O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


mm – baland platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə13/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
ПТЭ узб

1100 mm – baland platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan;
200 mm – past platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan;
1920 mm – baland platformalar uchun yo’l o’qidan;
1745 mm – past platformalar uchun yo’l o’qidan.
Yo’lning egri uchastkalarida bu masofalar Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini qo’llash bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlar bo’yicha aniqlanadi.
Foydalanish jarayonida o’lchamlarning quyidagi chegaralarda o’zgartirilishiga ruxsat etiladi: balandlik bo’yicha 200 mm gacha ortishi va 50 mm gacha kamayishi; yo’l o’qigacha bo’lgan masofada 30 mm gacha ortishi yoki 25 mm gacha kamayishi.
Yo’lovchi va yuk platformalari balandligining belgilangan o’lchamlardan oshib ketishi va yo’l o’qigacha bo’lgan masofaning belgilangan miqdordan kamayishiga ular joylashgan yo’llarning vazifasi, harakatlanayotgan tarkibning turi va harakat tezligiga bog’liq ravishda Qurilmalar yaqinlashuvi o’lchamlarini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan ruxsat etiladi.
Stansiya va peregonlardagi yangi va qayta qurilayotgan baland platformalar, yo’lni mashinalashtirilgan ta’mir etish va platformani mexanizatsiyalashtirilgan tartibda tozalash, stansiyalarda esa, bundan tashqari, vagon va lokomotivlar harakat qismlarini ikki tomonlama ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash imkonini beruvchi konstruksiyaga ega bo’lishi kerak.
Yo’l va platformalarni ta’mirlash paytida relsning tepa sathidan yo’lovchi va yuk platformalarining tepa qismigacha bo’lgan hamda yo’l o’qidan platforma chetigacha bo’lgan masofalarni o’zgartirish taqiqlanadi.
57. Strelka va signallar bevosita boshqarilishi amalga oshiriladigan stansiya postlari, ular boshqaradigan tegishli strelka va yo’llar yaxshi ko’rinadigan qilib joylashtirilishi lozim.
Bunda stansiyalardagi mahalliy sharoitlarga bog’liq ravishda elektr markazlashtirish postlari (tepalik postlaridan tashqari) uchun istisnolarga yo’l qo’yilishi mumkin.
58. Stansiyalarning markazlashtirish postlari va strelka postlarining xonalari DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar bo’yicha zarur signalizatsiya asboblari, jihozlar va boshqa asbob-uskuna va ashyolarga ega bo’lishi lozim. Strelkali postlar, bundan tashqari, telefon aloqasining tashqi chaqiruv qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
59. Saralash tepaliklari tepalik lokomotivlarining mashinistlariga, tarkib tuzadigan brigadalar va boshqa xodimlarga zarur ko’rsatmalarni berish uchun signalizatsiya, radio aloqa va ikki tomonlama aloqa qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Ish hajmiga bog’liq ravishda saralash tepaliklari vagonlarni tarqatishning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish qurilmalari, tepalik strelkalarini avtomatlashtirish, tepalik lokomotiv signalizatsiyalarini avtomatlashtirish hamda zarur hujjatlarni uzatish va yuborish qurilmalari bilan jihozlanadi. Tepalik markazlashtirilishiga qo’shilgan barcha strelkalar, mexanizatsiyalashtirilgan tozalash va qorni eritish uskunalari bilan jihozlanadi.
Avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashgan tepaliklari mavjud stansiyalarda tepalik uskunalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ustaxonalari hamda mexanizatsiyalashgan maydonchalarning bo’lishi shart.
60. Barcha saralash stansiyalari, shuningdek, yo’lovchi, uchastka va yuk stansiyalari ish hajmiga bog’liq ravishda, manyovr harakatlari to’g’risida ko’rsatmalarni uzatish hamda manyovr dispetcherlari, stansiya navbatchilari, poezd tuzuvchilar, lokomotiv mashinistlari, stansiya texnologik markazlari, texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, tijorat ko’rigi punktlari, yuk xududlari va konteyner maydonchalari xodimlari, yo’l va qor tozalash mashinalariga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning manyovr ishlarini tashkil etish, texnikaviy xizmat ko’rsatish va poezddagi vagonlarni ta’mirlash masalalari bo’yicha o’zaro gaplashishlari uchun stansiya ichidagi dispetcherlik aloqasi, stansiya radio aloqasining manyovr va boshqa turlari hamda ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi lozim.
Saralash, uchastka va yuk stansiyalari ish hajmiga bog’liq ravishda, bundan tashqari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari, DATK axborot hisoblash tarmog’i bilan aloqa qurilmalari, tashish hujjatlarini qabul qilish va eltish hamda ko’rikdan o’tkazilayotgan va ta’mirlanayotgan tarkiblarni markazlashtirilgan to’sish qurilmalari, stansiyalardagi vokzallar esa yo’lovchilarga ma’lumot berish uchun aloqa qurilmalari bilan jihozlanadi.
61. Stansiyalarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish inshootlari, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, yuk ortish-tushirish va manyovr ishlarini bajarish, anjomlash, harakat tarkibiga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash yo’llari va parklari, yuk hududlari, konteyner maydonchalari, saralash maydonchalari, saralash platformalari, vagon tarozilari, shuningdek, xodimlar poezdlarni kutib oladigan joylarda strelka bo’g’izlari, omborlar, kesishmalar, zarur hollarda esa boshqa yo’l va punktlar yoritilishi shart.
Yoritish DATK boshgaruvi raisi tomonidan belgilangan me’yor talablariga javob berib, poezdlar harakati va manyovr harakatlarining xavfsizligini, vagonlarga chiqarish va tushirish paytida yo’lovchilarning xavfsizligini, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyatini va yuklarni muhofaza qilinishini ta’minlashi lozim.
Ish hajmi kam bo’lgan oraliq stansiyalarda yuk va manyovr ishlari olib borilmayotgan paytda stansiyaning yuk ortish-tushirish va boshqa yo’llaridagi tashqi yoritishni seksiyali o’chirish qurilmalari mavjud bo’lishi kerak.
Yo’lovchi to’xtash punktlarida yo’lovchilarni vagonlarga chiqarish va vagonlardan tushirish hamda yo’lovchilar uchun ajratilgan xonalar yoritilishi lozim.
Tashqi yoritish signal chiroqlarining aniq-ravshan ko’rinishiga ta’sir etmasligi lozim.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə