O’zbekiston respublikasi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə3/145
tarix31.12.2021
ölçüsü2,41 Mb.
#81486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
O’zbekiston respublikasi

Kirish

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko’plab xo’jalik yurituvchi subyektlarning paydo bo’lishiga zamin yaratildi. Shu munosabat xo’jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobning to’g’ri yo’lga qo’yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Хususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo’jalik yurituvchi subyektlarda hisob tizimining naqadar to’g’ri yuritilishi, xo’jalikning iqtisodiy-moliyaviy faoliyatini o’rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko’rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o’rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o’taydi.

Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’eklarning iqtisodiy faoliyati makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun muhim bo’lgan qarorlar qabul qilish iqtisodiy tahlil fanining metodikasini yanada takomillashtirib borishni taqozo etadi. Тahlil natijasida olingan muhim qarorlar bevosita xo’jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo’lsa, ikkinchidan ushbu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo’jalik faoliyatiga bo’lgan qiziqishiga hamda qo’shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi.

Shu jihatdan “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar bozor iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama mukammal o’rganish zaruriyatini belgilab berdi.

“Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanining maqsadi - talabalarga buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil etish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini yuritish borasidagi ko’nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

Jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos keladigan, O’zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini ta’minlovchi qonun zarur edi.1 Qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy printsiplari va qoidalari, o’z va qarzga olingan kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo’yilgan negiz vazifalar, maqsad va talablarni belgilab berishini talab etadi.

O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy hujjatlar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun hisob siyosati me’yorlarini huquqiy ta’minlovchi asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi.2

Shu boisdan, ushbu hujjatlar va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi bo’yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ularni o’qitishni talab qiladi. Shu jihatdan, «Moliyaviy va boshqaruv hisobi » fanining ushbu nashri iqtisodiy sohada ta’lim olayotgan talabalar, buxgalterlarning kasb malakasi va bilim darajasini oshirish muammolarini yechishga qaratilganligidir.

Mazkur darslikni tayyorlash jarayonida “Buxgalteriya hisobi», «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi» fani bo’yicha tayyorlangan o’quv adabiyotlari tahlil qilindi. Bular jumlasiga, «Moliyaviy hisob» (О.Бобожонов ва К.Жуманиёзов. Дарслик, 2002й), «Бухгалтерский управленческий учет» (М.А.Вахрушина. Учебник, 2000г), «Бухгалтерия щисоби» (Каримов А, Ф.Исломов. А.Авлоқулов. Дарслик, 2004й), «Замонавий бухгалтерия ҳисоби» (А.Сотиволдиев. Дарслик, 3-том, 2004й), Бухгалтерский учет (Н.Г.Кондраков. Учебник, 2004г), Бошқа тармоқларда бухгалтерия ҳисобининг хусусиятлари (С.Вохидов. Ўқув қўлланма, 2004й), Молиявий ҳисоб (И.Очилов. Ўқув қўлланма, 2004й) kabi o’quv adabiyotlari yaratilgan. Ushbu adabiyotlarning Хorijda chop etilganlari bizda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasiga ko’ra va ular namunaviy o’quv dasturimizdan ham farq qiladi. Respublikamizda chop etilganlari esa, dastur asosida yozilgan bo’lib, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishlariga mo’ljallanganligidir. Biroq, namunaviy o’quv rejasiga binoan, boshqa iqtisodiyot yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga «Moliyaviy va boshqaruv hisobi» fani sifatida o’qitilishi, ushbu fan bo’yicha darslik tayyorlashni taqozo qilmoqda. Shu boisdan, yuqorida keltirilgan adabiyotlar mazkur Fan bo’yicha tuzilgan namunaviy o’quv rejasiga mos kelmasligidir. Albatta yuqorida sanab o’tilgan darslik va o’quv qo’llanmalar yuqori saviyada yozilgan o’quv adabiyotlari hisoblanadi hamda ular nazariy-amaliy ahamiyatga egadir. Biroq, 2004 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga 21-sonli BHMSni tadbiq etilishi, ushbu adabiyotlarni ham qayta ishlashni taqozo qilmoqda. Bu standartga muvofiq, barcha subyektlarda xo’jalik jarayonlarini Yangi schyotlar rejasiga binoan, hisobga olishning o’ziga xos xususiyatlari yaratildi. Shu boisdan, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanidan darslikni yaratishga ehtiyoj sezilganligi bois, mualliflar tomonidan o’quv rejasiga ko’ra, namunaviy dastur asosida mazkur darslik tayyorlandi.

Shunday qilib, mazkur darslik o’quv rejasiga ko’ra, iqtisodiyot yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Moliyaviy hisob” va “Boshqaruv hisobi”, “Boshqaruv tahlili” va “Moliyaviy tahlil”, “Moliya va kredit”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Menejment”, “Marketing”, “Statistika” kabi fanlar bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi.

Kitob oliy o’quv yurtlarining talabalari uchun darslik sifatida tavsiya qilinadi. Shuningdek, darslikdan buxgalterlar, auditorlar, tadbirkorlar, menejerlar, iqtisodchilar va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari hamda talabalari ham qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.


1-BOB. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA USULLARI


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə