O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 218,05 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü218,05 Kb.
#159232
  1   2   3   4
Tirik organizmlarda bo‘g‘imlar va richaglar






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI






2-DAVOLASH FAKULTETI 126-B GURUH TALABASI
MUHAMMADYO'LDOSHEVA GULIRA'NONING
BIOFIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

TEKSHIRDI:_________________________






REJA:

Kirish
Asosiy qism


1. aparoskopik operatsiyalar haqidaterapiya.
Xulosa
Mavzu bo’yicha test savollari Glossari
Qisqartma so’zlar
Foydalanilgan adabiyotlar


Mavzu: Tirik organizmlarda bo‘g‘imlar va richaglar Mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari odatda uning hara-katdagi
qo‘zg‘aluvchan yoki qo‘zg‘almas qismlari bilan tutashtiril-gan bo‘ladi. Bir necha qo‘zg‘aluvchan bo‘g‘inlarning birlashmasi kinematik bog‘lanishni hosil qiladi. Odam tanasi — kinematik bog‘lanishga misoldir.
Barcha tirik organizmlar o`ziga xos belgilariga hajmga: shaklga, modda almashinuviga, harakatchanlik, ta'sirlanish qobiliyatiga, o`sish, ko`payish xususiyatlariga ega. Tirik organizmlar o`rtasida aniq farq bo`lishiga qaramasdan, o`lik va tirik organizmlar o`rtasida farq shartli belgilangan. Masalan, viruslar tirikmi yoki o`likmi? Bu savolga javobni ularning qaerda, qanday holda mavjudligiga qarab javob berish mumkin. Tirik bo`lmagan organizmlar, ham yuqoridagi xususiyatlarning bir nechasiga ega bo`lishi mumkin, ammo shu xossalarga birdaniga ega bo`la olmaydi. Kristallar to`yintirilgan eritmada tez o`sadi, natriy metallining bo`lakchasi suv yuzida tez harakatlanadi, moy tomchilari, glitserin va spirt aralashmalari xuddi amyobaga o`xshab harakat qiladi.

Hayot ko`rinishida bo`lgan ko`pgina harakatlar fizik va kimyoviy qonunlarga asoslangan, tirik bo`lmagan hayotga bo`ysunadi. Shulardan kelib chiqib, biz hayot hodisalarining kimyoviy va fizikaviy asosini yaxshi bilsak, tirik jonlarning sintezlanishini ham tushunamiz. A Konbergning 1958 yilda, DNK maxsus molekulalarini fermentativ yo`l bilan sintezlashi, hayotning paydo bo`lish qonuniyatlarini bilishda katta ahamiyatga ega bo`ldi.



Bir vaqtlar vitalizm tarafdorlari, hayotni ma'lum bo`lmagan fizik va kimyoviy qonuniyatlar yaratadi va kuzatib boradi, degan xulosalar qilishgan. Hayotning ko`pgina hodisalari ular tasavvurida sirli kashfiyot bo`lib, bu hodisalarni
o`rganish uchun ma'lum ilmiy izlanishlarni taklif qilgandilar.

Ma'lumki, har bir tirik organizm o`ziga xos shakl va tashqi ko`rinishga ega,
3


voyaga yetmagan indivumlar o`ziga xos kattalikda shakllangan. Tirik bo`lmaganlarning, albatta, hajmi va shakli doimo bir xil bo`lmaydi. Tirik organizmlar maxsus vazifalarni bajaruvchi turli qismlardan iborat bo`lib, ular maxsus murakkab tashkillanish bilan xarakterlidir.

Barcha tirik organizmlar o`simlik va hayvonlarning hujayrasi bo`ladi, bunday organizmlar eng asosiy qismi o`zi alohida yashashi mumkin. Ammo har bir organizmning hujayrasi o`ziga xos xususiyatga ega. Hujayraning hajmi va shakli o`zgarishi mumkin. Hujayrani tashqi muhitdan ajratib turuvchi plazmatik membranasi bor, hujayra asosini yadro tashkil qiladi, yadro maxsus parda bilan o`ralgan. Yadro hujayra hayotida alohida o`rin egallab, uning vazifalarini tartibga solib turadi. Ko`p hujayrali tirik organizmlar-hayvonlar va o`simliklar o`ta tartib bilan murakkab tashkillanishga ega. Hujayra to`qimadan tashkil topsa, to`qima organlardan, organlar esa organlar tizimidan tashkil topgan bo`ladi.

Protoplazma orqali amalga oshadigan organizmning o`sishi, tiklanishi hamda mavjud bo`lishi uchun lozim bo`lgan barcha kimyoviy jarayonlar yig`indisiga modda almashinuvi yoki "metabolizm" deb ataladi. Har bir hujayradagi


protoplazma uzluksiz o`zgarib turadi va bu jarayonda yangi moddalarni o`ziga singdiradi, ularni turli xil kimyoviy o`zgarishga duchor qiladi, yangi protoplazma quradi va kinetik energiyaga hamda issiqlikni potensial energiyaga aylantirib, yirik molekulali oqsil, yog` va uglevodlar hosil qilish bilan birga bu moddalarni juda oddiy birikmalarga aylantiradi.

Energiyaning uzluksiz sarflanishi tirik organizmlar uchun xos bo`lgan xususiyatdir. Ayrim protoplazma turlari juda aktiv modda almashish xususiyatiga ega. Buni masalan, bakteriyalarda kuzatish mumkin. Yana boshqa tiplari,


masalan, urug` va spora protoplazmalarida modda almashinuv o`ta past darajada bo`lib, uni sezish juda qiyin. Ba'zan bir turga mansub organizmlarda modda almashinuvi yosh, jins, sog`lomlik darajasiga, endokrin bezlari yoki homiladorlik
4


kabi omillarga qarab o`zgarib boradi.

Almashuv jarayoni anabolik yoki katabolik bo`lishi mumkin. "Anabolizm" atamasi shunday kimyoviy jarayonlarga qo`llanadiki, bu vaqtda eng oddiy moddalar birikib, o`zaro murakkab moddalar hosil qiladi, bu narsa energiya to`planishi va yangi protoplazma hosil bo`lishiga, xajmi oshishiga va nihoyat o`sishga olib keladi.



Katobolizm deb, hosil bo`lgan murakkab moddalarning energiyani sarflashi va uni yo`q qilib, protoplazmaning yo`qolib borishiga aytiladi. Har ikkala jarayon ham uzluksiz ravishda boradi. Bu jarayonlar bir-biri bilan o`ta bog`liq bo`lib,
ularni bir-biridan ajratish qiyin.

Murakkab birikmalar parchalanadi va ularning asos qismi bir-biri bilan birlashib, yangi kombinatsiyalar hosil qiladi. Katabolizmning anabolizm bilan mos kelishini tanamizdagi hujayralarda uzluksiz ravishda uglerod, oqsil va yog`larni o`zaro aylanishidan ham ko`rish mumkin. Anabolik jarayonlar katta energiya talab


qilgani uchun energiya beradigan qandaydir katabolik jarayonlar bo`lishi va natijada ko`plab molekulalar hosil bo`lishi lozim.

O`simliklardagi kabi barcha hayvonlarda ham modda almashinuvida anabolik va katabolik jarayonlar o`tadi. Lekin o`simliklar, odatda, o`zi tuproq va havodagi anorganik moddalarni sintez qilib, organik birikmalarga aylantirish imkoniga ega, hayvonlarda esa bu jarayon ular o`simliklar bilan oziqlanishiga bog`liq.



Tirik organizmlarning yana bir xususiyati ularning harakatlanishidir. Albatta, hayvonlarning harakatini ko`z bilan ko`ramiz, ular yuradi, suzadi, chopadi, sudraladi yoki uchadi. O`simliklarda harakatni ko`z bilan ko`rish boshqa tarzda kechadi. O`simlik harakati go`yo sezilmasdan kechadi: ma'lum vaqtdan so`ng o`simlikning biron organida bo`yiga yoki eniga o`zgarish bo`lganini ko`ramiz.
5


Demak, harakat mavjud. Ayrim hayvonlar-gubki, marjonlar, ustritsa va ba'zi parazitlar bir joyda turadi, ammo bu jonzotlarning jgutlari yoki ipchalari mavjud bo`lib, ular suyuq muhitdan bu organizmlar hayoti uchun zarur ozuqalarni yetkazib beradi. Ularning harakatlari muskullarning qisqarishi, protoplazma tuklarining o`sishi, oqimda protoplazma massasining oqishida kuzatiladi. O`simlik barglari hujayralarida protoplazmalarning oqimiga sikloz deyiladi.

Barcha tirik organizmlar ta'sirlanish qobiliyatiga ega bo`lib, tashqi muhitdagi fizik va kimyoviy o`zgarishlar ularga to`g`ridan-to`g`ri ta'sir qiladi. Ko`pgina hayvon
va o`simliklar rang, yorug`lik nurlarining tezligi yoki yo`nalishidan, harorat, bosim, tovush, tuproqning kimyoviy tarkibi suv, atmosfera va tashqi muhitdan ta'sirlanadilar. Odam va murakkab rivojlangan ba'zi hayvonlarda tana hujayralari, ayrim ta'sirlarni alohida organlari orqali sezadi. Masalan, til-ta'mni biladi, burun hujayralari hid biladi, ayrim teri hujayralari harorat va bosimga qarab ta'sirlanadi. Tuban o`simlik va hayvonlarda bunday maxsus hujayralar bo`lmaydi, ammo organizm bari-bir ta'sirlanadi. Bir hujayrali o`simlik va hayvonlarga ta'sir
yo`nalish bo`yicha harakat bilan, issiq yoki sovuq bilan kichik ignalarini tegizishi bilan qarshilik ko`rsatadilar.

O`simlik hujayralarining ta'sirlanishi hayvonlardagidek sezilarli va yaqqol bo`lmaydi, ammo o`simlik hujayralari tashqi muhitdan juda tez ta'sirlanadilar. O`simlik hujayrasida protoplazma oqimi yorug`lik ta'sirida ba'zan tezlashadi yoki mutloq to`xtab qoladi. Ayrim o`simliklar juda sezgir bo`lib, ular o`zlariga


qo`ngan hasharotlarni ushlab oladilar. Ularning bargi o`rta o`zagi bo`ylab tez bukiladi, barg chetlari esa tukchalar bilan qoplangan. Bargga hasharot qo`nishi bilan u tezda buklanib, bir-biriga yaqinlashadi, tukchalar birlashib hasharotning uchishiga yo`l bermaydi, keyin barglar o`zidan suyuqlik chiqarib hashoratni o`ldiradi va uni hazm qiladi. Bunday o`simliklar azot kam bo`lgan tuproqlarda o`sadi va o`zlarining azotga bo`lgan talabini o`ljalari orqali qondiradilar.

6


Tirik organizmlarning yana bir muhim xususiyati o`sish bo`lib, bu anabolizmning mahsulidir. Protoplazma hajmining o`sishi ayrim hujayralar hajmining yiriklashishi evaziga boradi. Bunday holat ba'zan hujayra hajmi suvni ko`p singdirib olganda ham kuzatiladi ammo bu o`sishga kirmaydi. O`sish deganda organizmda tirik moddalar soni ko`payishi va miqdor jihatdan yoki azot yohud oqsilning oshishi tushuniladi. Organizmda har xil organ ko`pincha bir qonuniyat asosida o`sib boradi, ba'zan bitta qism alohida ajralib tez o`sishi mumkin. Bu vaqtda tana proporsiyasi o`zgaradi. Ayrim yirik daraxtlar juda uzoq vaqt o`sishi mumkin. Ammo hayvonlarda o`sish ma'lum vaqtga yetgandan so`ng to`xtaydi. Keyin vazn deyarli o`zgarmaydi. O`sish jarayonining eng muhim xususiyati
shuki, organizm o`sayaptimi, demak, unda hayotiy jarayonlar borayapti.

Bu xususiyat barcha tirik organizmlarga xos bo`lib, unda hayotning abadiyligi qayta ko`payish yo`li bilan tasdiqlanadi. Tabiatdagi barcha tirik organizm o`zidan nasl qoldirishga harakat qiladi va bu jarayon ularning bosh vazifasi hisoblanadi, hatto, eng oddiy viruslar harakat qilmasada, o`smasada, o`z-o`zidan ko`payadi. Shuning uchun ham ularni tirik organizm deb atashadi. Bunda biologlarning asosiy xulosasi "hamma tiriklar faqat tiriklardan paydo bo`ladi"ning to`g`riligiga amin bo`lasiz.



Ko`payish jarayonida oddiy bir indivum bo`linib, ikki indivumga aylanadi. O`simlik va hayvonlarda bu jarayon maxsus tuxum va urug` hujayralarining o`zaro birikib yoki urug`lanib yangi organizm hosil bo`lishida kuzatiladi. Ayrim parazit qurtlarda ko`payish jarayoni mutlaqo boshqacha kechadi: ular tug`ish orqali ko`payadi. Bo‘g‘imiar biomexanikasi. Bo‘g‘im yuzalarini shakli jihatidan olganda aylanuvchi geometrik jismlan bir o‘q atrofida aylanadigan silindr; ikkita o‘q atrofida aylanadigan ellips va uch hamda bundan ko'ra ko‘proq o‘q atrofida aylanadigan shar kesmalari, deb qarash mumkin. Bo‘g‘imlarda bo‘lib turadigan harakatlaming quyidagi turlari tafovut qilinadi;
1) frontal (gorizontal, ko‘ndalang) o‘q atrofida qilinadigan harakat — bukish
7


va yozish;
2) sagittal (oldingi-orqa gorizontal) o‘q atrofida qilinadigan harakatlar —
o‘rta tekislikka yaqinlashtirish va undan uzoqlash-tirish;
3) tik o‘q atrofida qilinadigan harakatlar, ya’ni ichkari va tashqari yoki o‘ng va
chapga qarab aylantirish;
4) aylanma harakatlar. Bo‘g‘im funksiyasi harakatlarining nechta o‘q atrofida
bo‘lib turishiga, shuningdek, qo‘shiluvchi yuzalarining shakliga bog‘liq. Bo‘g‘imlarning anatomik-fiziologik jihatdan asoslangan quyidagi yagona klassifikatsiyasini ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi.

Yüklə 218,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə