O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Temir izlar enining 1512 mm dan kichik va 1548 mm dan katta kengligiga yo’l qo’yilmaydi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
ПТЭ узб

Temir izlar enining 1512 mm dan kichik va 1548 mm dan katta kengligiga yo’l qo’yilmaydi.
1996 yildan avval yotqizilgan temir beton shpallardagi uloqsiz yo’ldan foydalanish tartibi DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan o‘rnatiladi.
26. Yo’lning ikkala rels izlari kallaklarining yuqori qismi bir xil sathda bo’lishi kerak. To’g’ri uchastkalarda DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasining tegishli yo’riqnomasida belgilangan me’yorlarga binoan bir rels izining ikkinchisidan 6 mm ga balandroq qilib o’rnatishga ruxsat beriladi.
Yo’lning egri uchastkalarida egrilik radiusi va undagi harakat tezligiga bog’liq tashqi chetki izning balandlatilishi DATK yo’riqnomasiga binoan DATK boshgaruvi raisining buyrug’i bilan o‘rnatiladi.
Rels tashqi izining balandlatilishi 150 mm dan oshmasligi kerak. Zarur vaqtda asosiy yo’lning egri uchastkalarida rels tashqi izining maksimal balandlatilishi DATK ruxsati bilan 150 mm dan oshishi mumkin.
To’g’ri va egri uchastkalarda rels izlarining joylashuv darajasida yo’l qo’yiladigan og’ishuvlari DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan o‘rnatiladi.
27. O’ta katta va mas’uliyatli sun’iy inshootlarning ro’yxati, ularni nazorat qilish, shuningdek, qiyin muhandislik-geologik sharoitlarda shaklini yo’qotayotgan tuproq ko’tarma qismlarini nazorat qilish tartibi DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
DATK boshgaruvi raisi tasdiqlagan ro’yxatda ko’rsatilgan ko’prik va er osti yo’llari nazorat-gabarit qurilmalari bilan chegaralanadi, to’suvchi svetoforlar va ogohlantirish signal tizimi bilan jihozlanadi.
Sun’iy inshootlar DATK tomonidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko’ra yong’inga qarshi kurash vositalari bilan ta’minlanishi va zarur hollarda ko’rik uchun kerakli moslamalarga ega bo’lishi kerak.
Barcha ko’priklar amaldagi hisob me’yorlari va tegishli DATK yo’riqnomalari asosida yuk ko’tarish qobiliyati bo’yicha tasniflanadi.
28. Yo’l va inshootlarning holatini nazorat qilish uchun yo’llarda yo’l o’lchovchi vagonlar, defektoskop vagonlar, defektoskop aravachalar, defektoskop (nuqson tekshiruvchi) laboratoriyalar, ko’prik, er osti yo’li, yo’l tekshiruvi, gabarit tekshiruvi, sinov, ta’mirlash-tekshirish-g’ovvoslik stansiyalari qo’llanilishi kerak.
Asosiy yo’llarni yo’l yo’lovchi vagonlar bilan tekshirishning davriyligi DATK tegishli yo’riqnomasi tomonidan o‘rnatiladi, bunda 60 km/soat dan oshiq tezlikda harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlarning marshruti oyiga kamida ikki marta tekshirilishi kerak.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə