi. Guruhiy
va jamoaviy munosabatlarda uning a‟zolarini ishontirish (ularga ta‟sir o‟tkazish) orqali
muayyan yo‟nalishga safarbar qilish; fikrlarda umumiylikni vujudga keltirish holatlari
bunga yorqin misoldir ishonish va ishontirish odamlarning xarakter xislatiga, xulq-
atvoriga bevosita bog‟liq. Bu holat psixologiyada eksperimental tarzda tadqiq etilgan.
Masalan, sinaluvchilarga ma‟lum vaqt oralig‟ida soatiga qaramay, sekundlarini o‟z

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə