O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 218,05 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü218,05 Kb.
#159232
1   2   3   4
Tirik organizmlarda bo‘g‘imlar va richaglar

Bir o ‘qli ho‘g ‘imlar. 1. Silindrsimon yoki g‘ildiraksimon bo‘g‘im (masalan, proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imi, bunda bilak ichkariga burash — pronatsiya harakati bilan tashqariga burash — supinatsiya harakatini bajaradi). 2. G‘altaksimon yoki chig‘irsimon bo‘g‘im (masalan, barmoqlar falangaaro bo‘g‘imlari) bunday bo‘g‘imda frontal o‘q atrofida harakatlar bo‘lib turadi
(bukish va yozish).
Ikki o ‘qli bo‘g ‘imlar. 1. Ellipssimon bo‘g‘im (masalan, bilak-kaft, ya’ni bilakuzuk bo‘g‘imi), bunda bir-biriga tik ikkita gorizontal o‘q atrofida: frontal o‘q
bilan (bukish va yozish) sagittal o‘q atrofida (uzoqlashtirish va yaqinlashtirish) harakatlar bo‘lib turadi. 2.
Do‘ngli bo‘g!im (masalan, tizza bo‘g‘imi). 3. Egarsimon bo‘g‘im (masalan, I barmoqning kaft usti kaft bo‘g‘imi); bunday bo‘g‘imda bir-biriga tik ikki o‘q atrofida: frontal o‘q bilan (bukish va yozish) sagittal o‘q atrofida (uzoqlashtirish
va yaqinlashtirish) harakatlari bo‘lib turadi.
K o‘p o ‘qli bo‘g4ndar. 1. Sharsimon bo‘g‘imlar (masalan, yelka bo‘g‘imi).
Bularda bir-biriga tik bo‘lgan va boshchasining mar-kazida bir-biri bilan kesishadigan uchala asosiy o‘q tafovut qilinadi. Sharsimon bo‘g‘im barcha bo‘g‘imlaming eng erkini hisoblanib, unda oldinga va orqaga bukish, uzoqlashtirish va yaqinlashtirish, ichkariga va tashqariga aylantirish harakatlari bo‘lib turadi. 2. Yassi bo‘g‘imlar (masalan, umurtqalararo bo‘g‘imlar). Bularda deyarli yassi bo‘g‘im yuzalari bo'ladi. Bo‘g‘im yuzalari tafovuti bularda arzimas
8


bo‘lgani uchun harakatlarining hajmi ham katta emas.
Yangi bo‘g‘inlami qo‘shish kinematik harakatchanlikni oshira-di. Masalan,
umurtqalararo bo‘g‘inlarning muayyan harakatchanligi tufayli (etarlicha chegaralangan boMsada) bosh miya suyagi oltita erkinlik darajasiga ega.
Skelet suyaklari va muskuliar birlashmasidan iborat bolgan bo‘g‘inlar, odam tayanch — harakatlanish sistemasini fizika nuqtai nazaridan odamni muvozanatda
saqlab turuvchi raqamlar to‘plamidan iborat deb tasavvur qilish imkonini beradi. Anatomiyada richaglarni ikki xil ko‘rishida bir-biridan farqlashadi: birinchisi kuch richaglari bo‘lib bularda kuchdan yutib, ko‘chishdan yutqaziladi, ikkinchisi
— tezlik richaglari bo‘lib, bularda kuchdan yutqazib, ko‘chish tezligidan yutiladi. Pastki jag‘ tezlik richagiga yaxshi misol bo‘la oladi. Ta’sir qiluvchi kuchni
chaynov muskuli yuzaga keltiradi. Ovqatni ezish paytida yuzaga kelgan qarama- qarshi ta’sir etuvchi qarshilik kuchi — tishlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’ir qiluvchi kuchning yelkasi qarama-qarshi ta’sir etuvchi kuchning elkasidan birmuncha qisqa bo‘lgani sababli chaynov muskuli qisqa va kuchli bo‘ladi. Qandaydir qatiq jismni tish yordamida chaqish lozim bo‘lganda, odam buni jag‘ tishlari yordamida
amalga oshirishga harakat qiladi, chunki bunda qarshilik kuchining yelkasi kamayadi.
Agar odam skeleti bitta organizmda mahkamlangan alohida-alohida bo‘g‘inlar to!plamidan iborat deb qaralsa, gavdaning normal
holatdagi turishida bu bo‘g‘inlaming hammasi juda turg‘unmas holatda bo‘lgan sistemani hosil qilgani ma’lum bo‘ladi. Jumladan, tana tayanchi chanoq-son bog‘lanishi shar shaklli sirt ко rinishida berilgan. Tananing massalari markazi tayanch nuqtasidan yuqoriroq joylashgani uchun shar shaklidagi tayanchda turg‘unmas muvozanat hosil qiladi. Bunga tizza va boldir-tovon birlashmalari
ham misol bo‘la oladi. Shu°sababli bu bo‘g‘inlaming hammasi turg‘unmas muvozanat holatida bo‘ladi.
Normal, tikka turgan odam tanasi massalari markazi chanoqson, tizza va oyoq boldir-tovon birlashmalari markazlari bilan bir vertikalda, dumg‘aza
tumshug‘idan 2-2,5 sm pastda va chanoq son o‘qidan 4-5 sm yuqorida joylashgan
9


bo‘ladi. Shunday qilib, normal tikka turish, bir-biri bilan tutashib ketgan skelet bo‘g‘inlarining, eng turg‘unmas bir hofatidir. Shunga qaramasdan butun sistemaning muvozanatda saqlanishiga sabab, faqat ushlab turuvchi muskuliar sistemasining doimiy taranglanib turishi tufaylidir. Hayot ko`rinishida bo`lgan ko`pgina harakatlar fizik va kimyoviy qonunlarga asoslangan, tirik bo`lmagan hayotga bo`ysunadi. Shulardan kelib chiqib, biz hayot hodisalarining kimyoviy va fizikaviy asosini yaxshi bilsak, tirik jonlarning sintezlanishini ham tushunamiz. A Konbergning 1958 yilda, DNK maxsus molekulalarini fermentativ yo`l bilan sintezlashi, hayotning paydo bo`lish qonuniyatlarini bilishda katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Bir vaqtlar vitalizm tarafdorlari, hayotni ma'lum bo`lmagan fizik va kimyoviy qonuniyatlar yaratadi va kuzatib boradi, degan xulosalar qilishgan. Hayotning ko`pgina hodisalari ular tasavvurida sirli kashfiyot bo`lib, bu hodisalarni
o`rganish uchun ma'lum ilmiy izlanishlarni taklif qilgandilar.

Ma'lumki, har bir tirik organizm o`ziga xos shakl va tashqi ko`rinishga ega, voyaga yetmagan indivumlar o`ziga xos kattalikda shakllangan. Tirik bo`lmaganlarning, albatta, hajmi va shakli doimo bir xil bo`lmaydi. Tirik organizmlar maxsus vazifalarni bajaruvchi turli qismlardan iborat bo`lib, ular maxsus murakkab tashkillanish bilan xarakterlidir.

Barcha tirik organizmlar o`simlik va hayvonlarning hujayrasi bo`ladi, bunday organizmlar eng asosiy qismi o`zi alohida yashashi mumkin. Ammo har bir organizmning hujayrasi o`ziga xos xususiyatga ega. Hujayraning hajmi va shakli o`zgarishi mumkin. Hujayrani tashqi muhitdan ajratib turuvchi plazmatik membranasi bor, hujayra asosini yadro tashkil qiladi, yadro maxsus parda bilan o`ralgan. Yadro hujayra hayotida alohida o`rin egallab, uning vazifalarini tartibga solib turadi. Ko`p hujayrali tirik organizmlar-hayvonlar va o`simliklar o`ta tartib bilan murakkab tashkillanishga ega. Hujayra to`qimadan tashkil topsa, to`qima
10



organlardan, organlar esa organlar tizimidan tashkil topgan bo`ladi.

Protoplazma orqali amalga oshadigan organizmning o`sishi, tiklanishi hamda mavjud bo`lishi uchun lozim bo`lgan barcha kimyoviy jarayonlar yig`indisiga modda almashinuvi yoki "metabolizm" deb ataladi. Har bir hujayradagi


protoplazma uzluksiz o`zgarib turadi va bu jarayonda yangi moddalarni o`ziga singdiradi, ularni turli xil kimyoviy o`zgarishga duchor qiladi, yangi protoplazma quradi va kinetik energiyaga hamda issiqlikni potensial energiyaga aylantirib, yirik molekulali oqsil, yog` va uglevodlar hosil qilish bilan birga bu moddalarni juda oddiy birikmalarga aylantiradi.

Energiyaning uzluksiz sarflanishi tirik organizmlar uchun xos bo`lgan xususiyatdir. Ayrim protoplazma turlari juda aktiv modda almashish xususiyatiga ega. Buni masalan, bakteriyalarda kuzatish mumkin. Yana boshqa tiplari,


masalan, urug` va spora protoplazmalarida modda almashinuv o`ta past darajada bo`lib, uni sezish juda qiyin. Ba'zan bir turga mansub organizmlarda modda almashinuvi yosh, jins, sog`lomlik darajasiga, endokrin bezlari yoki homiladorlik kabi omillarga qarab o`zgarib boradi.

Almashuv jarayoni anabolik yoki katabolik bo`lishi mumkin. "Anabolizm" atamasi shunday kimyoviy jarayonlarga qo`llanadiki, bu vaqtda eng oddiy moddalar birikib, o`zaro murakkab moddalar hosil qiladi, bu narsa energiya to`planishi va yangi protoplazma hosil bo`lishiga, xajmi oshishiga va nihoyat o`sishga olib keladi.



Katobolizm deb, hosil bo`lgan murakkab moddalarning energiyani sarflashi va uni yo`q qilib, protoplazmaning yo`qolib borishiga aytiladi. Har ikkala jarayon ham uzluksiz ravishda boradi. Bu jarayonlar bir-biri bilan o`ta bog`liq bo`lib,
ularni bir-biridan ajratish qiyin.

11


Murakkab birikmalar parchalanadi va ularning asos qismi bir-biri bilan birlashib, yangi kombinatsiyalar hosil qiladi. Katabolizmning anabolizm bilan mos kelishini tanamizdagi hujayralarda uzluksiz ravishda uglerod, oqsil va yog`larni o`zaro aylanishidan ham ko`rish mumkin. Anabolik jarayonlar katta energiya talab
qilgani uchun energiya beradigan qandaydir katabolik jarayonlar bo`lishi va natijada ko`plab molekulalar hosil bo`lishi lozim.

O`simliklardagi kabi barcha hayvonlarda ham modda almashinuvida anabolik va katabolik jarayonlar o`tadi. Lekin o`simliklar, odatda, o`zi tuproq va havodagi anorganik moddalarni sintez qilib, organik birikmalarga aylantirish imkoniga ega, hayvonlarda esa bu jarayon ular o`simliklar bilan oziqlanishiga bog`liq.



Tirik organizmlarning yana bir xususiyati ularning harakatlanishidir. Albatta, hayvonlarning harakatini ko`z bilan ko`ramiz, ular yuradi, suzadi, chopadi, sudraladi yoki uchadi. O`simliklarda harakatni ko`z bilan ko`rish boshqa tarzda kechadi. O`simlik harakati go`yo sezilmasdan kechadi: ma'lum vaqtdan so`ng o`simlikning biron organida bo`yiga yoki eniga o`zgarish bo`lganini ko`ramiz. Demak, harakat mavjud. Ayrim hayvonlar-gubki, marjonlar, ustritsa va ba'zi parazitlar bir joyda turadi, ammo bu jonzotlarning jgutlari yoki ipchalari mavjud bo`lib, ular suyuq muhitdan bu organizmlar hayoti uchun zarur ozuqalarni yetkazib beradi. Ularning harakatlari muskullarning qisqarishi, protoplazma tuklarining o`sishi, oqimda protoplazma massasining oqishida kuzatiladi. O`simlik barglari hujayralarida protoplazmalarning oqimiga sikloz deyiladi.

Barcha tirik organizmlar ta'sirlanish qobiliyatiga ega bo`lib, tashqi muhitdagi fizik va kimyoviy o`zgarishlar ularga to`g`ridan-to`g`ri ta'sir qiladi. Ko`pgina hayvon
va o`simliklar rang, yorug`lik nurlarining tezligi yoki yo`nalishidan, harorat, bosim, tovush, tuproqning kimyoviy tarkibi suv, atmosfera va tashqi muhitdan ta'sirlanadilar. Odam va murakkab rivojlangan ba'zi hayvonlarda tana hujayralari, ayrim ta'sirlarni alohida organlari orqali sezadi. Masalan, til-ta'mni biladi, burun
12


hujayralari hid biladi, ayrim teri hujayralari harorat va bosimga qarab ta'sirlanadi. Tuban o`simlik va hayvonlarda bunday maxsus hujayralar bo`lmaydi, ammo organizm bari-bir ta'sirlanadi. Bir hujayrali o`simlik va hayvonlarga ta'sir yo`nalish bo`yicha harakat bilan, issiq yoki sovuq bilan kichik ignalarini tegizishi bilan qarshilik ko`rsatadilar.

O`simlik hujayralarining ta'sirlanishi hayvonlardagidek sezilarli va yaqqol bo`lmaydi, ammo o`simlik hujayralari tashqi muhitdan juda tez ta'sirlanadilar. O`simlik hujayrasida protoplazma oqimi yorug`lik ta'sirida ba'zan tezlashadi yoki mutloq to`xtab qoladi. Ayrim o`simliklar juda sezgir bo`lib, ular o`zlariga
qo`ngan hasharotlarni ushlab oladilar. Ularning bargi o`rta o`zagi bo`ylab tez bukiladi, barg chetlari esa tukchalar bilan qoplangan. Bargga hasharot qo`nishi bilan u tezda buklanib, bir-biriga yaqinlashadi, tukchalar birlashib hasharotning uchishiga yo`l bermaydi, keyin barglar o`zidan suyuqlik chiqarib hashoratni o`ldiradi va uni hazm qiladi. Bunday o`simliklar azot kam bo`lgan tuproqlarda o`sadi va o`zlarining azotga bo`lgan talabini o`ljalari orqali qondiradilar.

Tirik organizmlarning yana bir muhim xususiyati o`sish bo`lib, bu anabolizmning mahsulidir. Protoplazma hajmining o`sishi ayrim hujayralar hajmining yiriklashishi evaziga boradi. Bunday holat ba'zan hujayra hajmi suvni ko`p singdirib olganda ham kuzatiladi ammo bu o`sishga kirmaydi. O`sish deganda organizmda tirik moddalar soni ko`payishi va miqdor jihatdan yoki azot yohud oqsilning oshishi tushuniladi. Organizmda har xil organ ko`pincha bir qonuniyat asosida o`sib boradi, ba'zan bitta qism alohida ajralib tez o`sishi mumkin. Bu vaqtda tana proporsiyasi o`zgaradi. Ayrim yirik daraxtlar juda uzoq vaqt o`sishi mumkin. Ammo hayvonlarda o`sish ma'lum vaqtga yetgandan so`ng to`xtaydi. Keyin vazn deyarli o`zgarmaydi. O`sish jarayonining eng muhim xususiyati
shuki, organizm o`sayaptimi, demak, unda hayotiy jarayonlar borayapti.

Bu xususiyat barcha tirik organizmlarga xos bo`lib, unda hayotning abadiyligi
13


qayta ko`payish yo`li bilan tasdiqlanadi. Tabiatdagi barcha tirik organizm o`zidan nasl qoldirishga harakat qiladi va bu jarayon ularning bosh vazifasi hisoblanadi, hatto, eng oddiy viruslar harakat qilmasada, o`smasada, o`z-o`zidan ko`payadi. Shuning uchun ham ularni tirik organizm deb atashadi. Bunda biologlarning asosiy xulosasi "hamma tiriklar faqat tiriklardan paydo bo`ladi"ning to`g`riligiga amin bo`lasiz.

Ko`payish jarayonida oddiy bir indivum bo`linib, ikki indivumga aylanadi. O`simlik va hayvonlarda bu jarayon maxsus tuxum va urug` hujayralarining


o`zaro birikib yoki urug`lanib yangi organizm hosil bo`lishida kuzatiladi. Ayrim parazit qurtlarda ko`payish jarayoni mutlaqo boshqacha kechadi: ular tug`ish
orqali ko`payadi. Bo‘g‘imiar biomexanikasi. Bo‘g‘im yuzalarini shakli jihatidan olganda aylanuvchi geometrik jismlan bir o‘q atrofida aylanadigan silindr; ikkita o‘q atrofida aylanadigan ellips va uch hamda bundan ko'ra ko‘proq o‘q atrofida aylanadigan shar kesmalari, deb qarash mumkin. Bo‘g‘imlarda bo‘lib turadigan harakatlaming quyidagi turlari tafovut qilinadi;
1) frontal (gorizontal, ko‘ndalang) o‘q atrofida qilinadigan harakat — bukish va yozish;
2) sagittal (oldingi-orqa gorizontal) o‘q atrofida qilinadigan harakatlar —
o‘rta tekislikka yaqinlashtirish va undan uzoqlash-tirish;
3) tik o‘q atrofida qilinadigan harakatlar, ya’ni ichkari va tashqari yoki o‘ng va chapga qarab aylantirish;
4) aylanma harakatlar. Bo‘g‘im funksiyasi harakatlarining nechta o‘q atrofida bo‘lib turishiga, shuningdek, qo‘shiluvchi yuzalarining shakliga bog‘liq. Bo‘g‘imlarning anatomik-fiziologik jihatdan asoslangan quyidagi yagona klassifikatsiyasini ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi.

Yüklə 218,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə