O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə10/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
ПТЭ узб

Yo’l va signal belgilari


49. Asosiy yo’llar oldida signal va yo’l belgilari o’rnatiladi.
Strelka o’tkazgichlar oldida va yo’llarning boshqa qo’shilish joylarida chegara ustunchalari o’rnatiladi.
Temir yo’l ajratish hududining chegaralarini ko’rsatish, shunigdek, er ustida tuproq ko’tarmasidagi yashirin inshootlarni belgilash uchun maxsus belgilar o’rnatiladi.
Signal belgilari harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda, yo’l belgilari esa kilometr hisobi ko’rsatkichi bo’yicha eng chetdagi yo’lning o’qidan 3100 mm dan kam bo’lmagan masofada o’ng tomonda o’rnatiladi.
O’ymalarda (qoya toshlardan tashqari) va ulardan chiqishda yo’l va signal belgilari dala tomonda kyuvet va lotoklardan tashqarida o’rnatiladi. O’ta kuchli bosib qoluvchi o’ymalar va ulardan chiqishda (100 metrgacha masofada) ko’rsatib o’tilgan belgilar eng chetdagi yo’lning o’qidan kamida 5700 mm masofada o’rnatiladi. Bunday o’ymalar ro’yxati DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
Elektrlashtirilgan uchastkalarda signal va yo’l belgilari kontakt tarmog’i ustunlarida o’rnatilishi mumkin, svetofor chiroqlari, kontakt tarmog’ining komplekt transformator podstansiyalari, ajratgichlari va razryadniklari o’rnatilgan ustunlar bundan istisno.
Chegara ustunlari yo’llar oralig’ining o’rtasida, yaqinlashayotgan yo’llarning o’qi orasidagi masofa 4100 mm ni tashkil etgan joylarda o’rnatiladi. T gabarit o’lchamlari bo’yicha qurilgan harakat tarkibi yurmaydigan stansiya yo’llarida 3810 mm masofani saqlab qolishga ruxsat etiladi. Yo’llar orasidagi masofasi toraytirilgan qayta yuklash yo’llarida chegara ustunchalari yo’llar orasidagi masofa 3600 mm bo’lgan joyda o’rnatiladi.
Yo’lning egri uchastkalarida bu masofalar Qurilmalar yaqinlashuvi kattaliklarini qo’llash bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlarga muvofiq ravishda ko’paytirilishi lozim.
Signal, yo’l va maxsus belgilar signallash bo’yicha yo’riqnomada tasdiqlangan turda bo’lishi kerak.


4-bob



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə