O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Temir yo’l transporti xodimlari ularga ishonib topshirilgan temir yo’l mulkini va tashilayotgan yuklarni asrashlari kerak. 10



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə4/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
ПТЭ узб

9. Temir yo’l transporti xodimlari ularga ishonib topshirilgan temir yo’l mulkini va tashilayotgan yuklarni asrashlari kerak.
10. Temir yo’l transporti xodimlarining alkagolli ichimliklar, zaharvand va giyohvand moddalar iste’mol qilgan holda o’z vazifalarini bajarishlari man etiladi. Bu holda aniqlangan shaxslar darhol ishdan chetlashtirilib, javobgarlikka tortiladilar.
2-BO’LIM


INSHOOT VA QURILMALAR


2-bob


UMUMIY QOIDALAR. GABARIT


11. Temir yo’l inshoot va qurilmalari soz ahvolda saqlanishi kerak.
Nosozliklar kelib chiqishini oldini olish va inshootlarning uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlash bunga javobgar shaxslarning asosiy vazifasi bo’lishi kerak.
Inshoot va qurilmalar ahvoliga javobgarlik bevosita ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar hamda ushbu inshoot va qurilmalar qarashli bo’lgan korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Qayd etilgan xodimlar lavozim vazifalariga ko’ra har biri o’z o’rnida inshoot va qurilmalarning ahvoli va ulardan foydalanish qoidalarini bilishlari, doimiy ravishda ularni tekshirib borishlari, texnik xizmat, ta’mirlash va asrashning yuqori sifatlarini ta’minlashlari kerak.
12. Inshootlar, qurilmalar, mexanizm va asbob-uskunalar tasdiqlangan loyiha hujjatlari va texnik shartlarga muvofiq bo’lishi kerak. Asosiy inshootlar, qurilma va asbob-uskunalarga ularning muhim texnik va foydalanish tavsiflariga ega bo’lgan texnik pasportlari tutilishi kerak. O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transportiga etkazilib beruvchi qurilma, mexanizm va asbob-uskunalar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq majburiy sertifikatlashdan o’tishi kerak.
Temir yo’l inshoot va qurilmalari poezdlarning belgilangan eng yuqori tezliklarda o’tkazishni ta’minlovchi talablariga mos kelishi kerak: yo’lovchi poezdlari – 140 km/soat, refrijerator va yuk poezdlari – 90 km/soat tezlik bilan. DATK boshgaruvi raisi tomonidan tasdiqlanagan ro’yxatga asosan O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarining ma’lum uchastkalari bo’ylab differensiallashgan (turli xil) tezliklar o‘rnatiladi.
(12 bandning 2-abzatsiga «O’zdavtemiryo’lnazorat» DI boshlig'ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga asosan o'zgartirish kiritildi).
Inshoot va qurilmalar konstruksiyalariga o’zgartirishlar kiritish ushbu inshoot va qurilmalarning loyiha hujjatlarini tasdiqlash xuquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslarning ruxsati bilangina amalga oshiriladi.
Asosiy inshoot va qurilmalarning tasniflanishi, davriy ta’mirlash muddati va saqlash me’yorlari DATK boshgaruvi raisi, O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari rahbarlarining tegishli qaror va farmoyishlari bilan o‘rnatiladi.
Inshoot va qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va saqlash bo’yicha ko’rsatma va namunaviy texnologik jarayonlar yo’l xo’jaligi boshqarmasi, aloqa va signallash markazi, elektrta’minoti markazi, lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi hamda ta’mirlash-foydalanish korxonalari tomonidan tasdiqlanadi, «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishiladi.
13. Yangidan qurilgan va qayta qurilgan liniya, inshoot, qurilma va binolar Qurib bitkazilgan temir yo’l transporti ob’ektlarini foydalanishga topshirish qoidalariga binoan qabul qilish hay’ati tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» ishtirokida doimiy foydalanishga qabul qilinishi kerak.
Yangidan qurilgan va qayta qurilgan inshoot va qurilmalar ularning ish tartibini belgilovchi, harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini ta’minlovchi hujjatlar (texnik-boshqaruv aktlar, ish bo’yicha yo’riqnomalar) tasdiqlangandan keyin hamda bu qurilma va inshootlarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning qayd qilingan hujjatlarni bilishlari tekshirilganidan so’ng foydalanishga topshiriladi.
14. Temir yo’l umumiy tarmoqlari va shahobcha yo’llarining yondashish stansiyalaridan ishlab chiqarish va transport korxonalari hududlarigacha joylashgan inshoot va qurilmalari O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti tomonidan belgilangan S - qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari talablariga javob berishi kerak.
Zavod, fabrika, ustaxonalar, depo, dengiz va daryo portlari, shaxtalar, yuk rayonlari, baza, omborlar, karer, elektrstansiyalar va boshqa sanoat va transport korxonalari hududida va ular orasida joylashgan inshoot va qurilmalar ham O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti tomonidan belgilangan Sp - qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari talablariga javob berishi kerak.
Temir yo’llar, shahobcha yo’llar va ulardagi inshoot va qurilmalarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurishda, ikkinchi yo’llarni elektrlashtirish va qurishda, shuningdek, ko’rsatilgan gabaritlarga tenglashtirilgan foydalanishdagi qurilmalarda S va Sp gabaritlariga rioya qilish kerak. Temir yo’llar, qurilma va inshootlarni yangidan qurish va qayta qurishda S va Sp gabaritlarni qo’llash xususiyatlari, S va Sp gabaritlari talablariga javob bermaydigan va eski me’yor bo’yicha qurilgan amaldagi qurilma va inshootlarga bo’lgan talablar, qurilma va inshoot gabaritlarini tekshirish va nogabarit joylarni yo’qotish tartiblari Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasida ko’zda tutilgan.
S, Sp gabaritlari talablariga javob bermaydigan amaldagi inshoot va qurilmalarni qayta qurishni loyihalashtirishda, birinchi navbatda Tpr va Ts gabaritli istiqbolli harakat tarkiblarini, shuningdek, zonal gabarit bo’yicha ortilgan yuklarning o’tishini ta’minlamaydigan ob’ektlarni hisobga olish kerak.
Ta’mirlash, qurilish va boshqa xil ishlarni amalga oshirishda inshoot va qurilmalarning gabaritlarini buzish man etiladi.
15. Ikki yo’lli liniyalarning peregonlaridagi yo’l o’qlari orasidagi masofa to’g’ri uchastkalarda 4100 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Uch yo’lli va to’rt yo’lli liniyalarning to’g’ri uchastkalarida ikkkinchi va uchinchi yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 5000 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Stansiyalarda to’g’ri uchastkalarda qo’shni yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 4800 mm dan, ikkinchi darajali yo’llar va yuk rayonlari yo’llarida 4500 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Stansiyalarda asosiy yo’llar chetda joylashganida DATK boshgaruvi raisi ruxsati bilan ular orasidagi masofa 4100 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Bevosita yuklarni vagondan vagonga ortish uchun qo’llaniladigan yo’llarda yo’l o’qlari orasidagi masofa 3600 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Peregon va stansiyalarda egri uchastkalarda qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi hamda yo’l o’qi va qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari orasidagi gorizontal masofa Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi.
16. Ochiq harakat tarkibiga ortilgan yuk (o’rash va mahkamlashni hisobga olib) belgilangan ortish gabaritlari chegarasida joylashishi kerak.
Ochiq harakat tarkibida ortish gabaritlari chegarasida joylashtirib bo’lmaydigan yuklar, respublika hududida DATK tomonidan belgilangan tartibda tashiladi.
Yoppasiga ortish joylarida (shahobcha yo’llar, qayta ortish stansiyalarida) belgilangan gabaritlar chegarasida yuklarning to’g’ri joylashganini tekshirish uchun gabarit darvozalari o’rnatiladi.
Tushirilgan yoki ortishga tayyorlab yo’l chetiga joylashtirib qo’yilgan yuklar qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini buzmaydigan qilib tahlangan va mahkamlangan bo’lishi kerak.
Balandligi 1200 mm gacha bo’lgan yuklar (yo’l ishlari uchun to’kiladigan ballastdan tashqari) chekka rels kallagi tashqi chegarasidan kamida 2,0 m masofada, balandligi bundan katta yuklar esa kamida 2,5 m masofada joylashishi kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə