O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
ПТЭ узб

1-BO’LIM


UMUMIY QOIDALAR

O‘zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo‘llari va temiryo‘l transporti xodimlarining asosiy nizomlarini, ish tartibini, muhim inshootlar, qurilmalar va harakat tarkiblarini saqlash me’yorlarini, asosiy o‘lchamlarini, ularga bo‘lgan talablarni, poyezdlar harakatini tashkil qilish tizimini va signalizatsiya prinsiplarini, shuningdek tezyurar va yuqori tezlikdagi yolovchi tashish poezdlarinning harakatini tashkil etilishini mazkur qoidalarning 1- va 2-ilovalariga muvofiq o‘rnatadi.


(birinchi abzatsga «O’zdavtemiryo’lnazorat» DI boshlig'ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’i asosida o'zgartirish kiritildi).
Ushbu qoida “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 1999 yil 15 aprel1, “Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2001 yil 2 mart2 va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy huquqiy hujatlar asosida ishlab chiqilgan.
Texnikaviy foydalanish qoidalari temiryul transportining barcha bo‘linmalari va xodimlari uchun majburiydir, ularni bajarilishi temiryo‘l transporti barcha bo‘g‘inlarida tartibni, temir yo‘llarining aniq va to‘xtovsiz ishlashini va harakat xavfsizligini ta’minlaydi.
Mazkur qoidalar “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining boshlig‘i buyrug’i (farmoyishi) bilangina o‘zgartirilishi mumkin.
Temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish masalalari bo‘yicha “O‘zdavtemiryo‘nazorat” inspeksiyasi temir yo‘l miqyosida respublika ahamiyatga ega bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi temir yo’laridan texnikaviy foydalanish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallash bo’yicha yo’riqnoma, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma va ko‘rsatmalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat-aksionerlik temiryo‘l kompaniyasi ( keyingi matinlarda DATK) vazirlik va idoralar esa - kompaniya bo‘limlarining tarmoq korxonalari faoliyatini belgilovchi yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi
Temir yo‘llari, ishnoot, qurilma va harakat tarkiblarini qurish, texnikaviy foydalanish va loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar mazkur goidalarning talablariga mos bo‘lishi kerak.
Go‘shni davlatlar bilan chegaradosh temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakati tartibi davlatlararo kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə