O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instuti farmatsiya yo'nalishi kafedra: Dori tayyorlash


Ko’p komponentli o’simlik xom ashyolaridan suvli ajratmalarni tayyorlaganda damlamalar bir xil ekstraksiya rejimini talab etsa, ular bitta infundirkada tayyorlanadi



Yüklə 95,31 Kb.
səhifə3/6
tarix17.09.2023
ölçüsü95,31 Kb.
#122155
1   2   3   4   5   6
2.F.T

Ko’p komponentli o’simlik xom ashyolaridan suvli ajratmalarni tayyorlaganda damlamalar bir xil ekstraksiya rejimini talab etsa, ular bitta infundirkada tayyorlanadi.

  • Misol. Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 10,0- 200 ml Infusi foliorum Menthae 4,0 Coffeini-natri benzoatis 0,4 Amidopyrini 0,6 Natrii bromidi 3,0 Magnesii sulfatis 0,8 M.D.S.
  • Tayyorlanishi: maydalangan dorivor o’simliklar (10 g valeriana ildizpoyasi va 4 g yalpiz barglari) oldindan isitilgan infundirkaga solinadi, ustiga uy haroratidagi 239 ml tozalangan suv quyiladi. 200—(10*2,9q4*2,4)=238,6 ml ustiga qopqog’ini yopib, 15 daqiqa davomida qaynab turgan suv hammomida damlanadi.
  • Keyin damlama 45 daqiqa sovitilib, o’lchamli idishga suzib o’tkaziladi. Suzib o’tkazilgan damlamada 0,4 g kofein-natriy benzoat, 0,6 g amidopirin, 3 g natriy bromid, 0,8 magniy sulfat eritiladi, flakonga suzib o’tkaziladi

Agarda dorivor o’simliklardan tayyorlanadigan damlamalar har xil ekstraksiya sharoitini talab etsa, har bir dorivor o’simlik uchun alohida ekstraksiya qilinadi

  • Bu holda har bir dorivor o’simlik uchun ishlatiladigan suv miqdori xom ashyodan 10 baravar ko’p bo’lishi bilan birga, o’simlikning suv shimish koeffitsienti hisobga olingan bo’lishi kerak.
  • Rp.: Radicis Althaeae 10,0
  • Rizomatis cum radicibus Valerianae — 8,0

    Herbae leonuri

    Foliorum Farfarae 20,0

    Frangulae 25,0

    Aguae purificata ad 1000 ml M.D.S.

    Dorixat tarkibidagi xom ashyo o’zining tayyorlanishi bo’yicha uch guruhga bo’linadi: gulxayri ildizi sovuq usulda ekstraksiya qilinadi. Valeriana ildizpoyasi, arslonquyruq o’ti, ko’ka barglaridan damlama tayyorlanadi. Bodrezak po’slog’idan esa qaynatma tayyorlanadi. Erituvchi suvni uch qismga ajratiladi: Gulxayri ildizidan shilimshiq modda to’liq ajralishi uchun 200 ml ekstrakt tayyorlash kerak.

Buning uchun 13 g (10*1,3) gulxayri ildizi va 260 ml (200*1,3) suv solinadi. Bodrezak po’slog’i uchun 300 ml (250q2*25) suv olish kerak.

  • Buning uchun 13 g (10*1,3) gulxayri ildizi va 260 ml (200*1,3) suv solinadi. Bodrezak po’slog’i uchun 300 ml (250q2*25) suv olish kerak.
  • Valeriana ildizpoyasi, arslonquyruq o’ti va ko’ka barglari uchun 440ml (1000-200250q20x3,0q8x2,9q2,0) suv olinadi.
  • Uchala ekstrakt alohida-alohida tayyorlanib, har birining hajmi o’z me’yoriga etkaziladi (200 ml, 250 ml va 550 ml), keyin esa uchalasi qo’shib yuboriladi
  • Suvli ajratmalarning sifatini aniqlash uchun xujjati, dorixat pasport, joylanishi, rasmiylashtirilgani, shuningdek “Salqin joyda saqlansin”, “Ichishdan oldin chayqatilsin” degan yorliqlar bor-yo’kligi, hidi, rangi, mazasi, mexaniq iflosliklar yo’kligi va ularning hajmi to’griligi tekshiriladi.
  • Suvli ajratmalar olishni mukammallashtirish uchun: 1.Ularni turg’unligini oshirish uchun konservantlar qo’shiladi: 10% etanol, 0,1% natriy benzoat, 0,05-0,1% sorbin kislota, 0,1% nipagin va nipazol. 2.Fizik-kimyoviy taxlil usullarini takomillashtirish. 3.Apparaturalarni yangilarini ishlab chiqarish. 4.Ekstrakt-konsentratlar assortimentini ko’paytirish. 5.har xil tarkibli yigmalar summasini taklif etish. 6.Ekstrakt konsentratlarning gigroskopikligini kamaytirish. 7.Suvli ajratmlardan tayyorlanadigan (BFM saqlagan) xom ashyolardan turli choy tarkiblarini taklif etish; 8.quruq va suyuq ekstrakt konsentratalardanmikrokapsulalar texnologiyasini taklif etish; 9. Suvli ajratmalar taxlil usullarini takomillashtirish

Yüklə 95,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə